O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim




Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/89
Sana28.05.2022
Hajmi1.41 Mb.
#22207
TuriУчебник
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89
Bog'liq
Buhoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiyasi instituti buhoro
1-Mavzu, elektron tijorat, Suv tarqatish tarmog, OBSERVATION TABLE
S
S
O
O
`
`
Z
Z
 
 
B
B
O
O
S
S
H
H
I
I
 
 
Hozirgi rivojlanayotgan bozor sharoitida iqtisodiyotni boshqarishning 
ma'muriy buyruqbozlikka asoslangan usulidan voz kechgan holda uning iqtisodiy 
manfaatdorlikka asoslangan usuliga o`tilishi iqtisodiyotning barcha jabhalarini 
marketing nuqtai nazaridan tadqiq qilishni taqozo qiladi. 
Inson turmush darajasini ancha yuqori bosqichlariga ko`tara olgan jahondagi 
mamlakatlarning tajribasi shuni tasdiqladiki, jamiyat va shaxs manfaatlarini 
uyg`unlashtirishning iqtisodiy manbalari avvalo tovarlar va xizmatlar bozoriga, 
mahsulot ishlab chiqarishchilarning o`z mehnat natijalarini teng ayirboshlashlariga 
asoslanishi shart. 
Hozirgi zamon bozori o`z taraqqiyotiga erishguncha uzoq tarixiy yo`lni 
bosib o`tdi. Bir tomondan, bozorga davlat yo`li bilan ta'sir ko`rsatishning juda 
xilma-xil shakllari va usullari yuzaga keldi, ikkinchi tomondan, bozorning o`zini-
o`zi boshqarishga imkon beruvchi normalar va qoidalar tarkib topdi. 
Mazkur kitob zamonaviy bozor munosabatlarini tashkil etishning hal 
qiluvchi vositalardan biri – «Marketing»ga bag`ishlangan. 
Marketing – eng sodda qilib aytganda, tovar va xizmatlar bozorini o`rganish 
va tashkil qilish yoki bozorshunoslik ma'nosini bildiradi. 
Marketing fani bozor faoliyati bilan bog`liq muammolar yechimini topishda 
zamonaviy usullardan foydalanadi. Marketingning uslubiy asoslari ilmiy-analitik 
va istiqbolni belgilash kabilardan iborat. 
Analitik usullardan: chiziqli dasturlar, ko`pchilikka xizmat qilish nazariyasi, 
aloqalar nazariyasi, jarayonlar tadqiqoti, iqtisodiy statistika, matematik modellash, 
ekspertli baholash va keng miqyosda EHM ishlatiladi. 
Marketing boshqa fanlarda qo`llaniladigan uslubiyatlardan ham foydalanadi. 
Bularga iste'molchilarning bozordagi faoliyatini o`rganuvchi sosiolog va 
psixologlar uslublari: so`rovlar, testlar, farqli tahlil kabilarni misol keltirish 
mumkin. 
Marketing fanini o`qitishdan maqsad, O`zbekiston Respublikasi bozor 
iqtisodiyoti sharoitiga o`tish munosabati bilan «Marketing asoslari» fanini 
o`rganish davr talabi bfo`lib qolmoqda, chunki biznes va tadbirkorlik sohalaridan 
muvaffaqiyatga erishish uchun fanni mukammal bilganda uni samarali boshqarish 
mumkin. 
Bo`lajak mutaxassislarga bozor sirini o`rganish, korxonada harakat 
qilayotgan ichki va tashqi muhitni tashkil qilish, bozor va iste'molchilarni, raqiblar, 
raqobat va tovarlarni o`rganish, yangi tovarlar mohiyatini aniqlash, marketingni 
boshqarish jarayonini o`z ichiga olgan tamoyillar va qoidalar haqida bilimlarni 
shakllantiradi. 


Ushbu kitobda keng foydalaniladigan umumiy usullar: tizimli (sistemali) 
tahlil, maqsadli dastur asosida yondashish, kompleks tadqiqot va boshqalar keng 
yoritilgan

Download 1.41 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89




Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim

Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish