Bu avallambor sun‘iy intellekt masalalarini yechishga muljallangan va eng ko‗p tarqalgan LISP
(LISP) va Prolog (Prolog) tillaridir. Yana kamroq tarqalgan va Rossiyada yaratilgan PEFAL kabi tillar
ham mavjud. Yuqorida keltirilgan tillar an‘anaviy tillarga qaraganda kamroq tarqalgan,
lekin ular
simvolli va mantiqiy ma‘lumotlar bilan ishlashda katta imkoniyatga ega.
Qobiqlar
Qobiqlar deganda (Shells) bor ET larning bo‗shlari, ya‘ni bilimlar bazasiga ega bo‗lmagan
tayyor ET lar tushuniladi. Bunga misol qilib to‗ldirilmagan MYCIN ET ni olishimiz mumkin (Empty
MYCIN). Bunday qobiqlarning afzalligi shundaki, ular tayyor ET lar tuzish uchun dasturchi mehnatini
umuman talab qilmaydi. Faqat predmet sohasi bo‗yicha muttaxassis bilimlar bazasini to‗ldirish uchun
kerak bo‗ladi.
ES lar tuzish texnologiyasi.
ET ni loyihalash va ishlab chiqish jarayonini 6 ta bir-biriga bog‗liq bo‗lmagan bosqichlarga
ajratish mumkin:
1.Jumboq (masalani) tanlash;
2.Prototip (timsolni) ni ishlab chiqish;
3.Sanoat ishlab
chiqarishgacha tayyorlash;
4.Baxo berish;
5.Bog‗lash;
6.Qo‗llash.
Ekspert tizimi tuzish texnologiyasi.
ET tuzishga mos keladigan jumboqni tanlash. U o‗zida quyidagi etaplarga bo‗linadi:
muammoli soha va masalani aniqlashtirish;
ushbu sohani yechishda hamkorlik qiluvchi ekspertni topish;
muammoni yechishda dastlabki yaqinlashishni
aniqlash;
masalani ishlashdagi chiqimlar va qo‗llashdagi daromadni aniqlash;
masalani yechish rejasini mukammal tayyorlash.
Muammoni to‗g‗ri tanlash. ET ni tuzishda eng muhim qadamlardan hisoblanadi. Agar yaxshi,
to‗g‗ri kelmaydigan muammo tanlansa, uni yechishda tezda biror "botkoqqa"
borib taqalishimiz va
uning davomini topolmasligimiz mumkin. Shuningdek mos kelmaydigan ET iqtisodiy jihatdan ham
mos kelmasligi mumkin. Qo‗llash sohasini tanlashda shunga e‘tibor berish kerakki,
agar masalani
yechishda kerak bo‗ladigan bilimlar o‗zgarmas, aniq qo‗yilgan va qayta ishlashda hisoblash bilan
bog‗liq bo‗lsa, muammoni yechishning eng qulay usuli an‘anaviy algoritm va dastur tuzishdir.
Muammoni aniqlashtirish.
Masala aniqlashtiriladi, ET ni qurish yo‗llari rejalashtiriladi,
aniqlashtiriladi;
kerakli resurslar (vaqt, odamlar, EHM va hokazo);
bilimlar manbaalari (kitoblar, qo‗shimcha ekspertlar, usullar);
bor o‗xshash ET lar;
maqsadlar (tajribani kengaytirish (tarqatish), og‗ir qul mehnatini yengillashtirish va hokazo;
masalani yechish sinflari va hokazo.
Muammoni aniqlashtirish bu yana tanishish va ishlab chiqaruvchi kollektivni o‗qitish ham
hisoblanadi. Ushbu ishda ekspert, bilimlar bo‗yicha muhandis, foydalanuvchi ishtirok etadi.
Bilim yaratish.
Bilim yaratish ekspert sistema yaratishdagi juda muhim joylardan biri.
Hozirgi kunda bilim
yaratishning hech qanday avtomatik usullari mavjud emas.
ES ning bilim predmetlari darsliklar, hisobotlar, tajriba kabi ko‗pgina
manbalardan olingan
bo‗lishi mumkin. Bilimning asosiy manbasi maxsus ekspertdir. Bilim injeneri bilimni ekspert bilan
bevosita birgalikda ishlab olishi mumkin.
1. Injener ekspertdan ma‘lumotlar, vazifalar va savollar so‗raydi.
2. Ekspert injeneriga bilim, tushuncha va yechim beradi.