1-rasm. Kompyuterning asosiy qurilmalari
Sistema blok
– kompyuterning yadrosidir. Sistema bloki himoya g‗ilofiga о‗ralgan elektron
sxemalar va qurilmalardan iborat. U keys deb ham ataladi.
2-rasm. Sistema bloki
Kompyuter monitori (monitor) — grafik, matnli ma‘lumotlarni ekranga chiqarib
berish uchun
xizmat qiladigan qurilmadir, ekranga chiqarish monitor displeyi orqali amalga oshiriladi. Raqamli
signallar (0 va 1) videokarta orqali video signallarga aylantirilib, monitor orqali odamlar tushunadigan
ko‗rinishda namoyon bo‗ladi. Bundan ko‗rinib
turibdiki, monitor mashina va odam orasidagi
bog‗lovchidir.
Ma‘lumotlarni ekranga chiqarish bo‗yicha monitor 2 xil ko‗rinishga ega:
Raqam-yozuv, simvollarni ko‗rsatuvchi monitor
. Bu monitor ekranga faqat yozuv yoki
raqamlarni chiqarib beradi, grafikalarni chiqara olmaydi, misol qilib dastlab chiqarilgan monitorlarni,
kalkulyatorlar, peydjerlarni olish mumkin.
Grafik ko‗rinishda ko‗rsatuvchi monitor.
Bu
tur monitorlar raqam, yozuv, simvollardan
tashqari grafikani ham namoyon qila oladi.
Asosan monitorlar, ishlash texnologiyasi bo‗yicha quyidagi turlarga bo‗linadi:
1. Elektr nurli trubka asosida ishlaydigan monitor (CRT,
Electric light tube, ЭЛТ monitor). Bu turdagi
monitor elektrnurli trubkadan chiqayotgan elektronlar asosida ishlaydi, elektronlar lominoform
bilan
qoplangan sloyga ichki tomondan urilib, 3 ta asosiy rang (qizil, yashil, ko‗k RGB) asosida qolgan
ranglarni chiqaradi.