• Computer science », ya‘ni « kompyuter ilmi » deb ataladi. Informatika
  • Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta‘limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti fizika – matematika fakulteti




    Download 3,81 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/193
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,81 Mb.
    #230005
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   193
    Bog'liq
    Majmua IVRT 1-SEMestr 123
    Ann, majmuaIvaRT2-semestr, I va RT FAN DASTURI АЛИШЕВ Ш Xonimqulov U.S, Iroda BMI, Gulchexra BMI, LABARATORIYA MASHG, 3 Amaliy mashg‘ulot CSS qoʻllagan holda Veb sahifa yaratish, 6-amaliy mashgulot, 1-Amaliy mashg‘ulot. HTML tilida matn, ro‘yhat, jadval va forma elementlari bilan ishlash., 1-Laboratoriya. HTML sahifaga CSS o‘rnatish. Sahifa foni va ranglar bilan ishlash. Bloklar uchun turli dizayn elementlarini o‘rnatish., Darslik 01.05.2023
    Informatika 
    atamasi fransuzcha 
    informatique 
    (information – axborot va automatique – avtomatika) so‗zi negizida hosil
    bo‗lgan. Uning mazmuni «axborot bilan avtomatik ishlash» deb tushuniladi. Bu atamaning
    inglizcha varianti ham mavjud bo‗lib, u «
    Computer science
    », ya‘ni «
    kompyuter ilmi
    » deb
    ataladi. 
    Informatika
    kompyuter texnikasini qo‗llashga asosla n-gan bo‗lib, inson faoliyatining
    turli sohalarida axborotlarni izlash, to‗plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish
    masalalari bilan shug‗ullanuvchi fandir.
    1978 yili Halqaro ilmiy kongress tomonidan "Informatika" tushinchasi ostida
    ma‘lumotlarni qayta ishlash tizimlari (komp'yuterlar va ularning texnik-dasturiy ta‘minoti) ni 
    ishlab chiqish, yaratish, foydalanish va moddiy-texnik xizmat ko‗rsatish, shu bilan birga inson
    faoliyatining barcha sohalarini komp'yuterlashtirishning tashkiliy, tijoriy, adminstrativ va sotsial-
    siyosiy aspektlari kabilarni tushinish kerakligi rasman e‘lon qilindi. 
    Umumiy qilib aytganda ―Informatika‖ fani - bu:

    ma‘lumotlarni qayta ishlashning texnik qurilmalarini;

    ma‘lumotlarni hosil qilish, saqlash, qidirish, qayta ishlash, uzatish va undan foydalanishning 
    usul va uslublarini;

    ma‘lumotlarni bir formadan boshqa formaga o‗tkazish usul va uslublarini;



    ma‘lumotlarni strukturasini va hossalarini o‗rganuvchi va ularni tizimlashtiruvchi 
    komplekslashgan ilmiy-texnik fan hisoblanadi. 
    Shunday qilib, ―Informatika‖ – bu fan sifatida o‗zining rivojlanish yo‗lida
    komp'yuter texnikasiga tayanuvchi, qo‗llanish sohasi juda keng bo‗lgan ilmiy- 
    texnik fan qisoblanadi.
    Informatika fanining predmeti bo‗lib quyidagilar xizmat qiladi:

    hisoblash texnikasi vositalarining apparat ta‘minoti;

    hisoblash tehnikasi vositalarining dasturiy ta‘minoti;

    apparat va dasturiy ta‘minotni o‗zaro ta‘sir ko‗rsatish vositasi;

