Sonlarning foizlarini hisoblash bo`yicha qisqacha ko`rsatmalar.
Sonlarning foizlarini hisoblashda foiz tushunchaga to`xtalib o`tish kerak bo`ladi. Sonning 1 foizi deb shu sonning yuzdan bir qismiga aytiladi. Demak sonning 1 foizini hisoblab toppish uchun shu sonni 100 ga bo`lish kifoya ekan.
Misol: 2343 sonining 1 foizini toping.
Yechilishi: 2343/100=23,43. Demak 2343 sonining 1 foizi 23,43 ga teng ekan.
Foiz atamasini yozilishini osonlashtirish uchun bu belgini % sifatida yozish qabul qilingan.
Berilgan sonning berilgan foizini hisoblash
Berilgan sonning berilgan foizini hisoblash uchun shu sonning bir foizini hisoblab topiladi (shu sonni 100 ga bo`lish orqali) va keyinchalik topilishi kerak bo`lgan foiz miqdoriga ko`paytiriladi.
Misol: 2543 sonining 18,5 % ini hisoblab toping.
Yechilishi: 1) Dastlab berilgan sonni 100 ga bo`lamiz: 2543/100=25,43
2) Endi shu natijani topilishi kerak bo`lgan foiz miqdoriga ko`paytiramiz: 25,43*18,5= bu ishni qo`lda bajarish ancha noqulay va vaqt talab qiladi. Shuning uchun bu ishni kompyuterda (kalkulyator dasturida) bajarish maqsadga muvofiqdir. Dasturni ishga tushirib, amalni kiritamiz va natijani olamiz: 470,455
2-mavzu: Kompyuter klaviaturasi vazifasi va unda klavishlar (tugmachalar) ning joylashishi, kichik va bosh harflarning kiritilishi, boshqa alifboga o`tish, klaviaturining maxsus klavishlari, kompyuterni elektr tarmog`iga ulash va o`chirish tartibi. Matn tahrirlagichi yordamida matnni klaviatura yordamida terish va uning asosida klavishlar vazifalarini o`rganish. Kseroks, modem, skaner, printerlar, axborottashuvchilar, raqamli foto-videouskunalarvaboshqalarbilanishlash.
|