|
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi
|
bet | 30/95 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 10,75 Mb. | | #107282 |
Bog'liq o\'quv qo\'llanmaO`qitish mеtоdlаri ma’lumki, o`qituvchi vа o`quvchilаrning usullаri bo`lib, bulаr yordаmidа o`qituvchi, o`quvchilаrning bilim, ko`nikmа vа mаlаkаlаrini egаllаshlаrigа erishildi. Har qaysi o`qituvchi o`z tаjribаsidа o`qitishning хilmа-хil usullаridаn fоydаlаnishi mumkin. O`qituvchining pedagogik intilishi va qarashlari, shuningdek, hаtti-hаrаkаtlаri, butun dаrs jarayonidа o`quvchilаrning diqqаt e’tibоri susаymаsligigа, fikrlаrning jаmlаngаn bo`lishigа, ulаrning chаmbаrchаsliglаrigа yo`llаngаn bo`lishi kеrаk. O`qituvchi dаrsning hаr bir dаqiqаsini qаdrlаb, o`quvchilаrni hаm shungа o`rgаtish kеrаk. Hаr bir o`qituvchigа o`z uslubi, o`z mеtоdi vа o`z usulining o`zigа хоsligigа egа bo`lish huquqi bеrilgаn. Birоq shuni аytish kеrаkki, bulаrning bаrchаsigа bilim, bir qаrаshdа hаmmаgа rаvshаn bo`lgаn hаqiqаtlаrni egаllаb оlgаnlаridаginа erishish mumkin. Mеhnаt tаrbiyasi bolalarda mеhnаtgа munоsаbаtni tаrbiyalаshda muhim omil bo’lib, dars va sinfdаn tаshqаri ishlаrning asosiy o`zаgi hamda mаktаbning hаyot bilаn аlоqаsini mustаhkаmlovchi аsоsiy yo`llardan biridir. Shu nuqta nazardan qaraganda o`quvchilаrni mеhnаtga ruhiy vа amаliy tаyyorlаsh mаktаbning аsоsiy ta’limiy va
tаrbiyaviy vаzifаlаridаn biri bo’lib qolishi kerak.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
Boshlang`ich sinflarda qo`l mehnatiga o`rgatishning tashkil qilish shakllari qaysilar? Misollar asosida tushuntiring.
Qo`l mehnatiga o`rgatishda ish turlarining usullari aytib bering
Mehnat samaradorligini oshirishda qo`llaniladigan usullarga misollar ayting.
Mehnat samaradorligini oshirishda qo`llaniladigan o`qitish metodlari qaysilar?
MAVZU. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TEXNOLOGIYA
TA’LIMIDAN AMALIY ISHLAR
Reja:
Boshlang‘ich sinf texnologiya darslarida amaliy ish turlari. 2.Ish qurollaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari.
O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish texnologiyai.
Texnologiya fani ish qurollari va ish materiallari bilan tanishtirish va ulardan foydalanish talablari.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar:
Boshlang`ich sinf texnologiya darslari da amaliy ish turlari, mehnat ish qurollari, texnika xavfsizligi qoidalari, o`z-o`ziga xizmat, har xil turdagi materiallar, ulardan foydalanish qoidalari.
O’quvchilar ijtimoiy ishlab chiqarish mehnatiga tayyorlashning ilk bosqichlarini texnologiya fani darslarida o’rganadilar. Ular birinchi sinf davridan boshlab nafaqat mehnat darsi mashg’ulotlarida turli materiallar bilan tanishadilar, balki boshqa darslarda ham mehnat turlariga oid materiallarga to’qnash keladilar va ular bilan bilan tanishib boradilar. Masalan, qog’oz va karton bilan ishlash, gazlamaga dastlabki ishlov berish, turli materiallar bilan ishlash, o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish hamda uy-ro’zg’or mehnati va shu kabilar bilan tanishib boradilar. Boshlang`ich sinf texnologiya darslari da amaliy ishlarni bajarib bois jarayonida o’quvchilarda mehnatsevarlik, materiallarni tejamli sarflash, mehnatga ijodiy yondashish, tabiatga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lish, mehnat madaniyatini tarbiyalash bilan bir qatorda, ularga ayrim kasblar haqida tushunchalar ham berib boriladi.
O’quvchilarga mehnatdan ta’lim berishning xususiyatli va ahamiyatli tomonlari mavjud ular ta'lim berishning asosiy vazifalarini o’z ichiga oladi. Shunday vazifalar sirrasiga o’quvchilarda materiallarga ishlov berish ko’nikmalarini hosil qilish va ularga shunga muvofiq bilimlarni berishdir. O’quvchilarda materiallarga ishlov berish ko’nikmalarini hosil qilish va ularga shunga muvofiq bilimlarni berish birinchi sinfdan boshlab bosqichma-bosqich amalga oshirib boriladi, chunki o’quvchilar hali eng oddiy buyumlarni tayyorlash operatsiyalarni eslab qolishga qodir emaslar.
Hosil qilingan ko’nikmalar malakalarni ham shakllantirib boradi. Bularning barchasi takror mashq qilishlar natijasida takomillashib boradi. O’qituvchi o’quvchilarning xatolarga yo’l qo’ymasligi uchun ularni o’z-o’zini nazorat qilishga odatlantirib borish lozim. Topshiriqlarni bajarish jarayonida yo’l qo’yilgan xatolarni o’zlari topib uni tuzatmagunlaricha hamda bajarilgan ishlarning to’g’riligiga
ishonch hosil qilmagunlaricha o’quvchilardan ishni qabul qilmaslik lozim.
