O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi
1-mavzu: Kalkulyator, uning mohiyati va imkoniyatlari. Tugmalar vazifasi. Foizlarni hisoblashga doir mashq va masalalar. Kalkulyatorlarda hisoblash ishlarini amalga oshirish usullari. Oddiy va muhandislik kalkulyatorlari, ularning farqi. Windows operatsion tizimining tarkibida foydalanuvchi kompyuter bilan ishlashi jarayonida kerak bo`lishi mumkin bo`lgan ko`plab dasturlar Windows tizimi bilan birgalikda tekin tarzda tarqatiladi. Bunday dasturlar odatda Windows bosh menyusi (Pusk tugmasini bosilganda hosil bo`ladi)ning tarkibida joylashgan Vse programmi buyruqlar to`plamining ichidagi Standartnie to`plamida joylashgan bo`ladi. Bunday dasturlar sirasiga biz Bloknot oddiy matn muharriri, Paint grafik muharriri, WordPadmuharriri, manzillar kitobi, buyruq satri, masofadagi kompyuter ishchi stoliga ulanish dasturi, Provodnik (boshlovchi) menejer dasturi, skaner yoki web-kameralar bilan ishlash ustasi kabilarni kiritishimiz mumkin. Bu yerda ko`plab foydalanuvchilar o`z hisob-kitob ishlarida qo`llaydigan Kalkulyator dasturi ham joylashgan. Bu dasturni ishga tushirish uchun biz shu dastur nomi ustiga sichqoncha ko`rsatkichini keltirib, chap tugmasini bir marta bosishimiz kifoya qiladi. Bundan tashqari agar bu dasturning piktogrammasini ishchi stolga chiqarib qo`yilgan bo`lsa, uni ishga tushirish uchun sichqoncha ko`rsatkichini dastur belgisi (piktogrammasi) ustigakeltirib, chap tugmasini ikki marta tez bosish kerak bo`ladi. Agar dasturning belgisi Windows masalalar panelidagi tezkor tugmalar qatoriga ham o`rnatilgan bo`lsa, u yerdan ham dasturni sichqoncha chap tugmasini bir marta bosish orqali ishga tushirishimiz mumkin. Agar yuqorida keltirib o`tilgan usullarning birortasi orqali ham kalkulyator dasturini ishga tushirishning imkoni bo`lmasa, u holda so`nggi chora sifatida C:\WINDOWS\system32 manzilida joylashgan calc.exe faylini izlab topib, shu faylni ishga tushirish kerak bo`ladi. Bu usul ham qo`l kelmasa, u holda ushbu kompyuterda kalkulyator dasturi o`rnatilmagan degan xulosaga kelish mumkin bo`ladi va bunday hollarda boshqa chetki ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan kalkulyator dasturlaridan foydalanish mumkin. Lekin shuni ham hisobga olish kerakki, kalkulyator dasturi – bu juda oddiy dasturlardan hisoblanadi hamda bunday dasturni har bir foydalanuvchi o`zining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ushbu kursning oxirgi mavzularidan bo`lgan Visual Basic, Delphi yoki boshqa zamonaviy dasturlash tillaridan foydalanib bemalol tuzishi mumkin. Download 1,23 Mb.
|
Bosh sahifa
Aloqalar Bosh sahifa O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi
|