|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi xorazm viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi tuproqqal’a tumani kasb hunar maktabi payvandlovchi guruh o’quvchisi ning Mavzu
|
bet | 8/9 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 126 Kb. | | #143293 |
Bog'liq Cho\'yanni pay
Amalda ko‘pincha, cho‘yan quymalarda uchraydigan nuqsonlar (darzlar, g‘ovakliklar va boshqalar) ni tuzatishda, shuningdek, remont ishlarida payvandlashdan foydalaniladi.
Odatda, cho‘yanlar tarkibida 2,6-3,6 % uglerod bo‘lishi, qotishmaning po‘latga nisbatan mo‘rtligi, qizdirilganda hossalarining keskin yomonlashishi sababli payvandlashda ayrim qiyinchiliklar tug‘iladi. Jumladan, payvand chokning oq cho‘yan strukturasiga ega bo‘lishi kesib ishlashni qiyinlashtirsa, katta ichki zo‘riqish kuchlarining hosil bo‘lishi darzlar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. YUqorida qayd etilgan qiyinchiliklarga qaramay, cho‘yanlarni gaz alangasida elektrik yoy yordamida, elektrik-shlak usulida va termit bilan payvandlash mumkin.
Payvandlanadigan buyumning shakliga, o‘lchamlariga qarab amalda kutilgan puxtalik talablariga ko‘ra payvandlash usuli va texnologiyasi belgilangan.
1. Qizdirib payvandlash. Bu usulda buyumlardan payvandlashdan avval
pechlarda ular 200-6000C gacha (to‘la yoki qisman) bir tekis qizdirib olinadi.
Payvandlashdan avval buyumni qizdirib olishdan asosiy maqsad uning sovish tezligini kamaytirishdir. Bu usulda payvandlangan buyumning chok puxtaligi asosiy metall puxtaligidan past bo‘lmay, yaxshi kesib ishlanadigan bo‘ladi. CHo‘yanlarni payvandlashdan avval buyumning nuqsonli joylarini kesib tashlash, chetlari qalinligiga ko‘ra ayrim tayyorgarlik o‘tgach (grafit plastinkalari bilan, suyuq shishada qorilgan qum bilan qoplanadi), zaruriy temperaturagacha qizdirib keyin chokbop simlar yoki cho‘yan (ko‘mir) elektrodlar bilan payvandlanadi.
Dastaki usulda yoy yordamida payvandlashda cho‘yan elektrodlarning diametri 8-
25 mm li bo‘lib, A va B qoplamali markalardan foydalaniladi (GOST 2671-70). SHuni qayd etish lozimki, payvandlangan buyum pech bilan birga asta sovitiladi. Bu usulda sifatli choklarga erishiladi.
Payvandlashda hosil bo‘ladigan oksidlarni suyuqlantirish, shlakning suyuq holda oquvchanligini oshirish va payvandlash vannasini tashqi muhit kislorodi va azotdan himoya qilish maqsadida flyuslardan foydalaniladi. Flyus sifatida toza bura (Na2B4O7) dan yoki 57 % bura, 22 % soda va 22 % patashdan iborat aralashmadan foydalaniladi. Bu usul sifati choklarni ta’minlagani bilan birmuncha sermehnat va murakkab usuldir.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi xorazm viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi tuproqqal’a tumani kasb hunar maktabi payvandlovchi guruh o’quvchisi ning Mavzu
|