|
topshiriq: “Meva terish uchun kuzanak-xalta yasash”
|
bet | 35/95 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 10,75 Mb. | | #107282 |
Bog'liq o\'quv qo\'llanmatopshiriq: “Meva terish uchun kuzanak-xalta yasash” deb nomlanib, ushbu topshiriq o‘g‘il va qiz bolalarning hamkorlikdagi mehnati asosida bajariladi.
Uzun ensiz tunukadan kuzanak-xaltaning gardishini tayyorlang. Gardish “a” rasmdagidek panjarali bo‘lsin. Matodan xaltacha tiking
(rasm-8, b), uni gardish qilib, uchlari bir-biriga parchinlangan aylanaga tiking. Tikish uchun gardishning quyi chetiga bir qator teshiklar yasash kerak (rasm-8, a). Keyin bir bo‘lak tunuka truba topib, uning bir uchini bir necha qismga bo‘lib qo‘ying. Ularni trubaning qolgan qismiga nisbatan tik qilib buking va har birini teshing. Trubaning shu bukilgan tomonini gardishning yoniga qo‘yib turib, gardishda ham teshik o‘rnini belgilab oling-da, uni ham teshib, trubani unga parchinlab biriktiring (rasm-8, g). Mixparchinni tunukadan yasasa ham bo‘ladi. Trubaga to‘g‘ri yog‘och tiqib, band yasang. Meva bandini gardish panjarasidagi kuzanakka ilintirib tortsangiz, meva uzilib xaltaga tushadi, zada bo‘lmaydi.
Bu topshiriq o‘quvchilarda hamkorlikda mehnat qilish, tejamkorlik, ehtiyotkorlik, tikish, mato va tunukalar bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
SAVOLLAR.
1.O’quvchilarni mehnatga amaliy tayyorlash usullarini izolang 2.Texnologiya darslari da qanday amaliy ish turlari bajariladi? 3.Texnologiya darslari da amaliy ishlar qanday tashkil qilinadi? 4.O’quvchilar tarbiyasida amaliy ish jarayonini ahamiyati?
TOPSHIRIQLAR.
1.Amaliy ish turlaridan namuna keltiring. 2.Namunaviy dars ishlanmasini yozing.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
Boshlang`ich sinf texnologiya darslarida berilgan amaliy ish turlarini ayting.
Ish turlari bo`yicha yasaladigan buyumlarni bajarishda texnika xavfsizlik qoidalari qaysilar?
O`z-o`ziga xizmat ko`rsatish deganda nima nazarda tutiladi?
Mehnat ish qurollari, har xil turdagi materiallar bilan tanishtirish va ulardan foydalanish qoidalarini misollar asosida izohlang.
|
| |