2. Sovuqlayin payvandlash. Payvandlangandan so‘ng mexanikaviy ishlovga berilmaydigan yirik cho‘yan buyumlar, bolg‘alarning staninalari, turbinalar korpuslarini remont qilishda bu usuldan foydalaniladi.
CHo‘yan buyumlarni sovuqlayin elektrik yoy yordamida payvandlash po‘lat, monel-metall (misning nikelli qotishmasi) elektrodlar, elektrod tutamlari va maxsus qoplamali po‘lat va cho‘yan sterjenlardan tayyorlangan elektrodlar bilan olib boriladi. Kam uglerodli po‘lat elektrodlar bilan cho‘yan buyumlarni sovuqlayin payvandlashda asosiy metall bilan suyuqlantirib quyiladigan metallni mustahkam birikma berishi uchun uning chetlariga shaxmat tartibida po‘lat shpilkalar burib qo‘yib, keyin oldiniga shpilkalar, so‘ngra qisqa uchastkalar bo‘yicha chok kertimi payvandlanadi.
SHuni qayd etish kerakki, monel-metall elektrodlar bilan payvandlashda chok sifatli, yaxshi mexanikaviy kesib ishlanadigan bo‘ladi.
IQTISODIY QISM
O‘zbekistonning bozor iqtisodiga o'tib borishi avtomobillarni ta'mirlash ishlarini tashkil etishda yangicha yondashishni talab qiladi. Buning uchun mamlakatimizda va bozor iqtisodi rivojlangan mamlakatlarda yig'ilgan tajribadan foydalanish zarur.
Bozor jamiyatdagi mehnat taqsimotini, talab va taklifni rejalashtirib, bir tizimga soladi.
Bozor munosabatlarining rivojlanishi, ayniqsa, kichik va o‘rta tovar ishlab chiqaruvchilar uchun, mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash xarajatlarining oshishiga olib keladi.
O‘zbekistonda texnik servis bilan shug'ullanuvchi korxonalar tarmog'i, chunonchi, turli vazirliklarga qarashli ta'mirlash zavodlari, „O’zavtosanoat“, „O’zavtoservis“, umumiy ishlarga mo‘ljallangan ustaxonalar, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalari va boshqalardir.
Rivojlangan bozor iqtisodiga ega ko‘plab xorijiy mamlakatlarning tajribasi avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlashni tashkil etishning eng ma'qul shakli — dilerlik tizimi ekanligini ko‘rsatadi. Bunda tayyorlovchi zavod va avtomobil egasi o'rtasidagi vositachilar soni qisqaradi, ta'minot yanada tezkor bo'ladi.
Servis bu — tovar bo‘lib, u istemolchilar ko‘p bo’lishini talab qiladi. Masalan, Fransiyada ishlab chiqarishning yillik o'sishi 2,9 % bo’lganda, servis xizmatining oshishi 4,2 % ni tashkil etadi. Germaniyada yangi avtomobillarni sotishda, texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlashni o‘tkazishdagi kabi rentabellik olinmaydi. Texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash hajmi yangi avtomobillami sotish hajmiga nisbatan ikki marotaba ko'p.
Texnik servis quyidagi xizmatlar majmuyini o‘z ichiga oladi:
-iste'molchilarning avtomobillarga va ko‘rsatiladigan xizmatlarga ehtiyoji va bu ehtiyojlarga sarflanadigan xarajatlarni to‘lay olishiga bo'lgan talab;
- axborot-maslahat xizmatlari;
-iste'molchini mashinalar, jihozlar, ehtiyot qismlar bilan ta'minlash;
-avtomobillarni sotish oldidan tayyorlash, ishga tushirish va sozlash ishlari; -iste'molchilarni mashina va jihozlardan foydalanish qoidalariga o'rgatish;
-avtomobillar diagnostikasi va ularga texnik xizmat ko'rsatish;
-avtomobillarni ta'mirlash, olib ketish va olib kelish;
-ijara bo'yicha xizmatni tashkil etish;
-ishlarni mexanizatsiyalashgan tarzda o'tkazish;
-ta'mirlash, texnik xizmat ko'rsatish bo'yicha material texnik baza yaratish va boshqalar.
Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, texnik servis to'g'ri tashkil etilganda, texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlashga sarflangan vaqt 8 ... 12 % ga qisqaradi, avtomobillarda bajariladigan ish hajmi esa 20...28% ga oshadi.
Texnik servisni tashkil etish tizimi avtomobillarning yuqori darajada tayyorligini, malakali xizmat ko’rsatish va undan foydalanishni, foydalanuvchilarning manfaatlariga rioya qilishni, kadrlar tayyorlashni ta'minlashi lozim.
MEHNAT MUHOFAZASI
Mamlakatning har bir fuqarosi o'zi yashab turgan jamiyatni shakllantirishdagi, rivojlantilishdagi, ishlab chiqarishda ishlashdagi va uni
boshqarishdagi asosiy kuch hisoblanadi. Demak, har bir davlatning asosiy boyligi
uning fuqarolaridir, shu jumladan aholining katta qismini tashkil qiluvchi
yoshlardir. Shu sababli fuqarolarning mehnat xavfsizligini ta'minlash va
sog'lig'ini saqlash jamiyat ijtimoiy taraqqiyoti yo'lidagi muhim omil hisoblanadi.
Fuqarolar hayoti va mehnati havfsizligini ta'minlash muammosi har bir
jamiyat uchun dolzarb masala bo'lib, u davlatning iqtisodiy rivojlanganligiga va
barqarorligiga, kuchli ilmiy—texnik va intellektual imkoniyatlarga ega ekanligiga
bog'liq. Davlat uchun kuchli ilmiy—texnik va intellektual imkoniyatlar zaxirasi esa
yoshlardir, ularning olgan ta'lim va tarbiyasi, o'z mutaxassisliklari bo'yicha
egallagan bilimi va uquvi darajasidir.
Bugungi kunda mehnat muhofazasi tushunchasi halqaro miqyosda o'ta
dolzarb va jiddiy tus olayotgan muammolardan biri sanaladi. Mehnat muhofazasi
yuzasidan olib borilayotgan halqaro me'yorlar sirasiga quyidagi talablar kiradi:
-ishchi-xodimlaming sog'lig'i va hayotini himoya qilish; davlat miqyosida mehnat muhofazasini ta 'minlovchi me'yorlarni qabul qilish va halqaro hujjatlami
ratifikatsiya qilish;
-mehnat muhofazasi bo'yicha davlat boshqaruvi;
-mehnat muhofazasi talablalining bajarilishi yuzasidan davlat nazoratini olib borish;
-mehnat muhofazasi talablari ijrosi yuzasidan keng jamoatchilik nazoratini olib borish;
-mehnat muhofazasi, atrof muhitning sofligini asrab avaylash, boshqa ijtimoiy va iqtisodiy faoliyat turlarini muhofaza qilishni muvofiqlashtirib borish;
-mehnat muhofazasi bo'yicha loyihalami davlat tomonidan moliyalashtirilishi;
-mehnat muhofazasi bo'yicha malakali mutaxassislami yetkazib berish masalasi;
-mehnat muhofazasi bo'yicha yagona axborot tizimini yaratish kabi masalalar va ularning ijrosi borasida halqaro me'yorlar belgilab berilgan.
Avtomobillarni ta'mirlash korxonalarining uchastka va bo'limlarini joylashtirishda quyidagi qoidalarga rioya qilish lozim;
1. Ta'mirlanadigan agregatlar va yirik detallar texnologik ketma- ketligi talablarga mos holda eng qisqa yo'l bilan harakatlanishi lozim.
2. Qismlarga ajratish-yig'ish va ta'mirlash uchastkalarining o'zaro joylashishi texnologik jarayon va asosiy yuk oqimining yo'nalishiga qarab aniqlanadi.
