|
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi
|
bet | 33/95 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 10,75 Mb. | | #107282 |
Bog'liq o\'quv qo\'llanmatopshiriq: Loydan siyohdon yasashdan iborat, bu topshiriq, asosan, o‘g‘il bolalarga mo‘ljallangan. Rasmdagilar oddiy loydan yasalgan siyohdon va qalamdonlardir. Bularni yasash uchun toza sariq tuproqdan loy qiling. Uni qo‘lga yopishmaydigan bo‘lguncha ezib- iylab pishiting, keyin uni bir parcha taxtacha ustiga qo‘yib, istagan narsangizni yasayverasiz.
To‘rtta yog‘och olib, ularning uchini (rasm-4 a) ingichkalashtiring. Ular sizga loyning ortiqcha erlarini qirib tashlash, shakl yasash uchun kerak bo‘ladi.
Biz quyida “Xo‘roz siyohdon” yasash tartibini bayon qilamiz. Pishitilgan loydan xo‘roz shaklini yasaysiz-da, barmog‘ingizni ho‘llab, uning ustlarini silliqlaysiz. Keyin mashina ip bilan uning boshini (qopqog‘ini) kesib tushirasiz. (Qopqoqni alohida tayyorlash ham mumkin). Qopqoq olib qo‘yilgach, xo‘rozning pastki qismini yog‘och pichoqcha bilan kovlab (rasm-4, b) chuqurcha hosil qilinadi. Uning ichiga yog‘ yoki doridan bo‘shagan og‘zi katta shisha yoki chinni bankachani solib qo‘yasiz. Chuqurcha bankachadan kengroq bo‘lishi kerak, chunki loy quriganda kichrayadi, tortishib yorilib ketadi.
Yasagan narsangizni albatta soyada quriting.
Agar shakl yorilsa, suyuq loy bilan suvab qo‘yiig. Qurigandan keyin akvarel bo‘yoq bilan chiroyli qilib bo‘yang. Boshqa shakllarda ham siyohdon yasab ko‘ring.
Bunday ish to‘rini bajarish natijasida o‘quvchilarda loyihalash, chamalash, taxmin qilish, faraz qilish ko‘nikmalari shakllanadi.
topshiriq: “Temirchi ayiqlar” deb nomlangan bo‘lib, uni yasash bilan ham, asosan, o‘g‘il bolalar shug‘ullanishlari kerak. Temirchi ayiqlar juda qadimiy xalq o‘yinchoqlaridandir. Bu o‘yinchoqni yasash uchun bir parcha faner, uchi ikki tomonga buqiladigan to‘rtta mix va qo‘larra kerak bo‘ladi.
Qog‘ozga ayiq rasmining konturini chizib, bu shaklni 3-4 marta fanerga ko‘chiring. Keyin ayiq tanasining yuqori yarim shaklini yana ikki marta chizing (rasm-5, a). Fanerdan ikkita chizg‘ich (taxtacha) kesing. Ularning uzunligi 20 sm, eni 1,5 sm bo‘lsin. Keyin bu taxtachalarni ikki eridan parma yoki qizdirilgan sim bilan teshing. Ikkita butun tanasi o‘rtasiga bitta yarimtalik tanani qo‘yib elimlang (rasm, v). Endi uchi ayri mix bilan ayiqlarni faner taxtachalarga “g” rasmda ko‘rsatilganidek o‘rnating. Ularni yaxshilab bo‘yang. Ikkala faner chizg‘ich galma-gal old va orqaga tortilsa, ayiqchalar navbatma- navbat bolg‘alay boshlaydilar.
Bu turdagi topshiriqlar o‘quvchilarda konstruktorlik, loyihachilik ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
|
| |