Bundan tashqari ikkala ko`rinishda tasvirlab bo`lmaydigan ma‘lumotlarni quyidagicha ko`rinishda
tasvirlash mumkin:
Nazorat savollari
1.
Ma‘lumotlar bazasi haqida ma‘lumot bering?
2.
Tashqi xotirada bеvosita ma'lumotlarni boshqarish haqida tushuncha bering?
3.
Tranzaktsiya bilan boshqarish haqida tushuncha bering?
4.
MBBT arxitеkturasi haqida tushuncha bering?
5.
Iyerarxik tizimlar haqida tushuncha bering?
6.
Ma‘lumotlarning iyerarxik strukturasi haqida tushuncha bering?
7.
Ma‘lumotlar ustida ish yuritish haqida tushuncha bering?
Laboratoriya mashg‗uloti №7
Mavzu: Bilimlar ombori bilan ishlash
Reja:
1. Bilimlar ombori bilan ishlash
Bilimlar ombori.
Biror sohada oldindan belgilangan shart-sharoitlarga javob bera oladigan ma‘lumotlar omborini
yaratish va undan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bilimlar omborini shakllantirish turli uslublar orqali amalga oshirilishi mumkin.
Bunda
muammolarning aksariyati bilimlar omborining umumiy tuzilishi va uni tashqil etuvchi elementlarning
o‗zaro bog‗lanish usuliga taalukli bo‗ladi. Umumiy xolda bilimlar omborini yaratish dasturlar
tizimini yaratishga o`xshash bo‗ladi.
Bilimlar ombori jamiyatning ajralmas qismi bo‗lib, uning o`tmishi,
bugungi kuni va kelajagi
haqidagi bilimlarni o‗zida mujassamlashtiradi.
Bilimlar omborida jamlanadigan ma‘lumotlar matn, belgi, raqam, jadval, grafik, rasm va
boshqa
ko‗rinishlarda
bo‗lishi
mumkin.
Ma‘lumotlar bilimlar omborining berilgan qismlariga joylashtiriladi va bu qismlar sektorlar deb
ataladi.
Har bir sektorda ma‘lum qoidalarga ko‗ra ishlatiladigan bilim (ma‘lumot)lar bo‗laklari
joylashadi. Har bir sektordagi ma‘lumotlardan yakka holda foydalanish, ya‘ni sektorlarni boshqarishni
avtonom
holda
olib
borish
mumkin.
Sektorlarni quyidagicha taqsimlash mumkin: A—matnli
axborotlar, V—grafikli axborotlar, S—
jadvallar, D—diagrammalar.
Ishchi dasturning asosiy vazifasi foydalanuvchining bergan savoliga xotiradagi ma‘lumotlar
asosida javob topishdan iborat. Bu dasturning ishlashini quyidagi misol orqali tushuntirish mumkin:
1.
Dastlab mavzu tanlanadi, masalan, «Inson tanasida qon aylanish tizimi».
2. Tanlangan mavzuda foydalanuvchini qiziktiradigan aniq savol hosil qilinadi (uni kompyuter
tugmachalari orqali kiritish mumkin). Masalan, «Inson tanasida qon aylanish tizimining vazifasi
nimadan iborat?»
3. Belgilangan buyruq kiritiladi.
4. So`ralgan axborot natijasi ekranda hosil qilinadi yoki bosmaga chiqariladi.
5. «Qon aylanish tizimi»ni tushuntiruvchi rasmni ekranda hosil qilish so`raladi.