• Prezentatsiya
  • Gipermedia kitoblar
  • «Glavnaya»
  • O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi




    Download 10,75 Mb.
    bet38/95
    Sana29.11.2023
    Hajmi10,75 Mb.
    #107282
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   95
    Bog'liq
    o\'quv qo\'llanma

    Multimediali kitoblar- bitta axborot tashuvchi vositaga jamlangan (masalan, CD-ROM diskiga) matnli, ovozli, statik-dinamik
    va video tasvirli maʼlumotlardan tashkil topgan oʻquv kitobi, dasturiy vosita.
    Flash- bu Web-designerning ijodkorlik quroli boʻlib, u shunday dasturki, uning yordamida turli prezentatsiyalar, kichik oʻyinlar, multimediali web sahifalar, dinamik saytlar va boshqa istalgan multimediali mahsulotlar tayyorlash mumkin. Flash yordamida yasalgan mahsulotlarning hajmi kichik boʻladi, shuning uchun ham unda tayyorlangan fayllarni web sahifalarga joylash yoki internet boʻylab joʻnatish juda qulay.
    Flashda, asosan, quyidagilar tayyorlanadi:

    • multiplikatsion rolik va multfilmlar;

    • videoroliklar;

    • oʻyinlar;

    • prezentatsiyalar.

    Microsoft Power Point dasturi Windows qobigʻi ostida yaratilgan boʻlib, ushbu dastur prezentatsiyalar (taqdimot qilish, yaʼni tanishtirish) bilan ishlash uchun eng qulay boʻlgan dasturiy vositalardan biri hisoblanadi. Bu dastur orqali barcha koʻrgazmali qurollarni yaratish va baʼzi joylarda esa maʼlumotlar bazasi sifatida ham qoʻllash mumkin. Ayrim hollarda bu dasturlarni multimedia vositalaridan boshqarish va qoʻllab, namoyish etuvchi qurilmalarga yuborish vazifalarini ham bajarish mumkin. Dasturda ishlash uchun biz yangi boʻlgan asosiy tushunchalar bilan tanishaylik.
    Prezentatsiya - bu slaydlar va maxsus effektlar toʻplami boʻlib, ularni ekranda koʻrsatish, tarqatiladigan material, maʼruza rejasi va konspekt shaklida bitta faylda saqlanadi.
    Slayd - prezentatsiyaning alohida kadri boʻlib, matnni, sarlavhalarni grafik va diagrammalarni oʻz ichiga oladi. Power Point vositalari bilan barpo etilgan slaydlarni oq-qora rangli printerda chop etish yoki maxsus imkoniyatlari yordamida 35 millimetrli slaydlarni fotoplyonkalarda tayyorlash mumkin.
    Gipermedia kitoblar -multimedia kitoblarining takomillashgan shakli boʻlib, bunda foydalanuvchi asosiy matndan tashqari turli qoʻshimcha manbalarga ham murojaat qilishi mumkin boʻlgan darslik. Qolaversa, oʻquvchilar oʻquv jarayonida elektron pochtadan foydalanish boʻyicha koʻnikmalarga ega boʻlishlari kerak.
    Ayni paytda ta'lim jarayonida innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga qo‘llashga bo‘lgan qiziqish, e'tibor kundan - kunga kuchayib bormoqda. Buning asosiy sabablaridan biri an'anaviy ta'limda o‘quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, boshlang‘ich ta'limda zamonaviy texnologiyalar ularning egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga o‘rgatadi. Bo’lajak boshlang’ich sinf o‘qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi.
    Bir so’z bilan aytganda, boshlang‘ich ta'lim sifat va samaradorligini oshirishda zamonaviy pedagogik, innovatsion va axborot texnologiyalarni ta'lim jarayoniga tatbiq etish, ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirishni taqozo etadi. Texnologiya darslari jarayonida ham kerakli va zarur innovatsion texnologiyalardan foydalanish va uni hayot jarayonida ham tatbiq etishga o‘rgatmoq zarur.
    Microsoft Power Point dasturini ishga tushirishning quyidagi usullari mavjud:

    1. Microsoft PowerPoint 2007 dasturini ishga tushirish uchun Windows operatsion sistemasi bosh menyusi dan bandiga o‘tilib, amaliy dasturlar ro’yxatidan dasturlar paketidan tanlanib, sichqoncha ko‘rsatkichi orqali ikki marta bosish yoki klaviaturadan “Enter” tugmasini bosish bilan dastur ishi yakunlanadi va PowerPoint ish darchasi ochiladi.

    2. Microsoft PowerPointda yaratilgan faylni ochish orqali.

    3. Microsoft PowerPoint dasturining yorlig‘i - orqali.

    4. Mavjud bo‘lsa masalalar panelida joylashgan tezkor ishga tushirish tugmachalaridan Microsoft PowerPoint dasturining piktogrammasini tanlash orqali PowerPoint ish darchasi ochiladi.

    Bu muloqot darchasi quyidagilardan iborat:
    1. Sarlavha satri; 2. Bosh tavsiyanomasi; 3. Tavsiyanomalar;

    1. Asboblar paneli; 5. Slaydlar sohasi; 6. Slayd masshtabi; 7. Slayd holatlari sohasi 8. Ish sohasi;

    2.

    Microsoft Power Point dasturida taqdimot yaratish jarayonida
    umumiy jihozlash, yangi slaydlarni qo‘shish, ularning tarkibi, slaydlarni belgilash, zarur bo‘lganda slaydlarni jihozlash, tasvir ranglarini o‘zgartirish, turli qoliblarni jihozlash va slaydlarni namoyish etishda animatsiya ta’siri qo‘llanishidan iborat. Microsoft Power Point dasturida yangi taqdimot yaratishda quyidagicha amalga oshiriladi. «Glavnaya» tavsiyanomasidagi Maket bo‘limidan yaratiladigan taqdimot uchun mos qoliblarni tanlanib, bu qolib sohalariga ko‘rsatilgan belgili vazifalarga ko‘ra ma’lumotlar, matnlar kiritiladi.

    Download 10,75 Mb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   95




    Download 10,75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi

    Download 10,75 Mb.