    insonni bilan apparat va dasturiy ta‘minotni o‗zaro ta‘sir ko‗rsatish vositasi.
    Informatika fanida o‗zaro ta‘sir ko‗rsatish vositasini ―interfeys‖ deb atalish qabul qilingan. 
    SHunga ko‗ra komp'yuterning turli texnik qismlari orasidagi o‗zaro ta‘sirlashuvni amalga oshiruvchi 
    vosita - apparat interfeysi, dasturlar orasidagi ta‘sirlashuvni amalga oshiruvchi vosita esa - dasturiy 
    interfeys, foydalanuvchi bilan apparat va dasturiy ta‘minot orasidagi ta‘sirlashish vositasi - 
    foydalanuvchi interfeysi deyiladi.
    Informatika fanining asosiy masalasi - bu hisoblash texnikasining apparat va dasturiy ta‘minoti
    bilan ishlashni usul va uslublarini tizimlashtirishdan iborat. Tizimlashtirishdan asosiy maqsad
    shundaki, berilganlar bilan ishlashning eng samarali texnologiyalarini ajratish, qo‗llash va ularni 
    rivojlantirish, hamda yangi ilmiy texnologik izlanishlar olib borishning usullarini yaratishdir. 
    Informatika – ilmiy-texnik fan bo‗lishi bilan birga, amaliy fan hamdir. Shuning uchun uning 
    yutuqlari avval amalda tekshirib ko‗riladi. Agar tekshiruvda samaradorlikni oshirish kriteriysiga javob 
    bersa amaliyotga tadbiq etiladi. Hozirgi davrda informatikaning asosiy masalasi tarkibiga quyidagi 
    masalalar kiritilgan:
    1. Hisoblash tizimlarining arxitekturasi - bunda berilganlarni avtomatik tarzda qayta ishlovchi 
    tizimlar yaratishning usul va uslublari.
    2. Hisoblash tizimlarining interfeysi - bunda apparat va dasturiy ta‘minotni boshqarishning 
    usul va uslublarini yaratish masalalari qaraladi;
    3. Dasturlash - bunda har xil masalalarni echishga qaratilagn amaliy dasturlar ishlab chiqarish 
    masalalari qaraladi;
    4. Berilganlarni qayta ifodalash - bunda berilganlarni strukturasini o‗zgartirish va 
    moslashtirish masalalari qaraladi;
    5. Ma‘lumotlarni qimoyalash - bunda berilganlarni har xil ichki va tashqi ta‘sirlardan 
    himoyalashning usul va uslublari ishlab chiqish va ularni umumlashtirish masalalari qaraladi.
    6. Avtomatlashtirish - bunda dasturiy va apparat qismlarni o‗zaro ta‘sirlashuvini inson 
    ishtirokisiz amalga oshirish masalalari qaraladi.
    7. Standartlashtirish - bunda berilganlarni qar xil hisoblash texnikalarining dasturiy va 
    apparat ta‘minotiga mosliklarini yaratish masalalari qaraladi.
    Jamiyat rivojida informatika fanining o‗rni aloqida muqimdir. U bilan ma‘lumotlarni
    to‗plash, uzatish va qayta ishlash revolyutsiyasining boshlanishi bog‗langan. Bu revolyutsiya 
    ortidan esa modda va energiya egallash revolyutsiyasi amalga oshirildi. Bu o‗z navbatida jamityat
    moddiy va manaviy ne‘matlarini yaratishda katta imkoniyatlarni ochib berdi.
    Komp'yuter texnikasi ishlab chiqishning o‗sishi, informatsion tarmoqlarning rivojlanishi va 
    yangi axborot texnologiyalarining yaratilishi fan, ishlab chiqarish, ta‘lim, meditsina va boshqa shunga 
    o‗xshash bir qancha sohalarning rivojlanishida birlamchi omil bo‗lib hizmat qildi va qilmoqda. 
    Nazorat savollari:
    1. Informatika atamasini izoxlang.
    2. Informatika fani qanday fan?
    3. Informatika fanining o‗tmishdoshi qanday atalgan? 
    4. Informatika faniga asos solinishi haqida so‗zlab bering. 
    5. Informatika fanining predmeti bo‗lib nimalar xizmat qiladi?
    6. Informatika fanining asosiy masalalarini aytib bering.
    7. Informatika fanining asosiy yo‗nalaishlarini aytib bering.


    8. Informatika fanining qanday tarmoqlarini bilasiz?
    Ma‘ruza №2 

    Download 3,81 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   193




    Download 3,81 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta‘limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti fizika – matematika fakulteti

    Download 3,81 Mb.
    Pdf ko'rish