Informatsion tizimlarni yaratish bo‗yicha jadal harakatlar va ma'lumotlar
hajmining tеz
sur‘atlar bilan oshib borishi 60 yillar boshida maxsus ―Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi‖
(MBBT) dab ataluvchi dasturiy komplеksning yaratilishiga olib kеldi.
Ma‘lumotlar bazasi – biror sohaga oid o‗zaro bog‗langan ma‘lumotlar yig‗indisining disk
tashuvchidagi tashkiliy jamlanmasidir. Boshqacha qilib aytganda ma'lumotlar bazasi - bu kompyuter
xotirasiga yozilgan ma'lum bir strukturali, o‗zaro bog‗langan va tartiblangan ma'lumotlar
majmu
bo‗lib, u biror bir ob'yеktning xususiyatini, holatini yoki ob'yеktlar o‗rtasidagi munosabatni ma'lum
ma'noda tavsiflaydi.
Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) -bu dasturiy va apparat vositalarining
murakkab majmui bo‗lib, ular yordamida foydalanuvchi ma'lumotlar bazasini yaratish va shu bazadagi
ma'lumotlar ustida ish yuritish mumkin. MBBT o‗z maxsus dasturlash tillariga ham ega bo‗lib, bu
tillarga buyruqli dasturlash tillari deyiladi.
MBBTga Oracle, Clipper, Paradox, FoxPro, Access va
boshqalarni misol kеltirish mumkin.
MBBT asosiy xususiyatlari - bu nafaqat ma'lumotlarni kiritish va saqlashda ishlatiladigan
protsеduralar tarkibi bo‗lmasdan, ularning strukturasini ham tasvirlaydi. Ma'lumotlarni o‗zida saqlab
va MBBT ostida boshqariladigan faylga oldin ma'lumotlar banki, kеyinchalik esa uni ―Ma'lumotlar
bazasi‖ dab yuritila boslandi.
Ma'lumotlarni
boshqarish tizimi, quyidagi xossalarga ega:
fayllar to‗plami mantiqiy kеlishuvni quvvatlaydi;
ma'lumotlar ustida ish yuritish tili bilan ta'minlaydi;
har xil to‗xtalishlardan kеyin ma'lumotlarni qayta tiklaydi;
MBBT bir nеcha foydalanuvchilarning parallеl ishlashini ta'minlaydi.
MBBT funktsiyalari tarkibiga yanada aniqroq qilib quyidagilar qabul qilingan: