Axborotlarni raqamlar orqali ifodalash. Axborotning miqdori
Axborotni mA‗lum qoida,
qonun va belgilar asosida qayta ifodalash kodlash deb ataladi. Qadimda kodlash maxfiy yozuv uchun
foydalanilgan.
Rim imperatori
Yuliy Sezar begonalar davlat ahamiyatiga ega taalluqli mA‗lumotlarni o‗qiy olmasliklari uchun
shartli belgilardan foydalangan. Uning shartli belgisi bo‗yicha alifbo aniq sondagi harfga o‗ngga yoki
chapga surilar edi.
Masalan, biri o‗zgarmagan, ikkinchisi bir harfga chapga surilgan ikki qator o‗zbekcha harflarni
yozaylik:
ABVGDEYOJZIYKLMNOPRSTUFXSCHSH‘EYUYAUKGXBGDEYOJZI
YKLMNOPRSTUFXSCHSH‘EYUYAO‗QG‗H
U holda bunday usul bilan "PAXTA" so‗zi "RBSUB" ko‗rinishda maxfiylashtirilishi mumkin.
Huddi shunga o‗xshash kodlashning boshqa usulini ko‗rish mumkin. Masalan, alifbo harflarni mos
raqamlarga mos qo‗yib kodlash mumkin: "a" harfini 1,"b" harfini 2 ,"v" harfini 3 va h.k. Shu kabi
davom etib, "x" harfini 35 soni bilan kodlaylik. U holda, bunday kodlarda "Paxta" so‗zini 17; 1; 23;
20; 1; kabi raqamlar ketma – ketligida yozish mumkin, bu usul eng sodda kodlashdir.
Eski telegrafda, masalan axborot Morze alifbosi bilan, ya‗ni nuqta
va tirelar ketma-ketligi
ko‗rinishida kodlashtirishlar va uzatilar edi. Masalan, Morze alifbosida STOP so‗zi kabi yozilishi
mumkin. Kompyuter ixtiyoriy harfni "tanishi" uchun uning xotirasida harflar har xil usulda yozilgan
bo‗lishi mumkin. Kompyuter ixtiyoriy harfni" tanishi" uchun uning xotirasida harflar har xil usulda
yozilgan bo‗lishi kerak.
Shuning uchun uning qo‗lingizdagi darslikdagi matn harflarini kompyuter tanishi uchun uning
xotirasida harf va belgilarning taxminan 2 ming xil ko‗rinishlarini saqlash kerak. Bu juda mushkul va
qimmatga tushadigan ish. Bu jarayonni soddalashtirish uchun barcha harflarni 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9
raqamlari bilan almashtirish mumkin. Shu yo‗sinda tinish belgilarini ham raqamlar orqali kodlash
imkoniyati bo‗ladi. Masalan, nuqtani 36, vergulni 37 bilan va h.k. Tabiiyki, mashina raqamlari emas,
balki raqamlarni ifodalovchi signallar farq qiladi. Xullas, kodlash murakkab
tushunchani hammasi
bo‗lib signalning ikki qiymati bilan (magnitlangan yoki magnitlanmagan, manbaga ulangan yoki
ulanmagan, yuqori yoki past kuchlanishi va h.k) ifodalashdir. Bu holatning birinchisini 0 raqami bilan,
ikkinchisini esa 1 raqami bilan begilash qabul qilingan bo‗lib, axborotni ikkilikda kodlash nomini
olgan. Bunda har bir murakkab tushuncha, ikkilik belgilari ketmaketligida ifodalanadi. Shunday qilib,
quyidagilar bajariladi:
-o‗nlik raqamlarini ikkilikda (binarli ) kodlash (I K):
-alifbo belgilarini ikkilikda kodlash (axborot almashishning alifboli standart kodi - AASK)
Kodlar ikki: tekis va tekis bo‗lmagan turda bo‗lishi mumkin. Tekis ikkilik belgilariga ega.
Tekis bo‗lmagan kodga Morze alifbosi misol bo‗la oladi, chunki unda har bir harf va raqamga
uzun va qisqa signallarning ikkilik ketma-ketligi mos keladi. Masalan, E harfiga birgina nuqta mos
kelsa, R harfi uchun to‗rtta tire mos keladi.
