• Xaridor bozori Marketingni tadqiq qilish Xizmatlar bozori Sarmoyalar bozori Ishlab chiqari vositalari bozori
  •   Reklama  2  Xilma xil reklamalar  tayyorlash  A. Soliev. A Usmonov  «Marketing» 83-88 bet 6




    Download 1.41 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/89
    Sana28.05.2022
    Hajmi1.41 Mb.
    #22207
    TuriУчебник
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   89
    Bog'liq
    Buhoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiyasi instituti buhoro
    1-Mavzu, elektron tijorat, Suv tarqatish tarmog, OBSERVATION TABLE

    Reklama 

    Xilma xil reklamalar 
    tayyorlash 
    A. Soliev. A Usmonov 
    «Marketing» 83-88 bet

    Reklama 
    va 
    savdo 
    sotiqni rag`batlantirish 

    Reklama 
    namunalaridan albom 
    tayyorlash 
    A. Soliev. A Usmonov 
    «Marketing» 83-92 bet

    Bozorni o`rganish va 
    istiqbolini aniqlash 

    Mavzu bo`yicha test 
    savollarini tayyorlash 
    A. Soliev. A Usmonov 
    «Marketing» 91-109 bet

    Marketingni 
    tashkil 
    qilish 

    Korhona 
    marketing 
    hizmati bilan tanishish 
    va referat tayyorlash 
    A. Soliev. A Usmonov 
    «Marketing» 116-125 
    bet
     
     


     


    1
    1
    -
    -
    m
    m
    a
    a
    v
    v
    z
    z
    u
    u
    .
    .
     
     
    M
    M
    A
    A
    R
    R
    K
    K
    E
    E
    T
    T
    I
    I
    N
    N
    G
    G
     
     
    P
    P
    R
    R
    E
    E
    D
    D
    M
    M
    E
    E
    T
    T
    I
    I
     
     
    M
    M
    O
    O
    H
    H
    I
    I
    Y
    Y
    A
    A
    T
    T
    I
    I
     
     
    Marketing 
    Demografik omillar 
    Marketing elementlari 
    Iste'mol tovarlari bozori 
    Korxona faoliyati 
    Sotuvchi bozori
    Marketolog faoliyati 
    Xaridor bozori 
    Marketingni tadqiq qilish 
    Xizmatlar bozori
    Sarmoyalar bozori 
    Ishlab chiqari vositalari bozori
    1.1. Marketing haqida tushuncha. 
    Marketing tovarlarni ishlab chiqarish, xaridorlarga kerakli vaqt, miqdor va sifatda, 
    shuningdek, yuqori samara hamda foyda evaziga sotishni tashkil etish, boshqarish maqsadida 
    vujudga keldi va xizmat qilmoqda. Iqtisodchi olimlarning hisob-kitoblari shuni ko`rsatadiki, 
    marketing xizmatlari uchun sarflanadigan har bir dollar o`z egasiga 10 dollar sof foyda keltirar 
    ekan. Marketing ingilizcha «market» — bozor so`zidan olingan bo`lib, o`zining shakllanishi va 
    rivojlanishida uzoq va murakkab davrni bosib o`tdi. Marketing elementlari hozirgi respublikamiz 
    hududida qadim-qadimlardan ma'lum bo`lib, u ayniq'sa, eramizdan oldingi II asrdan eramizning 
    XVI asrigacha Buyuk Ipak yo`li nomi bilan mashhur karvon yo`li o`tgan mamlakatlarda keng 
    qo`llanilgan. Bunda karvonsaroylar katta xizmat ko`rsatgan. Ularda har xil mamlakatlardan 
    kelgan siyosatchi, tadbirkor, savdogar, vositachilar uchrashar va har xil iqtisodiy masalalarni
    ishlab chiqariladigan tovarlarning assortimenti, sifat ko`rsatkichlari, o`lchov birligi, ularga 
    bo`lgan talab va taklif, baholar, soliqlar, xizmatlar va h. k. lar haqida axborotlar yig`ilar, tahlil 
    qilinar, o`rtoqlashilar kelishilar, shartnomalar tuzilar va amalga oshirilar edi. 
    Umuman, marketingning paydo bo`lish va shakllanishi tarixi ham uzoq o`tmishga ega 
    bo`lib, bozorlarning paydo bo`lishidan boshlanadi. Tovar va xizmatlarga bo`lgan talabgorlami, 
    iste'molchilarni, ularning ehtiyojini, tovar va xizmat haqqi to`lay olish qobiliyatlarini aniqlash 
    marketingning paydo bo`lishida asos bo`lib xizmat qilgan. Bular hozirgi kunda ham korxona 
    ochishning ilmiy-texnikaviy asoslaridan, marketingning muhim vazifalaridan hisoblanadi va 
    marketing vositalari, usul va uslubiyatlaridan foydalanib hisob-kitob qilinadi. 
    Keyinchalik korxonalar faoliyat doirasining kengayib borishi, ish hajmining o`sishi, 
    iste'molchilarning ko`payishi korxonalar tarkibida maxsus ixtisoslashgan marketing bo`limlari, 
    guruhlari va boshqarmalarni tashkil etishni taqozo etdi. Hozirgi kunda respublikamiz 
    korxonalarining deyarli hammasida shunday maxsus marketing xizmati, guruh yoki bo`limlari 
    tashkil etilgan. 
    Marketing tushunchasiga kelsak, unga jahon iqtisodchilari hamon aniq ta'rif bera 
    olganlaricha yo`q. Masalan, AQShlik yirik marketolog, professor F. Kotler «Marketing bu 
    ayirboshlash orqali zarurat va ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan inson faoliyatining bir turidir», 
    — deb ta'rif bergan.
    (Ф. Котлер, «Основы маркетинга» М.: «Прогресс», 1991, с. 47). G. 
    Abramshvili, «Marketing bu boshqarish konsepsiyasi bo`lib tashkilotlarning bozorga 
    yo`naltirilgan ishlab chiqarish sotish faoliyatidir», — deydi (Проблемы международного 
    jмаркетинга. М., 1984, с. 3). D. Vasilyev «Marketing hozirgi i zamon kishisining iqtisodiy 
    siyosati», — deb ataydi (Д. Васильев и др. Маркетинг, тенденция и практика. София, 1981, 
    с. 5). Rus akademigi A. N. Romanov boshchiligida oliy o`quv yurtlari uchun tayyorlangan 
    darslikning 3- betida «Marketing firma yoki yirik korporatsiyalarning yuqori foyda olish 
    maqsadidagi bozorni kompleks o`rganish va xaridorlar talabini qondirish uchun tovarni yaratish, 
    ishlab chiqarish, sotish va xizmatlar ko`rsatish bo`yicha barcha tashkiliy tizimidir», — deb 
    yozadi (Маркетинг. Учебник. М.: Банки и биржи КЖТИ, 1996). T.Velasova va Sevruklar 
    «Marketing har qanday ishlab chiqaruvchining ma'lum vaqtdagi ideologiyasi, siyosati va faoliyat 
    ko`rsatish taktikasidir», — deb ta'riflaydilar (Т. Велясова, Севрук. Банковский маркетинг. М.: 
    Дело LTD, 1994, с. 4).
    Shunday qilib, marketingga bag`ishlangan asarlarda hanuzgacha to`liq va aniq ta'rif 
    berilganicha yo`q. Bunda iqtisodchilarning aksariyat qismi nima uchundir korxonalarning asosiy 


    maqsadlaridan biri bo`lmish foyda olish haqida hech narsa demaydilar. Vaholanki, har qanday 
    korxona o`z ishlarini foyda olish bilan yakunlamas ekanlar, ular inqirozga uchraydilar va 
    oqibatda o`z faoliyatlarini to`xtatishga majbur bo`ladilar. Shunday ekan, marketing deganda biz 
    nafaqat zarurat va ehtiyojni qondirishga yo`naltirilgan inson faoliyatining bir turini, balki bu 
    jarayonda va oqibatda A.N.Romanov aytganidek, foyda olishni ham tushunamiz. Bu ta'rif, 
    bizningcha, eng maqbul va hozirgi bozor iqtisodiyotiga ham mos keladi, deb o`ylaymiz. 

    Download 1.41 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   89




    Download 1.41 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



      Reklama  2  Xilma xil reklamalar  tayyorlash  A. Soliev. A Usmonov  «Marketing» 83-88 bet 6

    Download 1.41 Mb.
    Pdf ko'rish