Mavzu: Axborot, uning turlari, xususiyatlari va o„lchov birliklari




Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/193
Sana13.05.2024
Hajmi3,81 Mb.
#230005
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   193
Bog'liq
Majmua IVRT 1-SEMestr 123
Ann, majmuaIvaRT2-semestr, I va RT FAN DASTURI АЛИШЕВ Ш Xonimqulov U.S, Iroda BMI, Gulchexra BMI, LABARATORIYA MASHG, 3 Amaliy mashg‘ulot CSS qoʻllagan holda Veb sahifa yaratish, 6-amaliy mashgulot, 1-Amaliy mashg‘ulot. HTML tilida matn, ro‘yhat, jadval va forma elementlari bilan ishlash., 1-Laboratoriya. HTML sahifaga CSS o‘rnatish. Sahifa foni va ranglar bilan ishlash. Bloklar uchun turli dizayn elementlarini o‘rnatish., Darslik 01.05.2023
Mavzu: Axborot, uning turlari, xususiyatlari va o„lchov birliklari. 
Reja: 
1.
Axborot va ma‘lumot tushunchalari. 
2.
Axborotlarni taqdim etish shakllari: uzluksiz va diskret axborotlar. Axborotli jarayonlar.
3.
Axborotlarning xususiyatlari. Axborotning sintaktik, semantik, pragmatik o‗lchovlari. 
4.
Axborotning o‗lchov birliklari.
«Informatsiya» so‗zi turli tillarda ishlatilib, ma‘nosi turlicha talqin qilinsa ham, ularning
asosida lotincha informatio so‗zi yotadi. U «tushuntirish», «tavsiflash», «xabar olish» degan
ma‘nolarni anglatadi. O‗zbek tilida informatsiya so‗zi axborot deb tushuniladi. 
Informatika fani ham boshqa fanlar qatorida olamni bilish uchun xizmat qiladi. Olamdagi har 
bir jonli va jonsiz mavjudod makonda va vaqtda o‗zgarib turadigan modda va quvvat ko‗rinishida 
namoyon bo‗ladi. Modda va quvvat dunyoning ikki muxim mazmuni, uning ikki muxim tarkibiy 
qismidir. Lekin borliqni mavjud bo‗lishi va uni bilishning yana bir muxim va zarur mazmuni bor, bu 
ham bo‗lsa axborotdir. 
IX–X asrlarda Forobiy taxallusi bilan yashab ijod etgan yurtdoshimiz Abu Nasr
Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug‗ Tarxon bilish jarayoni ikki bosqich – aqliy bilish va
hissiy bilishdan iborat bo‗lib, ular o‗zaro bog‗liq va biri boshqasisiz vujudga kelmasligini
alohida ta‘kidlaydi. Bilishning mazkur bosqichlari axborotsiz shakllanmaydi va demak, axborot
bilishning asosini tashkil etuvchi element hisoblanadi. 
Ma‘lumki, axborot turli sohalarda turlicha tushunib kelinadi. Masalan, dehqon uchun
axborot – yerning ozuqa bilan to‗yinganligi yoki yetishtirilgan mahsulotning bozordagi narxi,
muhandislar uchun – texnika va texnologiyalar; o‗quvchi uchun fanlardan olayotgan
ma‘lumotlaridir. Ya‘ni, turli soha xodimlari o‗z sohalari bilan bog‗liq ma‘lumotlarni axborot 
sifatida qabul qiladilar. Demak, inson doimo axborot bilan ish ko‗rib kelgan. 
Axborot nazariyasi asoschilaridan biri amerikalik Klod Shenon axborotni narsa haqidagi
bilimlarimizdagi noaniqlikni bartaraf etilishi kabi e‘tirof etadi. Kibernetika fanining asoschisi
Norbert Viner axborotni bizni va sezgilarimizni tashqi olamga mos lashuvimizdagi mazmunni 
ifodalash, deb qaraydi. 
Axborotga olimlar tomonidan yuqoridagi kabi ta‘rif berishga urinishlar ko‗p bo‗lgan.
Lekin axborot tushunchasiga har tomonlama ilmiy asoslangan ta‘rif berish mumkin emas.
Chunki axborot informatikaning asos tushunchasi bo‗lib, u juda ko‗p ma‘noni o‗z ichiga oladi.
Ba‘zan axborot sifatida unga sinonim bo‗lgan ma‘lumot yoki berilganlar so‗zlari ham
tushuniladi. 
Axborot
deganda biz barcha sezgi a‘zolarimiz orqali borliqning ongimizdagi aksi
yoki ta‘sirini, bog‗liqlik darajasini tushunamiz.


Sizga ma‘lumki, inson qo‗li orqali jismning qattiq va tekisligini, tili orqali oziq ta‘mini,
burun orqali turli hidlarni biladi, qulog‗i orqali har xil tovushlarni eshitadi, ko‗zi orqali turli
shakl, rang yoki manzaralarni ko‗radi, ya‘ni sezgi a‘zolari orqali turli axborotlar oladi. Ya‘ni
inson axborotni hayotdan har xil ko‗rinish yoki shakllarda oladi: rasm, chizma, fotosurat, yozuv;
nur yoki tovush; har xil to‗lqinlar; elektr va nerv impulslari; magnit yozuvlari; mimika; hid va
ta‘m; organizmlarning sifat va xususiyatlarini saqlovchi xromosomalar va hokazo. 
Demak, axborot borliqdagi narsa yoki jarayonlar holati, xossasi va boshqa xususiyatlari
haqidagi ma‘lumotlarning turli vositalar va sezgi a‘zolarimiz orqali bizga yetib kelishi va
ongimizga ta‘siri hamda bu ma‘lumotlarning ongimizda boshqa ma‘lumotlar bilan bog‗lanishi
ekan. Inson o‗zi ham borliqning bir qismi bo‗lgani uchun, o‗zi haqida ham (og‗riq, qizish,
charchash va hokazo) ma‘lumot oladi. Umuman olganda, hozirgacha olgan barcha
ma‘lumotlaringiz axborot bo‗lib, ular o‗zaro bog‗langach, bilimni tashkil etar ekan. 
Ta‘kidlash joizki, xabar axborotning moddiy shakli bo‗lib xizmat qiladi, axborot esa
inson tomonidan shu xabar asosida hosil qilinadigan nomoddiy mazmundir. Masalan, biror shakl
yoki tovush xabarga misol bo‗lsa, bu xabar ikki insonda ikki xil mazmundagi axborotni hosil
qilishi mumkin. 

Download 3,81 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   193




Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Axborot, uning turlari, xususiyatlari va o„lchov birliklari

Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish