|
Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta‘limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti fizika – matematika fakultetiBog'liq Majmua IVRT 1-SEMestr 1233.Uzluksiz va diskret axborotlar.
Axborotlarni qayta ishlash bir axborot obyekti ustida zarur amallarni bajarib, boshqa
axborot obyektini hosil qilishdir. Axborotni qayta ishlashning ikki turini ajratish mumkin:
1) mazmunini o‗zgartirish, ya‘ni yangi axborot olish maqsadida axborotni qayta ishlash;
2) mazmunini o‗zgartirmagan holda axborotni uning ko‗rinishini o‗zgartirish maqsadida qayta
ishlash.
Kitob o‗qiganda, televizor ko‗rganda yoki suhbatlashganda biz doimo axborot qabul
qilamiz va uni o‗zimizga kerakli ko‗rinishga o‗tkazish maqsadida qayta ishlaymiz.
Inson uchun axborot to‗plashda uning barcha sezgi a‘zolari ishtirok etsa, uzoq
masofadagi axborotlarni to‗plash uchun bu yetarli emas, buning uchun maxsus texnik vositalar
talab qilinadi.
Axborotlarni qayta ishlash vositalari – bu inson tomonidan ishlab chiqarilgan turli
qurilmalardir. Ular ichida axborotni qayta ishlashning eng asosiy va samaradori kompyuterdir.
Har qanday axborot uzatish jarayonini quyidagi chizma orqali tasvirlash mumkin:
Bu jarayondagi axborot manbayiga misol sifatida borliqni, qabul qilish vositasiga esa
insonni olish mumkin. Axborot manbayi bo‗lib borliqdagi ob-havo harorati bo‗lsa, aloqa vositasi
sifatida badandagi sezgi retseptorlari va nerv kanallari xizmat qiladi va nihoyat, axborotni qabul
qilish vositasini esa inson ongi tashkil etadi. Ma‘lumki, ob-havo harorati insonga
uzluksiz
ta‘sir etib turadi. Shuningdek, inson ongiga atrofdagi buyumlarning nur yordamida ko‗z
retseptorlari va nerv kanallari orqali; atrofdagi tovushning havo yordamida quloq retseptorlari va
nerv kanallari orqali ta‘sirini ifodalash mumkin. Axborot manbayi sifatida faqat barabanning
tovushi qaraladigan bo‗lsa, u holda quloq retseptorlari va nerv kanallari orqali inson ongiga
uzlukli
(ya‘ni, uzilishga ega) axborot yetib keladi.
Demak, inson borliqning bir qismi bo‗lgani uchun doimo uning ta‘sirini sezib turadi. Biz
bu ta‘sirni turli signal (tovush, yorug‗lik, elektromagnit, nerv va hokazo)lar ko‗rinishida qabul
qilamiz. Insonga
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta‘limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti fizika – matematika fakulteti
|