• 1-rasm
  • Applikatsiya bilan ishlash texnologiyasi




    Download 10,75 Mb.
    bet52/95
    Sana29.11.2023
    Hajmi10,75 Mb.
    #107282
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   95
    Bog'liq
    o\'quv qo\'llanma

    Applikatsiya bilan ishlash texnologiyasi.


    Applikatsiya ishini bajarishda asosiy e’tibor uning umumiy ko’rinishiga qaratilishi kerak. Yaxshi o’ylangan kompozitsiya, ya’ni tasvirlash lozim bo’lgan narsalarni joylashtirish applikatsiyaning muvaffaqiyatining garovidir.
    Tasvirlash lozim bo’lgan narsalar yordamida shakl va narsalarning holati aniqlanadi, tasvirlangan hodisalarning uyg’unligiga erishiladi. Tasvirning barcha detallari, hatto eng kichiklari ham qog’ozdan qirqiladi, ularni chizmaslik kerak. Tayyorlangan qisml(detal)lar yelimlanadigan sath, yangi fonga joylashtiriladi va o’ylangan tasvir hosil qilinadi, agarda bu tasvir mahqul bo’lmasa qismlar boshqacha joylashtiriladi. Qismlarni yopishtirishda joyni adashtirmaslik uchun ularning o’rnini qalam bilan belgilab qo’yiladi.
    Misol tariqasida eng oddiy geometrik shakl – kvadratni olib, uning almashinishini hosil qilish uchun turli holatlarda joylashtirib ko’ramiz. Ishni boshlash uchun markazni topish, simmetriya o’qini o’tkazish va elementlarni shunga ko’ra joylashtirish lozim.
    Ish mavzu va fikrni tanlashdan boshlanadi. Ko’pincha ochiq tondagi qog’oz va fon tanlanadi. Applikatsiya mo’ljallangan tasvir va elementlar miqdori qog’ozni tanlashni belgilaydi. Tasvir ustida ishlanganda asosiy e’tibor tanlangan mavzuning mazmuniga, kerakli materiallar, ularning o’lchamlari, ranglarini tanlashga qaratiladi. Tasvir hajmiga ko’ra eng katta element asosiy tematik element bo’lishi kerak.
    Namuna tariqasida 1-sinf o’quvchilari 8 – mart uchun tabriknoma yasashlari mumkin(1-rasm). Bu ishda bolalar andoza bilan ishlaydilar, taxlash va simmetrik qirqishni eslaydilar, chamalash ko’nikmalarini sinaydilar va rangli qog’ozdan ingichka oq va sariq to’g’ri chiziqlarni qirqadilar. Quyosh uchun kvadrat qog’ozdan doira qirqsa bo’ladi. Bolalar yasagan gullar turlicha bo’lishi mumkin. Novdalar ham qo’lda qirqiladi.



    1-rasm


    Suhbatni o’qituvchi “8 Mart kuni” haqida olib boradi va bunda sovg’a masalasini eslatib o’tadi. Eng yaxshi sovg’a o’z qo’li bilan yasagan sovg’adir. Suhbatni mehribon buvijonlarimi onajaonlarimiz, opa-singillarimiz haqida bo’lishi mumkin.
    Shundan keyin namuna ko’rib chiqiladi, uning elementlari, ish usullari, kerakli materiallar aniqlanadi va ishning borishi belgilanadi.

    1. Tabriknoma uchun qog’oz tayyorlanib u ikkiga buklanadi;

    2. Ko’k rangdagi qog’ozga to’g’ri burchak chiziladi, uning o’lchami uzunasiga, tabriknoma ustining uzunligidan 1 sm kam, eniga esa enining yarimidan 2sm atrofida kattaroq;

    3. Ko’k qog’ozdan qirqilgan to’g’ri burchak taklifnomaning ustiga yopishtiriladi, bunda ko’k qog’oz taklifnomani bo’yashda halaqit bermasligi uchun bukish chizig’ining chap tomonidan ozgina joy qoldirib yopishtiriladi;

    4. Endi quyosh va uning nurlari uchun yoy qirqiladi. Buning uchun kvadrat shakldagi qog’ozni kerakli o’lchamda qirqiladi;

    5. Namuna asosida quyosh nuri qirqiladi;

    6. Och ko’k va jigar rang qog’ozdan ikkita shox qirqib, namunadagidek yopishtiriladi;

    7. Gullar qirqib yopishtiriladi.

    Ish ijodiy tarzda bo’lganligi uchun o’quvchilar gullarni shoxlarga o’zlari mustaqil joylashtiradilar. Barglarni o’qituvchi tarqatgan andoza bo’yicha qirqadilar. Tabriknomaning ichki tomoni naqsh bilan bezatilib, tabrik so’zi yoziladi.



    Download 10,75 Mb.
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   95




    Download 10,75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Applikatsiya bilan ishlash texnologiyasi

    Download 10,75 Mb.