O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim




Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/89
Sana28.05.2022
Hajmi1.41 Mb.
#22207
TuriУчебник
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   89
Bog'liq
Buhoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiyasi instituti buhoro
1-Mavzu, elektron tijorat, Suv tarqatish tarmog, OBSERVATION TABLE
2.2. Strategik rejalashtirish 
Har bir firma yoki kompaniya mavjud sharoit, imkoniyatlar, maqsad va resurslar 
manbalarini hisobga oladigan individual ishlash uslubiga ega bo`lishi lozim. 
Hamma korxonalar o`zlarining uzoqqa mo`ljallangan strategiyalarini ishlab chiqishida 
yuqorida ko`rsatilgan rejalarni hisobga olishlari kerak. Bu esa o`z navbatida tez-tez o`zgarib 
turadigan bozor sharoitida oldinni ko`ra bilishni ta'minlaydi. 
Strategiyani rejalashtirishda marketing muhim rol egallaydi, chunki u strategiyani 
rejalashtirish uchun kerak bo`ladigan ma'lumotlar bilan ta'minlaydi. 
O`z navbatida esa, strategik rejalashtirish tashkilot marketingida katta rol o`ynaydi. Misol 
uchun, marketing xizmati strategik rejalashtirishni ishlab chiqaradigan bo`limlari bilan firmaning 
strategik maqsadi uchun birgaliqda ish olib boradi. 
Ma'lum sabablarga ko`ra, hozirgi vaqtda firmalar kompleks strategik rejalashtirishni 
ishlab chiqish imkoniyatiga ega emaslar, shuning uchun ular biznes rejani ishlab chiqish bilan 
chegaralanmoqdalar. 
Rivojlangan davlatlar yirik kompaniyalarining tajribalariga ko`ra, firma yoki 
tashkilotning tashkil topish bosqichlaridayoq uning o`ziga xos xususiyatlari va asosiy faoliyat 
yo`nalishiga qarab missiya va strategik maqsadni ishlab chiqish lozim. U nafaqat milliy bozorda, 
balki jahon bozorida ham real muvaffaqiyat vositalarini o`zida jamlashtirishi lozim. 
Tajribali ishlab chiqarish hamda strategik reja va marketing dasturini amalga oshirishda, 
milliy tadbirkorlar va ishbilarmonlar (biznesmen) manbalarni nafaqat chel el firmalaridan, balki 
o`z navbatida ish yuritayotgan ilg`or milliy firmalardan ham olish mumkin. 
«Strategiya» so`zi yunoncha «strategos» so`zidan olingan bo`lib, «general san'ati» degan 
ma'noni bildira di. 
Strategik rejalashtirish tashkilotning global, uzoqqa mo`ljallangan maqsadlarini va uni 
amalga oshirish mexanizmini o`zida mujassamlashtiradi. 
Vaqtga bog`liq holda, strategik reja qisqa muddatli (yillik) yoki uzoq muddatli 
(kompaniyaning joriy faoliyati bilan bog`liq holda) bo`ladi. 
Qisqa muddatli reja joriy sharoitni, kompaniyaning maqsadini, uning kelasi yilgi 
strategiyasini, faoliyat programmasini, byudjet va boshqarish usullarini o`z ichiga oladi. 
Uzoq muddatli reja zamirida korxonaga kelgusi bir necha yiddan keyin ta'sir qilishi 
mumkin bo`lgan ichki va tashqi omillarni baholash yotadi. 
Uzoq muddatli reja asosida uzoq muddatli maqsad, zarur resurslar va rejani amalga 
oshirish uchun kerak bo`ladigan marketing strategiyasini ishlab chiqaradi. 
Korxonaning vazifalari shartiga qarab uzoq muddatli reja vaqti-vaqti bilan yangidan 
ko`rib turilishi kerak. 
Shuning uchun korxona o`zgaruvchan muhitdan o`ziga nafli jihatdan foydalanish uchun 
strategiyalarni ishlab chiqadi. U esa bir tomondan kompaniyaning imkoniyatlari va 
maqsadlaridan kelib chiqqan holda jarayonni joylashtirish bo`lsa, boshqa tomondan esa bozor 
kon'yunkturasining o`zgarishidan kelib chiqqan holda jarayonni joylashtirishdir. 
Strategiyalar nimani o`z ichiga oladi? Bu savollarga javob berish uchun bosqichlarni 
ko`rib chiqamiz: tahlil, rejalashtirish, amalga oshirish va tekshiruv (nazorat). Quyidagi 2.1-
rasmda strategiyani va marketingni rejalashtirish uchun kerak bo`ladigan rejalashtirish jarayoni 
ko`rsatilgan. 
Jarayonni rejalashtirishdan oldin korxonaning ichki va tashqi analizini olib borish lozim. 


Korxonaning kuchli va kuchsiz tomonlarini tahlil qilish zarur. Bu esa keyingi 
bosqichlarda kerakli ma'lumotlarni marketing tadqiqotlari uchun olib beradi. 
Tahlil 
Rejalashtirish
Strategik reja ishlab chiqish 
Marketing rejasini ishlab 
chiqish
Amalga oshirish 
Rejalarni bajarish 
Nazorat 
Natijalarni miqdorli aniqlash 
Natijalar bahosi 
To`g`rilovchi amallar 

Download 1.41 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   89




Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim

Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish