topshiriq: Qog‘oz samolyotni




Download 10,75 Mb.
bet31/95
Sana29.11.2023
Hajmi10,75 Mb.
#107282
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   95
Bog'liq
o\'quv qo\'llanma

topshiriq: Qog‘oz samolyotni tayyorlash.

Bu samolyotni yasash uchun o‘quvchiga rasm daftaridan bir varaq qog‘oz, shuningdek bir parcha tunuka, rezina, qaychi kerak bo‘ladi. O‘quvchiga quyidagicha topshiriq beriladi: eng avval 180x80 mm kattalikda to‘rt burchakli qog‘oz qirqing. Keyin uni uzunasiga ikki buklang, ya’ni 180x40 mm kattalikda ikkita to‘g‘ri burchakli to‘rtburchak yasang (rasm, a). SHu to‘rtburak ichida “b” rasmda ko‘rsatilgandek qilib, samolyotning tanasini chizing. Yuk sifatida samolyotning tumshug‘i oldiga 1x2 santimetrli tunukani o‘rtasidan ikki buklab biriktiring (rasm-1, v).
Boshqa qog‘ozdan samolyotning qanotini yasang-da (rasm, g), uni samolyot tanasiga o‘tkazib biriktiring (rasm, g). Tanasi tagidagi kesikka rezina iling-da, uni tortib turib, chap qo‘lingiz bilan ushlab turgan samolyot tanasini qo‘yib yuboring (rasm-1, d).
Agar samolyot uchmasa, uning yukini o‘zgartirish kerak. Agar yuk juda engil bo‘lsa, samolyot orqaga og‘ib ketadi. Agar juda og‘ir bo‘lsa, tumshug‘i bilan erga tushadi.
Rezinani velosipedning eski kamerasidan kesib olish mumkin.
Qog‘oz samolyot yaxlit (rasm-1, e) quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:


  1. topshiriq: Yog‘och tanali samolyot tayorlash.

Samolyotning tanasini bir tomonga ingichkalashib borayotgan prizmaga o‘xshatib yog‘ochdan yo‘nib yasang (rasm-2, a). Pastidan ip
bog‘lash uchun ariqcha o‘ying (rasm-2, b). Qanoti va rulini rasm daftari qog‘ozidan yasash mumkin (rasm-2, v, g). Ularni yasab, tananing ustiga, o‘z o‘rniga qo‘ying-da, ip yoki ingichka rezinka bilan bog‘lang (rasm-2 d). Keyin samolyotni olg‘a qarab otib, uchirib yuboring (rasm-2, e). Agar samolyot tumshug‘i bilan erga tushsa, tanasining old tomoni og‘ir ekanligini ko‘rsatadi. Bu holda uni pichoq bilan yo‘nib, qaytadan uchirib ko‘rish kerak. Yog‘och samolyot quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi (rasm-2, d).
Bunday ish turlari o‘quvchilarda texnik ijodkorlik, konstruktorlik, faraz qila olish, kuzatuvchanlik kabi ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi.


  1. Download 10,75 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   95




Download 10,75 Mb.