Hisoblash texnikasida odatda tekis kodlarda foydalaniladi. Shular qatoriga axborotlarni kiritish
va chiqarish uchun EHMda foydaniladigan axborot almashinish kodi AAK-8;
ikkilik axborot
almashinish kodi- IAAK va boshqalarni kiritish mumkin. Ko‗pgina zamonaviy kompyuterlarda har bir
belgiga 8 bitlik (1 bayt) ketma-ketlik mos qo‗yiladi. 8 ta 0 va birlardan tashkil topgan turli ketma-
ketliklar jami 2*=256 ta bo‗lib, ular 256 xil turli belgilarni kodlash mumkin. Masalan, lotin, rus
alifbosining katta va kichik harflari, raqamlar, tinish belgilari va boshqa belgilarini kodlash imkonini
beradi. Bayt va belgilarning mosligi, yA‗ni har bir kodga mos belgi jadvalda ko‗rsatiladi. MDH
davlatlarida keng tarqalgan harf raqamli kodlashning AAK-8 (8-xonalik) jadvalni keltiramiz.
O‗zbek alifbosi harflarining kodlari lotin alifbosi harflarinikidan farq qiladi.
Masalan, o‗zbekcha katta "I" harfi 11 101 001, "L" harfi 11 101 100 kodlariga ega.
Nol va birlar ketma-ketligi bilan grafik axborotlarni ham kodlash mumkin. Gazetadagi rasmga
diqqat bilan razm solsangiz u mayda nuqtalardan tashkil topganligini ko‗rasiz. Turli poligrafiya
uskunalarida bu nuqtalarining zichligi turlicha bo‗ladi. Ko‗pchilik gazetalardagi rasmlarda bir
santimetrlik uzunlikda 24 ta nuqta bo‗ladi, yani 10x10 sm li rasm taxminan 60 ming nuqtadan iborat.
Agar bular faqat oq va qora nuqtalardan iborat bo‗lsa, u holda ularning har birini bir bit bilan kodlasa
bo‗ladi. Agar nuqtalar har xil bo‗lsa, u holda bitta nuqtaga bir bit yetarli bo‗lmaydi.
Ikki bit bilan
nuqtaning 4 xil rangini: 00 - oq, 01 - och kul rang, 10 - to‗q kul rang, 11 - qora rangni kodlashi
mumkin. Uch bit sakkiz xil rangni, 4 bit 16 xil rangni kodlash imkonini beradi va h.k.
Shuningdek, ovozni ham kodlash mumkin. Musiqaga yozilgan
notalar ovozni kodlashning
turlaridan biridir. Nota belgilariga raqamlarni mos keltirib, ovozni bitlar orqali ifodalash mumkin.
Kompyuter axborotni faqat kodlashtirilgan ko‗rinishda qayta ishlaydi. Unga kiritilgan
mA‗lumotlar xotira qurilmasiga joylashtiriladi. Shuni eslatish zarurki, axborotning mazmuni, uni
uzatuvchilarning turi va tashuvchilaridan mA‗lumotlarni o‗qiydigan kiritish qurilmasining ko‗rinishiga
bog‗liq bo‗lmagan holda, ular xotiraga nol va birlar ketma-ketligida yozilishi ma‗lum.
Yuqorida eslatilganidek, mashina xotirasi katakchalarga ajratilgan.
Katakchada aniq
uzunlikdagi har qanday ikkilik raqamlari ketma-ketligi saqlanishi mumkin. Bu ketma-ketlik mashina
so‗zi deb ataladi. Mashina so‗zining uzunligi kompyuterning tuzilishi bilan aniqlanadi. Masalan,
kompyuterning xotira katakchasi 24 ikkilik belgidan tashkil topgan mashina so‗zini saqlashi mumkin.
Sonlar, belgilar va ko‗rsatmalar ham mashina so‗zi yordamida ifodalanib qo‗llanilishi mumkin.
Kompyuter uchun har bir son maxsus ko‗rinishdagi so‗zdir.
Masalan, haqiqiy sonni tasvirlash uchun uning ishorasi, butun qismi va kasr qismlari
ko‗rsatilishi kerak, Shuning uchun EHM dastlab mashina so‗zining yuqorida sanab o‗tilgan
xarakteristikalarini aniqlaydi, so‗ngra nol va birlar ketma-ketligini aniqlab beradi.
Kompyuterlarda sonlarni tasvirlashning ikki: qo‗zg‗almas va qo‗zg‗aluvchi
vergulli usulidan
foydalaniladi.