|
O'quvchilarni kasbga yo‘naltirishni quyidagi mezonlar asosida amalga oshirish maqsadga muvofiqdir
|
bet | 25/95 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 10,75 Mb. | | #107282 |
Bog'liq o\'quv qo\'llanma O'quvchilarni kasbga yo‘naltirishni quyidagi mezonlar asosida amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
O‘quvchilami kasb-hunar turlari bilan tanishtirish.
Kasblar, mehnat yutuqlari talqin etilgan asarlami o‘qishni tavsiya etish.
Har bir kasb haqida maxsus darslar o‘tish.
Ishlab chiqarish korxonalari, firma, fan, maorif, madaniyat, san’at muassasalariga sayohatlar tashkil etish.
Mehnat ilg‘orlari bilan ular erishgan yutuqlari haqida suhbatlar o‘tkazish.
Texnologiya fani yo‘nalishi bo‘yicha - multimedialar ko‘rsatish.
O ‘quvchilarni turli xil to‘garaklarga jalb etish.
Kasblar haqida o‘yinlar tashkil etish.
Yangi kasb va mutaxassisliklar, fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish texnologiyalari bilan muntazam tanishtirib borish.
O'quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishda pedagoglarning oldida turgan muhim vazifalar quyidagilar:
- o‘quvchilarni kasbga bo’lgan qiziqishlarini yanada takomillashtirish;
- uni kasb tan lash darajasiga yetkazish;
-ko‘p qirrali qiziqishga ega bo‘lgan o‘quvchilarda o‘ziga ko‘proq yoqqan sohani, kasbni tanlashga amaliy yordam berish;
o‘quvchilarda mehnat qiluvchi kishilarga nisbatan hurmat xislatlarini tarbiyalab borish;
- o'quvchilarning o‘ziga xos qiziqishlarini e’tiborga olgan holda ularni asta-sekin jamiyat ijtimoiy mehnatiga jalb qilib borish;
kasblar to‘g‘risida ma’lumotlami yetarlicha berib borish;
inson mehnati bilan yaratilgan moddiy boyliklami har tomonlama tejash xislatlarni tarbiyalash;
- o'quvchilaming o‘zi qiziqadigan kasb yo‘nalishiga jalb qilish va egallangan bilimlami amalda qo‘llashlariga erishish;
o‘quvchilarda mehnat va kasb tanlashga qiziqish uyg‘otish. Bu jarayon to‘g‘ri tashkil etilganda shaxsning bo‘lg‘usi kasbiy faoliyat subyekti sifatida shakllanishini ta’minlaydi.Kasbga yo‘naltirish uzoq muddatli yalpi dasturlar asosida va milliy xalq hunarmandchilik kasblarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Ayrim turdagi kasblarga yo‘naltirish bilan cheklanib qolmasdan, balki aniq iqtisodiy hududning turli sohalaridagi kadrlarga bo'lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda yoshlarni sanoat, qishloq xo‘jaligining boshqa tarmoqlaridagi kasblar va milliy hunarmandchilik kasblariga umumta’lim maktablarining texnologiya darslarida yo‘naltirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
O‘quvchilarni kasb tanlashdagi asosiy omillar ota-ona, muhit va ta’lim-tarbiyadir. Kasb tanlashning asosiy vazifasi o‘quvchilarni politexnik mehnat va malakalari bilan qurollantirishdan, ularni mehnat va ijtimoiy faoliyatga, kasblarni ongli ravishda tanlashga, moddiy va ma’naviy boyliklarni ishlab chiqarishda ishtirok etishga tayyorlashdan iboratdir.
Maktabda kasb tanlash ishlari quyidagi maqsadlardan iborat:
1. O'quvchilarni kichik sinflardan boshlab xalq xo‘jaligining turli tarmoqlari bilan tanishtirib borish.
2 .O'quvchilarni xalq xo‘jaligining turli tarmoqlari bilan tanishtirib, ommaviy kasblarning mazmuni, sinfdan tashqari o‘tkaziladigan tadbirlarni amalga oshirish.
3. Kasb tanlashga yo'llash ishlarini olib borishda o‘quvchilarni asosan maktab joylashgan hududning korxona, tashkilotlarining ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan kasb va mutaxassislarga yo'llash.Kasb tanlash juda muhim masala bo‘lib, ko‘pincha o‘quvchilar uni mustaqil hal qila olmaydilar.O‘qituvchilarning ish tajribasi o‘quvchilarni kasb tanlashga yo’llashning farq va metodlarini belgilab beradi. Ulardan asosiylari quyidagilardan iborat:
Darslarda kasb tanlashga yo’lIash. Masalan, o‘qituvchi o‘quvchilami mehnat mashg‘ulotlarida bajaradigan ish bilan bog‘liq kasblar bilan tanishtiradi. Chunonchi, yog‘och kesuvchi, rom
yasovchi, duradgorlik, tikuvchilik, oshpazlik va boshqa kasblar haqida bilim oladilar va tanishadilar.
Ekskursiyalarda kasb tanlashga yo‘llash. Odatda, ekskursiyalarda o‘quvchilarni o‘quv rejasi doirasidan chiquvchi material bilan tanishtirishga qulay sharoit yuzaga keladi. Bu imkoniyatdan o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘llash uchun foydalanish mumkin.
To‘garak mashg‘ulotlarida kasb tanlashga yo’llash. To‘garak mashg‘ulotlarida o‘quvchilarni turli kasblar bilan tanishtirishga ko‘proq imkoniyatlar vujudga keladi.
Har xil mavzuda uchrashuvlar o‘tkazish. Odatda, umumta’lim maktablarni bitirgandan key in ishlab chiqarish sanoati muassasalarida ishlayotgan kishilar bilan suhbatlari o‘quvchilarda katta taassurot qoldiradi. Texnologiya fani jarayonida o‘quvchilar turli kasb egalari bilan tanishadilar.
Har xiil madaniy-ommaviy tadbirlar o‘tkazish. Kasb tanlashga yo‘llash ishining muvaffaqiyatli olib borilishiga yordam beruvchi har xil madaniy-ommaviy tadbirlar maktablarning ish tajribasidan ma’lum.
Masalan, “Kasblar dunyosi”, “Kasb tanlashda shaxsiy va jamoa fikri” mavzusida munozaralar uyushtirish, kinofilmlani muhokama qilish shular jumlasidandir.
Kasblar mazmunini chuqur o‘rganish. O‘qituvchi muayyan kasblar to‘g‘risida tasavvur berish uchun bir yo‘la barcha o‘quvchilar bilan ish olib borishdan tashqari bu kasb bilan yaxshilab tanishish istagi bo‘lgan o‘quvchilar bilan jiddiyroq ish olib boradi. o‘quvchilarni qiziqishlariga qarab guruh yoki mikroguruhlarga birlashtiradi. Bunda ishning turli-tuman tashkiliy formalari qo‘llaniladi. O‘quvchilar o‘z kuchi bilan referat yozadilar, ekskursiyalar o‘tkazadilar.
Fakultativ mashg‘ulotlar. Ayrim maktablarda fakultativ mashg‘ulotlarga ajratilgan soatlaming ma’lum qismidan kasb tanlashga yollash ishi uchun foydalaniladi.Kasb to‘g‘ri tanlanganda ular o‘z qobiliyatlarini va qiziqishlarini yaxshiroq ro‘yobga chiqarishlari hamda jamiyatga ko‘proq foyda keltirishi mumkin. Kasbga yo‘llsh, qiziqtirish hamda malaka va ko‘nikmalarini
shakllantirishda o‘quv jarayonidagi ta’lim-tarbiya ishlari muhim ahamiyat kasb etadi.
|
| |