Vid menyusidagi buyruqlardan ba`zilarini (kop` ishlatiladiganlarini) ko`rib chiqaylik: Bulardan e`tiborga loyiqlaridan biri bu Klassicheskiy vid buyrug`I bo`lib, u buyruq yoqib qo`yilganda kalkulyator dasturining oynasi barcha Windows tizimi dasturlari oynalari uchun bir xil bo`lgan ko`rinishda hosil bo`ladi, lekin bu buyruqning oldidagi belgini olibtashlansa (sichqoncha chap tugmasini shu buyruqning ustida birmarta bosish orqali) dastur oynasining ko`rinishi boshqacha qiziqarliroq ko`rinishda namoyon bo`ladi:
Bundan tashqari bu menyuning Gruppirovat tsifri buyrug`ini tanlanganda va o`chirilganda dastur oynasida yozilayotgan sonlar har uchta-uchtasi alohida guruhlanib, sonni o`qishga qulay holda ko`rinib turadi.
Masalan (yoqilganda) 21 235 546 851
(o`chirilganda) 21235546851
Ko`rinishda yoziladi va albatta bu ikki xil ko`rinishdan birinchisini oqish osonroqdir. Bulardan tashqari bu menyu tarkibida kalkulyator dasturining ko`rinishini va shu bilan birgalikda uning imkoniyatlarini o`zgatiradigan buyruqlar ham joylashgan. Bular dastur ko`rinishini tanlash buyruqlari: Obichniy va Injenerniy buyruqlaridir. Biz shu paytgacha ko`rib kelgan kalkulyator dasturining oynasi oddiy (Obichniy) ko`rinishdagi dastur bo`lib, undan tashqari murakkab amallarni ham bajarishga qodir bo`lgan ko`rinishi (Injenerniy) ham mavjuddur, bu holatni faollashtirish uchun Vid menyusida joylashgan Injenerniy buyrug`ini tanlash kerak bo`ladi. Natijada dastur oynasi ko`rinishi qu`yidagi ko`rinishga o`zgaradi:
Bu dastur oynasida ko`rib turganingizdek oldingi oynaga qaraganda birqancha ko`proq tugmalar joylashgan. Demak bu ko`rinishda bajarilishi mumkin bo`lgan amallar ham ko`proqdir.
Bundan tashqari Spravka menyusi ham mavjud bo`lib, bu yerda ikkitagina buyruq bor. Bulardan birinchisi – Vizov spravki buyrug`ini tanlanganda Windows tizimining barcha dasturlaridagi kabi yordam oynasi hosil bo`ladi va bu oynada turlicha mavzular keltirib o`tilgan bu mavzulardan keraklisini tanlanganda shu mavzu yuzasidan mavjud bo`lgan ma`lumotlar ko`rinadi.
Bu oynada oddiy hisoblash ishlarini bajarish, muhandislik hisob-kitoblarini bajarish, statistic hisob kitoblarni bajarish, sonlarni bir sanoq tizimidan boshqasiga o`tkazish, xotira bilan ishlash amallari, razryadlarni guruhlashtirish, ekvivalent tugmalar va kombinatsiyalar, aniqlikni oshirish choralari, katta sonlar ishtirokida hisob-kitoblarni bajarish kabi turli xil mavzular joylashgan.
|