Marketing fani predmeti, vazifalari va ahamiyati




Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/89
Sana28.05.2022
Hajmi1.41 Mb.
#22207
TuriУчебник
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   89
Bog'liq
Buhoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiyasi instituti buhoro
1-Mavzu, elektron tijorat, Suv tarqatish tarmog, OBSERVATION TABLE
1.2. Marketing fani predmeti, vazifalari va ahamiyati. 
Marketing fani predmeti—tovar va xizmatlar ishlab chiqaruvchi (sotuvchi)ning 
iste'molchi (xaridor) talablarini qondirish hamda o`z mahsulotini sotish uchun yangi 
imkoniyatlarni qo`lga kiritish jarayonidagi xatti-harakatlarini tashkil etish mantiqi, shakllari, 
uslublarini ifodalovchi nazariy va amaliy tamoyillar majmuidan iborat.
Marketing fanining asosiy ob'ektlari: bozor, iste'molchi, tovar, xizmat, baho, tovar 
harakati, reklama, sotish va uni rag`batlantirish hisoblanadi. Ana shu iqtisodiy kategoriyalarni 
kompleks ravishda o`rganish va tadqiq qilish marketing fani metodologiyasi va uslubiyati 
mazmunini tashkil etadi. 
Bozor — o`ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar jarayoni bo`lib, unda tovarlar va 
xizmatlar ayirboshlanadi va ishlab chiqaruvchilar bilan iste'molchilar manfaatlari to`qnashadi va 
bir-biri bilan kelishadi. Uzining iqtisodiy mohiyatiga ko`ra bozor-tovar muomalasi 
(ayirboshlash) doirasi bo`lib, u orqali tovar qiymati sotilishi va shu bilan birga unga sarflangan 
mehnat harajatlarining jamiyatda tan olinishi ta'minlanadi. Bozorlar marketing nuqtai nazaridan 
«Sotuvchilar bozori» va «Xaridorlar bozori»ga bo`linadi. Birinchi xil bozorda, tovarlar va 
xizmatlar kamchil; ularga sotuvchi xohlagan bahosini qo`yadi, talab taklifga qaraganda ancha 
yuqori bo`ladi. Bunday bozor mamlakat iqtisodiyotida va aholi turmushida juda ko`p 
nomutanosibliklar va har xil salbiy holatlar natijasidir. Ikkinchi bozorda, tovarlar va xizmatlar 
to`kin-sochinligi, talab va taklif orasida muvozanat o`rnatilganligi tufayli, asosiy e'tibor xaridorni 
topishga va unga qulayliklar yaratishga qaratiladi. 
Marketing sotilayotgan tovarlarning iste'mol qiymatiga ko`ra bozorlarni: iste'mol 
tovarlari bozori; xizmatlar bozori; ishlab chiqarish vositalari bozori; sarmoyalar bozori va 
boshqalarga bo`lib o`rganadi. 
Iste'mol tovarlari bozori — aholining shaxsiy ehtiyojini qondiruvchi va hayot kechirishi 
uchun uy-ro`zg`orini jihozlash maqsadida xarid qilinuvchi oziq-ovqat va nooziq-ovqat 
mahsulotlarini oldi-sotdi munosabatlari majmuini o`z ichiga oladi. 
Iste'mol tovarlari bozori o`z navbatida maxsus bozorlarga ozyq-ovqat, kiyimlar, xo`jalik, 
madaniy mollar va boshqalarga bo`linadi. Bu bozorning moddiy-texnika asosi (infrastrukturasi) 
bo`lib: ulgurji savdo bazalari, do`konlar, oshxona, choyxona» dorixona, dehqon bozorlari va 
barcha chakana savdo-sotiq bilan shug`ullanuvchi shoxobchalar hisoblanadi. 
Xizmatlar bozori — aholiga maishiy, maorif, tibbiy, texnik, kommunal, madaniy, aloqa, 
transport, konsalting, injeniring, lizing va boshqa xizmatlar ko`rsatish bo`yicha oldi-sotdi 
munosabatlarini ifodalaydi. Uning ham o`ziga xos shoxobcha va muassasalari shakllanadi. 
Iste'mol tovarlari va xizmatlar bozorlarining o`xshashligi shundaki, ular to`g`ridan-to`g`ri 
insonlar ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan. 
Ishlab chiqarish vositalari bozorida sanoat korxonalari, agrofirma va xalq xo`jaligining 
qolgan barcha tarmoqlari muassasalarining ta'minoti uchun zarur bo`lgan dastgoh, xom ashyo, 
jihoz va butun kerakli tovarlar oldi-sottisi tashkil etiladi. Bu bozorni bizning mamlakatda 
«O`zulgurjibirjasavdo»si tizimi miqyosida tashkil etilmoqda. 
Sarmoyalar (qimmatbaho qog`ozlar) bozori birlamchi va ikkilamchi guruhlarga bo`linadi. 
Birinchisida hukumat organlari o`zlarining yangi qimmatbaho qog`ozlarini joylashtiradilar. 
Ikkinchisida esa, oldindan chiqarilgan. qimmatbaho qog`ozlar oldi-sottisi bo`yicha bitimlar 
tuziladi. 
Marketing fanining vazifalari — o`quvchida korxona harakat qilayotgan ichki va tashqi 
muhitni tahlil qilish; bozor va iste'molchilarni, raqiblar, raqobat va tovarlarni o`rganish; yangi 


