Monitoringni asosiy vazifasi vaqtning real masshtabida ma‘lumotlarni uzluksiz qayta ishlash va
milliy chegaralaridan chiqish haqida ma‘lumot berib turish. Bunda bosh muammo ayrim situastiyalarni
o‗tkazib yuborish va yolg‗ondan yoki noto‗g‗ri signalizastiyaning ishlab ketishi.
Misollar: Elektrostanstiya ishini nazorat qilish SPRINT, atom reaktori dispetcheriga yordam
REACTOR ekspert tizimlari.
Loyihalash.
Loyihalash deganda oldindan aniqlangan xossalariga ega ob‘ektlarni spestifikastiyasini tayyorlashni
tushunamiz. Spestifikastiya deganda
hamma kerakli hujjatlar chizma, tushuntirish yozuvi va
hokazolarni tushunamiz. Bu yerda asosiy muammo ob‘ekt to‗g‗risida aniq struktura bilimiga ega
bo‗lishdir. Effektiv loyihalashni tashkil qilish uchun, nafaqat loyiha yechimlarini, ularni
qabul qilish
motivlarini ham aniq qilish kerak.
Shunday qilib loyihalash masalalarida 2 asosiy jarayon o‗zaro bog‗liq, bular: yechimni
chiqarish jarayoni va tushuntirish jarayoni.
Misollar:
EHM konfigurastiyasini loyihalash VAX 11/780;
katta integral sxemalarni loyihalash CADHELP.
elektrik tarmoqlar sintezi SYN.
Prognozlash.
Prognozlovchi tizimlar berilgan vaziyatlardan mantiqiy natijalar chiqaradi. Prognozlovchi
tizimda odatda berilgan situatsiyaga parametr qiymatlarini moslovchi parametrik dinamik model
qo‗llaniladi. Ushbu modeldan chiqariladigan natija ehtimoli baholar bilan qilingan prognozlar asosida
tashkil qiladi.
Misollar:
robotni o‗zini tutishni rejalash STRIPS;
sanoat
buyurtmalarini rejalash ISIS;
tajribani rejalash MOLGEN;
O‗qitish.
O‗qitish tizimlari EHM yordamida qaysidir bir fanni o‗rganishdagi xatolarni aniqlaydi va
to‗g‗ri yechimlarni taklif qiladi. Ular o‗quvchi bilimidagi kuchsiz joylarni diagnostika qiladi va ularni
yo‗qotishni rejalashtiradi. Bundan tashqari ular o‗quvchining muvaffaqiyatiga qarab uni bilimlarini
o‗tkazib olish uchun muloqotni rejalashi ham mumkin.
Misollar:
LISP dasturlashtirish tiliga o‗qitish tizimi;
Paskal tiliga o‗qitish PROUST tizimi.
Real vaqtga bog‗liq ravishda klassifikastiyalash.
Statik ekspert tizimlar bilimlar bazasi real vaqtda o‗zgarmaydigan predmet sohalarida tuziladi.
Masalan: avtomobildagi xatoliklarni aniqlash va tuzatish.
Kvazidinamik ekspert tizimlar qandaydir fiksirlangan vaqt ichida o‗zgaradigan jarayonlarda tuziladi.
Masalan,
mikrobiologik ekspert tizimlar, har 45 soatda olinadigan texnologik jarayon o‗lchovlari.
Dinamik ekspert tizimlar ketma-ket keladigan ma‘lumotlarni qabul qilib xulosalash uchun datchiklar
qo‗yilgan ob‘ektlarda tuziladi.
Masalan: reanimastion palatadagi o‗lchashlarni diagnostikasi.
EHM tili bo‗yicha klassifikastiya.
Hozirgi kunda quyidagi tizimlar mavjud:
super EHM larda strategik muhim masalalar uchun ekspert tizimlar;
o‗rta darajadagi EHM larda ET lar;
simvolli prostessorlarda va ishchi stanstiyalarida ET lar;
mini
va supermini EHM larda ET lar;
shaxsiy kompyuterdagi ET lar.