Amaliy topshiriqlarni bajarish jarayonida yangi ko’nikma va malakalar hosil qilinadi. Buning uchun qo’l asboblaridan foydalanishning o’ziga xosligini, materiallarni xususiyatini, yasalayotgan buyumlar xususiyatini bilish katta ahamiyat kasb etadi.
Boshlang’ich sinflarni qo’l mehnatiga o’rgatish quyidagi ish turlariga bo’linadi:
1.Qog’oz va karton bilan ishlash. 2.Turli materiallar bilan ishlash:
Applikattsiya va mozayka ishlari;
Loy va plastilin bilan ishlash;
v) Tabiiy materiallar bilan ishlash. 3.Qog’oz va karton bilan ishlash.
Gazlama bilan ishlash.
Loyihalash va modellash ishlari.
Qishloq xo’jalik ishlari.
Dars boshida o’qituvchi biror mavzu bo’yicha suhbat olib boradi, bu buyum qanday maqsadlarda va qayerda ishlatilishini tushuntiradi. Shundan so’ngra o’quvchilar tayyorlanayotgan har bir buyumni amalda qo’llashga o’tadilar.
Buyumni tayyorlash usullarini o’qituvchi sinf doskasiga osib qo’yilgan yo’llanma xaritasidan yoki texnik vositalardan foydalanib ko’rsatadi. Ishni bajarish tartibi va usullariga tegishli savollarni berib, amaliy ish materialini takrorlaydi va buyumni o’quvchilar bilan birgalikda tayyorlashga o’tadi.
Texnologiya fanidan amaliy ishlar tuzilishi quyidagi tartibda olib boriladi:
O’quvchilar oldiga mehnat topshirig’ining maqsadi va mavzusini qo’yish:
darslarda bajarishga mo’ljallangan buyum yoki ishning o’quvchilar hayotining yoki bu tomoni ehtiyojlarini qoniqtirishdagi ahamiyati;
belgilangan ishni yaxshi bajarish uchun qanday yangi bilim va ko’nikmalarni egallash lozimligini ko’rsatish.
Ish o’rni, asbob-uskuna, material, namuna, doskadagi chizmalarning tayyorligini tekshirish, ishni yaxshi va uyushgan holda tashkil etishga yordam beruvchi qonun-qoidalarni eslatish.
Bajariladigan mehnat vazifalarini oldindan rejalashtirish:
namuna, qism va detallar miqdorini tahlil qilish, kerakli materillarni, berilgan o’lchovlarni tayyorlash;
buyum tasviri va uning detallarini namunadan tanish, tushunish, barcha o’lchovlarni va ishchi chiziqlarini topish va o’qish, ya’ni ishni buyumni tayyorlash uchun qanday harakatlarni amalga oshirish, qanday asboblarni ishlatish, mehnat harakatlarini ketma-ket bajarish tartibini aniqlash.
Materialni namuna, berilgan o’lchovlar bo’yicha belgilab chiqish. O’quvchilarni belgilash tartibini bilishlari va uni doskada belgilash bosqichlarini bajarayotgan yoki buyumni ko’rsatib tushuntirayotgan o’qituvchi bilan bir vaqtda bajarilishi lozim.
Belgilash ishlarini bajarish. Detallarni tayyorlash, detallarni moslash va uning barcha detallarini yig’ish; detallardan buyumni yig’ish jarayonida; buyum va uning detallariga ishlov berish jarayonida zarur bo’ladigan bilim va ko’nikmalarni egallash.
Harakatlanayotganda tekshirish, xato va kamchiliklarni tuzatish, ishni baholash.
Darsga yakun yasash, yangi vazifalar qo’yish.
Texnologiya fanida amaliy ish mashg’ulotlari tashkil qilishning bu tartibidan o’qituvchi mazkur dars uchun belgilangan aniq buyum yoki ishning xususiyatlarini nazarda tutib foydalanadi.
Amaliy ishlar jarayonida o’quvchilarda mehnatga qiziqish va muhabbat singdirib boriladi. Mehnatga qiziqishning muhim talablaridan biri ishlanadigan buyumni to’g’ri tanlashdir. O’quvchilar tayyorlanadigan narsalarni nimaga kerakligi, qayerda ishlatilishini bilishlari kerak.
O’quvchilarni ishlayotgan materiallarga tejamkorlik bilan munosabatda bo’lishlari, o’z ishlarini rejalashtira bilishlari, materiallni tejamkorlik bilan sarflashlari, vaqtdan unumli foydalanishlari, o’qituvchi ko’rsatmasiga amal qilishlari, shu bilan birga ish joyini toza va ozada saqlashlari, mashg’ulotdan so’ng sinfni tozalab qo’yishlariga odatlantirib boorish kerak.
Barcha fanlarda qo’llanilgani kabi mehnatning amaliy ish turlarida ko’rsatmali vositalaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi.. Jumladan, texnologiya darslari da turli xil namuna, rasm, chizma, sxematik namuna, turli predmetlarning modellari, shuningdek texnika vositalaridan foydalaniladi.
|
| |