• Mavzu: Informatika va raqamli texnologiyalar fanining asosiy rivojlanish yo„nalishlari. Reja
  • OʻQUV ADABIYOTLARI, DARSLIK VA OʻQUV QO‗LLANMALARОшибка! Закладка не




    Download 3,81 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/193
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,81 Mb.
    #230005
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   193
    Bog'liq
    Majmua IVRT 1-SEMestr 123
    Ann, majmuaIvaRT2-semestr, I va RT FAN DASTURI АЛИШЕВ Ш Xonimqulov U.S, Iroda BMI, Gulchexra BMI, LABARATORIYA MASHG, 3 Amaliy mashg‘ulot CSS qoʻllagan holda Veb sahifa yaratish, 6-amaliy mashgulot, 1-Amaliy mashg‘ulot. HTML tilida matn, ro‘yhat, jadval va forma elementlari bilan ishlash., 1-Laboratoriya. HTML sahifaga CSS o‘rnatish. Sahifa foni va ranglar bilan ishlash. Bloklar uchun turli dizayn elementlarini o‘rnatish., Darslik 01.05.2023
    OʻQUV ADABIYOTLARI, DARSLIK VA OʻQUV QO‗LLANMALARОшибка! Закладка не 
    определена.
     
     


     
     
    ―INFORMATIKA VA RAQAMLI 
    TEXNOLOGIYALAR‖ 
     


    Ma‘ruza №1 
    Mavzu: Informatika va raqamli texnologiyalar fanining asosiy rivojlanish yo„nalishlari. 
     
    Reja: 
    1.
    Informatika fanining maqsadi , obyekti va predmeti. 
    2.
    Informatikaning fan sifatida shakllanish tarixi. 
    3.
    Informatika fanining asosiy rivojlanish yo‗nalishlari. 
    4.
    Zamonaviy informatika tuzilmasi.
    XXI asrga kelib axborotning tarqalish tezligi va xajmi chegaralab bo‗lmas darajada oshib
    ketdi. Shuningdek inson mehnatining ko‗proq qismi moddiy ne‘matlar ishlab chiqishga emas, 
    balki axborotni qayta ishlashga qaratildi. Axborot qiymati foydali qazilmalar va boshqa moddiy 
    ne‘matlar qiymatidan oshib, jamiyat industrial jamiyatdan axborotlashgan jamiyatga o‗ta boshladi.
    Hozirda jamiyatning barcha sohalarida axborot - zaruriy va qimmat baho hom-ashyo sifatida
    ishlatilmoqda. Axborotlarni qayta ishlash texnika va texnologiyalarini yaratuvchi fan – 
    ―Informatika‖ fani vujudga keldi.
    ―Informatika‖ so‗zi elektron hisoblash mashinalari yordamida axborotni qayta ishlash bilan 
    shug‗ullanuvchi sohani ifodalovchi atama sifatida yuzaga keldi. "Informatika" ("Informatique") 
    atamasi frantsuzcha "Information" (informatsiya) va "Automatique" (avtomatika) so‗zlaridan kelib 
    chiqqan bo‗lib, fanga 20 asrning 60 yillarida Frantsiyada kiritilgan. O‗sha inglizcha so‗zlashuvchi
    davlatlarda ―Computer Science‖ atamasi ishlatilgan edi. Hozirda bu ikki atama bir biriga 
    sinonim tarzda ishlatiladi.
     
    Informatika faniga kirish. 
    Insoniyat o‗zining rivojlanishi tarixi mobaynida modda quvvat va axborotlarni o‗zlashtirib 
    kelgan. Bu rivojlanishning butun bir davrlari shu bochqichning ilg‗or texnologiyasi nomi bilan atalgan. 
    Masalan: ―tosh asr‖– mexnat quroli yasash uchun toshga ishlov berish texnologiyasini egallash 
    bochqichi, ―kitob chop etish asri‖ – axborotni tarkatishni yangi usulini uzlashchtirish bochqichi, 
    ―elektr asri‖– quvvatning yangi turlarini o‗zlashtirish bochqichi shular jumlasidandir. Bundan 20-30 
    yillar ilgari ―atom asri‖ boshlandi deyilgan bo‗lsa, xozirgi kunda ―EHM asri‖ deb aytiladi. 
    Biz yangi ―Informatika‖ fanining o‗rgana boshlaymiz. 
    ―Informatika fanining kelib chiqishi, uning uch tarkibiy qismi algoritm, dastur va Hisoblash 
    vositalarini paydo bo‗lishi va rivojlanishi bilan bog‗liq. Kishilik jamiyatida Hisoblash ishlari (podadagi 
    mollar soni, ov natijasi, er o‗lchash va xk.) boshlangan davrdayok qo‗shish, ayirish kabi arifmetik 
    amallardan, keyinchalik esa ko‗paytirish va bo‗lishdan foydalanganlar. Bu amallar usha davrga 
    taalukli bo‗lgan algoritmlar asosida bajarilgan. 
    Hisoblash ishlari uchun zarur bo‗lgan axborot xajmini oshishi, qo‗lning barmoqlaridan farqli 
    o‗laroq yangi turdagi Hisoblash vositalarini yaratilishiga sabab bo‗ladi. X1X asr oxiri, XX asr 
    boshlarida fanlarning yangi yo‗nalishlari va yangi fanlar paydo bo‗lishi ishlov berish uchun zurur 
    bo‗lgan axborot xajmini keskin oshib ketishiga olib keladi. XX asr o‗rtalarida yaratilgan axborotlarni 
    avtomatik ishlov qurilmasi- elektron Hisoblash mashinalari (EHM) lar katta xajmdagi axborotlarni 
    saqlab turish va katta tezlikda ishlov berish imkoniyatlarini tug‗diradi. 


    Buning natijasida esa murakkab ilmiy-texnik masalalrni (atom energetikasi, kosmosni 
    o‗zlashtirish, ob-havoni bashorati, ishlab chiqarishni avtomatlashtirilgan boshqarish, avtomatlashtirish 
    loyixalash va xk.) yechish ularni taxlil qilish mumkin bo‗lib koldi. Demak qo‗yilgan masalani to‗g‗ri 
    yechib olish uchun zarur bilim va maxorat (algoritm va usul), EHM tushinadigan dastur va EHMning 
    uzi bir butuning uch qismi, biz o‗rganishimiz kerak fannining tarkibidir. 
    Informatika axborotlarni EHM yordamida tasvirlash, saqlab turish, uzatish va ishlov berish 
    usullarini o‗rganadigan fandir. 
    EHMlarni ishlab chiqish va undan foydalanish soxasida katta yutuqlarga erishilgan olim 
    V.M.Glushkov ta‘biri bilan aytsak: Yangi asr boshida texnik jixatdan rivojlangan mamlakatlarda 
    aksariyat axborot EHM xotirasida joylashgan bo‗ladi. XXI asr boshlarida ana shu axborotlardan 
    foydalanishni bilmagan kishi, XX asr boshida o‗qish va yozishni bilmagan odamga o‗xshab qoladi. 
    Bundan kelib chiqqan xolda ―Informatika‖ fanini o‗rganish ikkinchi savodxonlik bilan tengdir.
    Tarixdan ma‘lumki, axborotlarni izlash, to‗plash, saqlash, qayta ishlash va undan
    foydalanish masalalari bilan insonlar kompyuterlar davrigacha ham shug‗ullanishgan va bu
    ishlarni hozirgi kunda «xujjat yuritish» (dokumentalistika) deb atashmoqda. 
    XX asr o‗rtasiga kelib mehnatga layoqatli aholining anchagina qismi o‗z ish faoliyatini
    axborotni qayta ishlash sohasida yurita boshladi. Shunga qaramasdan, odamlar katta hajmdagi
    axborotni qayta ishlash uchungina emas, balki axborot ummonida faqat kerakli axborotni izlab
    topish uchun ham sezilarli kuch-quvvat sarf-lashga majbur edilar. Bu holat o‗z vaqtida
    «axborot portlashi» deb nom ham olgan. O‗tgan asrdayoq boshlangan aholi ish faoliyatini
    moddiy boyliklar ishlab chiqarish sohasidan axborotni qayta ishlash sohasiga o‗tkazish
    tendensiyasi hozirgi kunda ham rivojlanib bormoqda. 
    Bu davrga kelib xuddi avvaldan buyurtma qilingani kabi, dasturiy boshqaruvli hisoblash
    mashinalari ishlab chiqarish uchun ilmiy va texnik sharoitlar yuzaga kelgan edi. Ishlab
    chiqarilgan elektron hisoblash qurilmalari axborotni «qog‗ozsiz» texnologiya asosida izlash,
    to‗plash, saqlash, qayta ishlash va uzatish imkonini bera boshladi. Buning negizida XX asrning
    50-yillarida yangi fan – informatikaga asos solindi.

    Download 3,81 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   193




    Download 3,81 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    OʻQUV ADABIYOTLARI, DARSLIK VA OʻQUV QO‗LLANMALARОшибка! Закладка не

    Download 3,81 Mb.
    Pdf ko'rish