3. Sinash stansiyasi motor bo'limining yonida joylashgan bo'lishi kerak.
4. Asbob omborxonasini mexanik bo‘lim yoniga joylashtirish maqsadga muvofiq.
5. Katta miqdordagi suv iste'mol qiluvchi uchastkalarni bir joyga joylashtirish lozim.
6. Yong'in xavfi bo’lgan bo’limlar bir-birlaridan kapital devorlar bilan ajratilishi zarur.
7. Uskunalarni rejalashtirish va o‘matish operatsiyalari, texnologik ketma-ketlikka mos holda, zarur bo’lgan o'tishlarni va texnika xavfsizligi talablariga muvofiq olib boriladi.
8. Texnologik jarayonlarda zararli gazlar va bug’lar ajralib chiqmaydigan bo’limlar va xonalar bir-biridan devor bilan ajratilmasa ham bo’ladi.
Ta'mirlash korxonalarini loyihalashda binoning berilgan ishlab chiqarish maydonlarida, uning perimetri minimal bo'lishini ta'minlash lozim, bu esa, o‘z navbatida, tashqi devorlarni ko‘tarish, isitish jihozlarini o'rnatish uchun sarflanadigan xarajatlarning kamayishiga olib keladi. Bu nuqtayi nazardan, eng afzali kvadrat shaklidagi binodir. Binoning uzunligini uning eniga nisbatan ko'pi bilan 3 : 1 nisbatda bo'lishiga ruxsat etiladi.
Ta'mirlash korxonalarida bino ustunlarining qadami 6 m, qulochi esa 6, 9, 12 va 18 m qilib olinishi mumkin, ularning uzunliklari yig'ma temir-beton balkalarning uzunliklariga to‘g‘ri keladi. Ishlab chiqarish binolarining balandligi ta'mirlanadigan avtomobilning gabarit o'lchamlariga bog'liq holda tanlanadi.
Ishlab chiqarish binolari ichidagi transport yurish yo'laklarining kengligi harakat bir tomonlama bo‘lsa, 2 — 2,5 m, ikki tomonlama bo'lsa, 3,25 — 3,5 m ga teng qilib olinadi. Piyodalarning o'tish joylari kengligi, ishchilarni o‘tkaza olish xususiyatidan aniqlanib, ular 1 — 2 m atrofida bo‘ladi. Termik pechlar yonidagi o'tish joylarining kengligi 1,5 m dan kam bo'lmasligi lozim.Mehnat muhofazasi bo'yicha qabul qilingan o'nlab me'yoriy-huquqiy hujjatlar, standartlar, nizomlar, qoidalar, yo'riqnomalarning barchasi ishlab chiqarishda ishlovchilar hayoti, sog'lig'i va ish qobiliyatini muhofazalash, turli baxtsiz hodisalarning, jarohatlanishlar va kasb kasalliklalining oldini olish, qulay va bexatar mehnat sharoitlarini yaratishga, xavfsiz mashina va mexanizmlar, qurilmalar, uskunalarni loyihalashga, ishlab chiqishga va ishlab chiqilishga tatbiq qilishga xizmat qiladi.
XULOSA
Xulosa qilib shuni aytish joizki mazkur bitiruv malakaviy ishim bosim bilan payvandlash mohiyati va uning turlarini o’z ichiga oladi.Barcha bosim bilan payvandlash jarayonlari ichida kontaktli payvandlash usuli eng ko‘p qo‘llaniladi, ya’ni payvandlashda foydalaniladigan uskunalarning deyarli 97 foizi ana shu usulning hissasiga to‘g‘ri keladi. Bosim bilan kontaktli uchma-uch payvandlashni London qirollik jamiyatining a’zosi, Peterburg Fanlar akademiyasining faxriy a’zosi ingliz fizigi E. Tompson birinchi bo‘lib 1877-yilda amalda qo‘lladi. 1887-yilda rus ixtirochisi N.N. Bernardes oddiy ombir yordamida ko‘mir elektrodlar orasida nuqtali payvandlashni ixtiro qilib, patent oldi.
Bosim bilan payvandlashda tanavorlar (zagotovkalar)ni biriktirishga biriktiriladigan yuzalarini tashqi kuch qo‘yish hisobiga birgalikda plastik deformatsiyalash yo‘li bilan erishiladi. Bunda biriktirish joyidagi material, qoidaga ko‘ra, plastikligini oshirish maqsadida qizdiriladi. Deformatsiyalash jarayonida notekisliklar eziladi, oksid pardalari yemiriladi, natijada toza yuzalarning tegish kontakti kattalashadi. Atomlararo bog‘lanishlarning yuzaga kelishi detallarning mustahkam birlashishiga olib keladi.
Materiallarni payvandlash deb, ularni atomlarning o‘zaro ta’sirlashish kuchlari hisobiga biriktirish jarayoniga aytiladi. Ma’lumki, metall detallarning sirtqi atomlari to‘yinmagan erkin bog‘larga ega bo‘ladi, bu bog‘lar atomlararo kuchlar ta’sir qiluvchi masofada yaqinlashgan turli atomlar yoki molekulalarni qamrab oladi. Agar ikkita metall detallarning yuzalari atomlararo kuchlarning metall ichida turadigan masofada yaqinlashtirilsa, ular (yuzalar) tegish yuzasida birlashib yaxlit bir narsaga aylanadi, uning mustahkamligi yaxlit metallning mustahkamligi bilan barobar bo‘ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. – Т.: O’zbekiston, 2009. – 56 b.
2. Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi. Qayta ishlangan va to’ldirilgan ruscha 4-nashridan (prof. Kuznetsov Ye.S. tahriri ostida. M.:Nauka 2004y. 535 b.) tarjima prof. Sidiqnazarov Q.M. umumiy tahriri ostida, Toshkent “VORIS-NASHRIYOT”, 2006.
3. Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi avtotransport oliy o’quv yurtlari talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etgan. Prof. Sidiqnazarov Q.M. umumiy tahriri ostida, Toshkent “VORIS-NASHRIYOT”, 2008.
4. Usmanov D.I. O`zbekiston Respublikasi avtomobil transporti harakatlanuvchi tarkibiga TXK va T to`g`risidagi Nizom.-Toshkent, 1999
5. Tехническая эксплуатация автомобилей. Учебник для ВУЗов. Под ред. Проф. Е.С. Кузнецова. M: Наука, 2002 g.
6. Боровских Ю.И. и др. Автомобилларнинг техник тузилиши, техник хизмат кўрсатиш ва таъмирлаш. Тошкент: «Мехнат», 2001.
7. O.Hamraqulov, Sh.Magdiyev. Avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi. Toshkent, 2005 yil.
8. O’zbekiston Respublikasi avtomobil transporti harakat tarkibiga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash to’g’risidagi nizom. Toshkent,1999 y.
9. Руководство по ремонту и обслуживанию. Инструкция по эксплуатации автомобилей ДЭУ. Нексия (все модели). Ташкент, 2000 г.
10. O.Xamrakulov, Sh.Magdiev. Avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi. Toshkent. 2005 y.
11. Xusanjonov A., Qobulov M., Abdubannopov A. Avtotransport vositalaridagi shovqin so'ndiruvchi moslamalarda ishlatilgan konstruksiyalar tahlili.
12. Texnicheskaya Ekspluatatsiya avtomobiley.-Uchebnik dlya VUZov g`’od.red ye.S.Kuznetsova.-M.:Transport, 2004
13. Texnicheskaya Ekspluatatsiya avtomobiley.-Uchebnik dlya VUZov g`’od.red G.V.Kramarenko.-M.:Transport, 1985
14. Fastovtsev G.F. Organizatsiya texnicheskogo obslujivaniya i remont legkovix avtomobiley.-M.: Transport, 1989
15. Magdiyev Sh.P. Rasulov H.A. Avtomobil va dvigatellarga texnik xizmat ko’rsatish, ta’mirlash. Toshkent, “ILM ZIYO” -2006 yil.
16. www.avtomobil.ru
17. www.avto.uz
18. www.ziyonet.com
19. www.edu.uz
20. www.ziyouz.com
|