Ikkilik tizimni o‗rganish uchun, o‗n oltilik sanoq tizimi taklif qilingan edi. Nima uchun? o‗n
ikkilik yoki to‗qqizlik emas, aynan o‗n oltilik ekanligini biz keyinroq aniqlaymiz, hozir esa
o‗n oltilik
sanoq tizimiga
ta‘rif beramiz.
Bu tizimning alifbosi o‗n oltita tartiblangan raqamdan tashkil topgan. Birinchi raqam – 0 raqam
– hech narsani anglatmaydi. Keyingi «1» raqami esa o‗n oltilik sanoq tizimining (ixtiyoriy
sanoq
tizimining) minimal ma‘noli raqami. Undan keyin quyidagi tenglik 1 + 1 = 2 o‗rinli bo‗lgan 2 raqami
keladi. Keyingi «3» raqami, «2» raqamiga «1» raqamini qo‗shganda chiqadigan sonli qiymatni
aniqlaydi (3 = 2 + 1).
Bu axir o‗nli sanoq tizimi-ku!
Ikki tizimda ham, «9» raqamigacha raqamlarning yozilishi, va
shuningdek qiymati bo‗yicha ham ustma-ust tushadi.
O‗n oltilik sanoq tizimida
birinchi razryadda birlikni, va nolinchi razryadda nolni o‗z ichiga
oluvchi birinchi
ikki xonali minimal sonni, ya‘ni «o‗nlik» ning ro‗lini o‗nli sanoq tizimida, 16 soni
bilan belgilanadigan
arifmetik qiymat bajaradi
10
16
= 16
10
O‗n oltilik sanoq tizimining raqamlarini hali oxirigacha tahlil qila olganimiz yo‗q. O‗nli sanoq
tizimidan olingan 0 dan 9 gacha bo‗lgan sonlar, o‗n oltilik sanoq tizimining birinchi o‗nta raqamini
bildiradi. O‗ndan o‗n beshgacha bo‗lgan qiymatlarni belgilash uchun yana oltita raqam kiritish zarur.
Hozirgi vaqtda foydalanilayotgan sanoq sistemalari pozitsion bo‗lganligi uchun,
ixtiyoriy
raqamni belgilash uchun faqat bitta pozisiya ajratiladi. Demak, bir qiymatli (bir pozisiyali) belgi
kiritilishi kerak.
Xalqaro kelishuv bo‗yicha, to‗qqizdan katta bo‗lgan sonlarni alifbodagi ketma-ketligi bo‗iycha,
lotin alifbosining birinchi harflari bilan belgilanadi (10 = A, 11 = B, 12 = C). Odatda,
bosh harflar
yoziladi, ba‘zi hollarda ingliz tilidan ruschaga ko‗chirilgan adabiyotlarda kichik harflar bilan ham
belgilash uchrab turadi. O‗n oltilik sanoq tizimining barcha raqamlari jadvalini keltiramiz.