• Latunlarni payvandlash.
  • Mis va uning qotishmalarini payvandlash




    Download 126 Kb.
    bet5/9
    Sana22.01.2024
    Hajmi126 Kb.
    #143293
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Cho\'yanni pay

    Mis va uning qotishmalarini payvandlash
    Ma’lumki, mis va uning qotishmalari issiqlikni va elektrni yaxshi o’tkazadi. Suyuqligida esa kislorodni shiddatli yutib u20 hosil etadi. Qaysiki mis bilan evtektika (u20+u) beradi. Evtektika uni birlamchi kristallanish jarayonida donachalar chegarasida joylanib mo’rtlashtiradi. Buyumda hosil bo’lgan ichki zo’riqish kuchlar deyarli katta bo’lsa darz ketishi ham mumkin. SHuningdek, ularni payvandlashda unda erigan gazlar ayniqsa N2 undagi u20 bilan reaksiyaga kirib suv bug’lari hosil bo’ladi. Bug’lar vannadan tashqariga chiqolmay chokda g’ovakliklar beradi. Bulardan tashqari ularda oz bo’lsada zararli qo’shimchalar (Pb, Sb, As) lar borligi ularning payvandlanuvchanligiga putur etkazadi. Misni u20 dan qaytarish uchun kislorodga yaqin bo’lgan Al, Si, P lardan, payvandlash davrida oksidlanmasligi uchun flyuslardan foydalaniladi yoki himoya gazlar muhitida payvandlanadi. Payvandlanuvchi buyum qalinligiga, shakliga, o’lchamlariga va payvand chok xarakteriga ko’ra payvandlash usuli belgilanadi. Masalan, gaz alangasida yupqa mis va uning qotishmalaridan tayyorlangan buyumlar payvandlashda alanga quvvati po’latlarni payvandlashga qaraganda 1,5–2 marta kuchliroq olinadi, bu esa yuqori tezlikda payvandlashga imkon beradi. Agar payvandlanuvchi listlarning qalinligi 5–6 mm dan ortiq bo’lsa, payvandlashdan avvalr ularni 250– 300 temperaturagacha qizdiriladi. Payvandlash simi sifatida toza misdan, flyus sifatida quruq bura (Na2B47) yoki 70% bura va 30% borat kislotali (H3B03) aralashmasidan foydalaniladi. Kukun flyuslar zagotovkalarni payvandlash joyiga sepiladi, pasta holidagisi payvandlash simi sirtiga surtiladi. Payvandlashda flyus mis oksidlarini o’zi bilan bog’lanib shlakka o’tadi. Payvandlab bo’lingach, chokni hossasini yaxshilash uchun buyum tezda sovuq suvda sovitiladi va prokatka etilishi tavsiya etiladi.
    Latunlarni payvandlash.
    Latun buyumlarni payvandlashda mis buyumlarni payvandlashdagi qiyinchiliklardan tashqari ruxni zaxarli bug’larini ajralishi qo’shiladi. Latun buyumlarni payvandlashda mis buyumlami payvandlash usullardan payvandlanilsada, Zn bug’larini kamaytirish tadbirlari ko’riladi. Masalan, gaz alangasida payvandlashda oksidlovchi alangada payvandlash mumkin. Yaxshisi himoya gazlar muhitda volfram elektrodda latun sim bilan elektr yoy yordamida payvandlash ma’qul

    Download 126 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 126 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mis va uning qotishmalarini payvandlash

    Download 126 Kb.