tovarlarning mohiyatini aniqlash; marketing tadqiqotlari asosida tovar ishlab chiqarishni, tovarlar 
harakati, sotish va xizmat ko`rsatishni rejalashtirish; baho siyosatini belgilash va amalga 
oshirish; marketing dasturlari ishlab chiqish va bajarilishini uyushtirish; marketingni axborot 
bilan ta'minlash; marketingni boshqarish jarayonlarini o`z ichiga olgan tamoyillar va qoidalar 
haqida bilimlarni shakllantirishdan iborat. Boshqacha aytganda, marketing fani, hozirgi zamon 
bozorida faoliyat ko`rsatish ilmi, texnologiyasi va san'atini o`rgatadi. 
Ammo marketingning o`z vazifasini tovar ishlab chiqarishning asosiy iqtisodiy qonuni — 
«Talab va taklif qonuni»ning bozor amaliyotida ko`rinishi va ijrosini ta'minlash vositasi sifatida 
bajaradi. 
Bu qonun — talab va taklifning dialektik birligini, ularning o`zaro bog`liqligini, o`zaro 
harakatini va sb'ektiv ravishda muvozanatga intilishini anglatadi. 
Agar bozor muvozanati — ya'ni talab va taklifning miqdoriy va tarkibiy jihatdan bir-
biriga muvofiqligi ta'minlansa — «Talab va taklif qonuni» sezilmaydi. Ammo muvozanat 
buzilsa, uni tiklash bo`yicha qonun vositasi — marketing ishga solinadi. Uz vaqtida talab va 
taklif o`zaro birligi va aloqadorligi haqida talab-taklifni aniqlaydi va aksincha, taklif talabni 
tug`diradi, deb izoh berilgan edi. Shuning uchun ular alohida iqtisodiy kategoriyani — talab va 
taklif munosabatlarini ifodalaydi. Ana shular orqali esa ishlab chiqarish bilan iste'mol orasidagi 
o`zaro munosabatlar namoyon bo`ladi. Demak, bozorda talab va taklif orqali ishlab chiqaruvchi 
bilan iste'molchi yuzma-yuz uchrashadi. Talab va taklif munosabatlarining ijtimoiy ahamiyatiga 
iqtisodchilar ular jamiyatni harakatlantiruvchi kuchlar deb ta'rif berishgandi.
Shu tufayli ham bozor munosabatlarining negizi bo`lgan talab va taklif mutanosibligini 
ta'minlashda marketingning ahamiyati beqiyosdir. Undan tashqari talab va taklif munosabatlari 
juda katta iqtisodiy ahamiyatga ega. Ular muvozanatining bozorda ta'minlanishi — davlat yoki 
region miqyosida mehnatning qanchalik ijtimoiy ishlab chiqarish va noishlabchiqarish sohalariga 
to`g`ri-mutanosib ravishda taqsimlangan. ligini tosh-tarozisi hisoblanadi. Xalq xo`jaligi 
tarmoqlari yoki sohalari orasidagi mutanosiblikning ozgina buzilishi, talab va taklifga qattiq 
ta'sir ko`rsatadi va o`z navbatida, bozor muvozanatining buzilishiga olib keladi. Shu davrda, 
marketing yordamida talab va taklif orasidagi, ya'ni bozor konyunkturasidagi o`zgarishlar tahlil 
qilinib, ularning yana muvozanatga ergashish tadbirlari ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.

Download 1.41 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   89




Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Marketing fani predmeti, vazifalari va ahamiyati

Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish