• Eslatma
  • Shovqindan masofa
  • O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’limVazirligi Buxoro viloyat hokimligi kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvoffaqlashtirish hududiy boshqarmasi Buxoro shaxar kasb-hunar maktabi




    Download 24,4 Mb.
    bet18/127
    Sana05.09.2024
    Hajmi24,4 Mb.
    #270292
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   127
    Bog'liq
    11W2E2

    Eslatma: Ushbu sozlash jarayonida foydalanadigan mavjud klaviatura va sichqoncha bo'lsa, ushbu sozlash tugamaguncha, ularni boshqa joyga ko'chiring.
    03 ning 06
    Simsiz qabul qilgichni joylashtiring
    © Tim Fisher
    Simsiz qabul qilgich sizning kompyuteringizga jismonan bog'langan va klaviatura va sichqoncha orqali simsiz signallarni qabul qiladigan va tizimingiz bilan bog'lanish imkonini beruvchi komponentdir.
    Eslatma: Ba'zi sozlamalar ikkita simsiz qabul qilgichga ega bo'ladi : biri klaviatura va ikkinchisi sichqoncha uchun, ammo o'rnatish ko'rsatmalariga bir xil bo'ladi.
    Belgilangan talablar tovar belgisigacha o'zgarganda, qabul qiluvchining qaerida joylashishini tanlashda ikkita fikr mavjud:

    • Shovqindan masofa: Kompyuter monitörü va kompyuter korpusi va muxlislar, lyuminestsent lampalar, metall filtrlar va boshqalar kabi shovqinlarga olib kelishi mumkin bo'lgan boshqa narsalar kabi shovqin manbalaridan kamida 8 dyuym uzoqlikda saqlang.

    • Klaviatura va sichqonchadan masofa: Qabul qilgich klaviatura va sichqoncha 8 dyuym (20 sm) va 6 fut (1,8 m) oralig'ida joylashtirilishi kerak.

    Muhim: Qabul qilgichni kompyuterga ulamang. Bu simsiz klaviatura va sichqonchani o'rnatishda kelajakdagi qadamdir.
    Aynan tizimli blok kompyuterning eng muhim bloki bo’lgani uchun uni batafsil ko’rib chiqamiz. Avval ta’kidlanganidek, tizimli blok kompyuterning asosiy elektron qurilmalarini o’z ichiga oladi.
    Shuning uchun u SHK ning eng muhim tashkil etuvchilaridan biri sanaladi.
    Tizimli blokning tarkibi quyidagilardan iborat:
    1. Tizimli plata;


    2. Diskyurituvchi;


    3. Qattiq disk (vinchestr);


    4. Tok manbai bloki.



    Tizimli plata bu - maxsus materialdan yasalgan plastinada joylashgan mikrosxemalardan iborat bo’lib, ular o’zaro bog’lovchi elektr (tok) o’tkazuvchi yo’llari bilan bog’langan. Tizimli plata EHMning eng muhim elementlarini o’zida jamlaydi, chunonchi:
    u markaziy protsessor;
    u tezkor xotira mikrosxemalari; u doimiy xotira qurilmasi;
    u taymer (joylashtirilgan soatlar);
    u kengaytirish tutashmalari va boshqalar.

    Tizimli plataning eng muhim elementlaridan biri - markaziy protsessoridir.
    Dastur bilan berilgan ma’lumotlarni o’zgartiradigan, hamma hisoblash jarayonlarini boshqaradigan hamda hisoblash ishlariga tegishli moslamalarning o’zaro aloqasini o’rnatadigan qurilma-protsessor deb ataladi. Protsessorda arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish, xotiraga murojaat qilish, dasturda berilgan ko’rsatmalarning berilgan ketma- ketlikda bajarilishini boshqarish hamda asosiy xotira o’rtasida aloqa o’rnatish amalga oshiriladi.
    Protsessor katta integral sxemalardan foydalanish asosida quriladi. Protsessor kompyuterning asosiy qurilmalaridan, ya’ni kompyuterning “yuragi” deb hisoblanadi. Bir so’z bilan aytganda, protsessor kompyuterning barcha ishini boshqaradi va barcha ko’rsatmalarini bajaradi.
    Shaxsiy kompyuterning eng muhim ko’rsatkichi uning ishlash tezligi va ma’lumotlarni saqlash uchun xotira hajmidir. Ma’lumki, 2
    sonini turli darajalari bo’lgan 4, 8, 16, 32, 64 lar bilan bog’liq bo’lgan mikroprotsessorlar qabul qilishi mumkin bo’lgan betlar soni kompyuterlarning razryadini belgilaydi.
    IBM RS kompyuterlarning butun taraqqiyoti mikroprotsessorlarni ishlab chiqaruvchi Intel firmasi bilan bog’liq. Aksariyat shaxsiy kompyuterlar ushbu firma mikroprotsessorlari bilan ishlaydi. Shartli ravishda firmaning 8086 yoki 8088 (16 razryadli) mikroprotsessorlari IBM RS XT (extended version, “Iks-ti” deb o’qiladi) deb nomlanadi.
    Mazkur firmaning 80286 (16 razryadli) mikroprotsessorlari bilan ta’minlangan SHK lar IBM RS AT (Advanced Techology) deb ataladi.
    IBM RS shaxsiy kompyuterlarning oilasi tez rivojlanmoqda. Bugungi kunga kelib Intel firmasining ko’p razryadli ishlash samarasi va imkoniyati katta Rentium shaxsiy kompyuterlari tez tarqaldi. Rower RS rusumidagi yana ham kuchli mikroprotsessorlarning tarqalishi kutilmoqda.
    Tizimli platada joylashgan yana bir eng muhim element -tezkor xotira mikrosxemalaridir.
    Tezkor xotira yoki tezkor xotira qurilmasi (TXQ) o’zida ayni vaqtda kompyuter ishlayotgan dasturlar uchun ma’lumotlar shu bilan birga ishning natijasi saqlanadigan mikrosxemalardan tashkil topgan.
    Tizimli platada joylashgan xotiraning yana bir turi - doimiy xotira qurilmasi (DXQ,) yoki doimiy xotira (DX) deb ataladi.
    Doimiy xotira BIOS (Basic Inrut - Outrut System - kiritish va chiqarishning baza tizimi) nomli zavodda yozilgan boshqaruv dasturlari to’plamini saqlovchi mikrosxemadir. Doimiy xotirada saqlanayotgan axborotni tezkor xotiradagilardan farqi shuki, kompyuter tok manbaidan o’chirilganda ham axborot saqlanib qoladi.
    Undagi axborot bir marta zavodda mikrosxema tayyorlash jarayonida kiritiladi, uni o’zgartirish mumkin emas.
    DXQ (BIOS) - quyidagi vazifalarni bajaruvchi dasturlar to’plamidir. Birinchidan, kompyuter manbaga ulanganda uning hamma qurilmalarini, masalan diskyurituvchi va vinchesterlarni boshqarishga imkon bersa, ikkinchidan taymer kompyuterdagi to’xtovsiz ishlaydigan elektron soat, vaqtini va yilini aniqlash uchun xizmat qiluvchi mikrosxema.
    Kengaytirish raz’yomlari - kompyuter imkoniyatlarini kengaytirib, uning yordamida kompyuterlarga qo’shimcha qurilmalar ulanadi. Odatda kengaytirish raz’yomlarida qurilmani boshqaradigan alohida maxsus platalar qo’yiladi. Bunday platalar nazoratchilar deb nomlanadi.
    Masalan, monitor ishini boshqaradigan plata videonazoratchilar deb nomlanadi. Kompyuterning barcha qurilmalari uchun boshqaruv signallar beruvchi vosita markaziy protsessor bo’lsa-da, nima uchun nazoratchilar mavjud degan, savol tug’iladi. Buning mohiyati shuki, markaziy protsessor boshqaruv signallarini umumiy tartibda beradi, nazoratchi ularni qabul qilib, bevosita qatnashishi talab qilinmaydigan qator yumushlarni bajaradi. Hayotiy bir misol timsolida masalan, bosh oshpaz o’z yordamchilariga palov damlashni buyuradi, buni markaziy protsessor boshqaruv signaliga qiyoslasak, oshpazlar esa sabzi, guruch, o’tinlarni tayyorlaydi, bu - nazoratchi bajaradigan ishlar deb tushunsa bo’ladi.

    Tizimli blokda tizimli platadan tashqari diskyurituvchi va qattiq disk (vinchester) joylashgan.


    Bu qurilmalar kompyuterda dastur, matn, rasm va boshqa ko’rinishdagi ma’lumotlarni saqlash uchun mo’ljallangan. Nima uchun yuqoridagi maqsadlar uchun tezkor xotira yoki doimiy xotira qurilmalaridan foydalanish mumkin emas? degan savol tug’ilishi mumkin. Ma’lumki, tezkor xotira tok manbaiga to’liq bog’liq, doimiy xotiraning tarkibi esa zavodda shakllanadi.
    Shuning uchun qattiq disk - vinchester va disketlar bilan diskyurituvchi kabi qurilmalar yaratilgan. qattiq disk va disketlar bilan diskyurituvchi yana kompyuterning tashqi xotira qurilmalari deb yuritiladi. Bu qurilmalar axborotni uzoq vaqt saqlash uchun mo’ljallangan va eng muhim, axborotlarni bu qurilmalarga yozish, o’qish, ularni o’zgartirish, kerak bo’lsa, ularni yo’q qilish ham mumkin. quyida bu qurilmalarni birma-bir ko’rib chiqamiz.
    Diskyurituvchi va disketlar. Odatda ular alohida ishlamaydi. Agar solishtiradigan bo’lsak, disketlarsiz diskyurituvchi go’yo kassetasiz magnitofondir: Diskyurituvchi - disketdagi axborotni yozish va o’qish uchun mo’ljallangan qurilma. Disketa - axborotni uzoq vaqt saqlash uchun maxsus vosita. Disketa ichida axborot yoziladigan nozik magnit disk joylashgan.
    Tashqi xotira uchun kichik doirasimon (20, 12 va 8 sm diametrli) egiluvchi magnit disketlardan foydalanish juda kulay.
    Tashqi xotira, odatda magnit disklardan iborat bo’lib, ular ikki turlidir. Birinchi turi - egiluvchan disklar yoki disketalar. Disket yordamida axborotni bir kompyuterdan boshqasiga o’tkazish mumkin. Ikkinchi turi qattiq disklar. Bunday disklarni bir kompyuterdan boshqasiga o’tkazish mumkin emas, lekin ular kompyuterda juda katta hajmda axborotni saqlash imkonini beradi. Birgina qattiq diskka bir necha yuzta egiluvchan disketdagi axborotni yozish mumkin. Birinchi tur diskdagi axborot hajmi Kbayt, ikkinchi tur diskdagisi esa Mbayt bilan o’lchanadi. Hozirgi paytda optik disklar paydo bo’lmoqda. Bunday disklarga lazer nuri yordamida gigabaytlarda (Gbayt) o’lchanadigan katta hajmdagi axborot yozilishi mumkin.
    Model MHT20xxAH shpindelining aylanish tezligi 5400 ob.min. O’rtacha axborot qidirish vaqti 12 ms.
    Eng tezkor vinchesterlar Western Digital
    Kompyuterda axborot bit, bayt, kilobayt (Kbayt), megabayt(Mbayt) va boshqa kattaroq birliklarda o’lchanadi.
    Eng kichik axborot birligi - bit. Foydalanuvchi uchun bir bit hyech qanday axborotni bildirmaydi. Lekin bir bit axborot bu - bir harf yoki raqam bo’shliqni anglatadi. Baytdan keyingi o’lchov birligi - kilobayt bo’lib, u 1024 baytga teng. Agar belgilar bilan hisoblasak, bu 1024 belgidir.
    Axborot o’lchov birliklarining o’zaro bog’lanishlari quyidagicha: 1 Mbayt q1024 Kbayt
    1 G (giga)baytq1024 Mbayt va hokazo.
    Uncha qalin bo’lmagan 300 betli o’quv kitobi rasmsiz, taxminan 2 Mbayt axborotni o’zida jamlaydi.
    Disket va qattiq disklar uchun axborot sig’imi tushunchasi juda ahamiyatli. Bu axborot saqlash vositasiga qancha Kbayt yoki Mbayt yozish mumkinligini ko’rsatadi. Quyida har bir tur disketning axborot sig’imi berilgan.

    Disketa turi


    Axborot sig’imi


    5.25 dyumli


    360 Kbaytdan 1,2Мbaytgacha


    3.5 dyumli


    720 Kbaytdan 2,8 Мbaytgacha, lekin hozirgi kunda ommalashgan disketa


    1,44 Mbayt sig’imlidir.





    Uzoq vaqt axborot saqlash uchun mo’ljallangan boshqa qurilma-qattiq disk yoki ”vinchester”dir. Qattiq disk yoki “vinchester”-axborotni o’qish, yozish va saqlash qurilmasidir. Qattiq diskda bir emas, balki bir o’qda joylashtirilgan va zich yopilgan yopiq metal korpusiga joylashtirilgan bir qancha metal disklar bor. Diskning har bir tomoni ishchi hisoblanadi. Unga axborotni yozish va uni o’qish mumkin. “Vinchester”ning axborot sig’imi 500 Mbayt dan to 4Gbaytgacha.
    Buning ustiga “vinchester” markaziy protsessorga axborotni disk yurituvchiga karaganda tezroq uzatadi. U holda nima uchun disketlardan foydalaniladi?


    Disketaning asosiy afzalligi shundaki, undagi axborotni bir kompyuterdan ikkinchisiga o’tkazish osonroq. Qattiq diskni bir kompyuterdan ikkinchisiga ko’chirish yangi foydalanuvchilarga maslahat berilmaydi. Tizimli blokni ochish, qattiq diskni ajratish, so’ngra boshqa kompyuterning tizimli blokini ochib, qattiq diskni ushlash kerak. Disketani ko’chirish uchun esa bir diskyurituvchidan chiqarib ikkinchisiga qo’yish kerak. Bu katta mahorat talab etmaydigan operatsiya.
    Hozirgi vaqtda SHKlar zamonaviy fanlar va barcha xalq xo‘jalik bo‘limlarining rivojlanishiga katta rol o‘ynab kelmoqda. Insoniyat tashabbusidagi har bir ishda SHKni qo‘llanilayotgani yaqqol kuzga tashlanadi. Shu sababli SHKdan foydalanish uchun ko‘pchilik foydalanuvchilar dasturlashtirish algoritmik tillarni tezroq o‘z lashtirishga xarakat qiladalar.SHKning dunyoga kelishiga avvallom bor injenerlar va fiziklar juda muhtoj bo‘lganlar desak mubolog‘a bo‘lmaydi. Juda tez rivojlanib borayotgan fan va texnikaning oldida turgan masalalarni juda katta hisoblashlarga olib keladi va bularni fakat SHK yordamida hisoblash mumkinligini foydalanuvchilar tushunib etdilar. Endi SHKlarning eng oddiy to‘plamlaridan tanlashni boshlaymiz. Boshlang‘ich axborotlar mashinaga uzluksiz chiziqlar, ya’ni tenglamalar yordamida berilishi mumkin bo‘lsa va bunda mashinalarning o‘zi hisoblashlarni davom ettirib chizmani ekranga chiqarsa, bunday mashinalar avtomatik hisoblash mashinalari (AHM) deyiladi. Bularning boshqacha turi raqamli hisoblash mashinalari (RHM) deyiladi.Ular uzluksiz bo‘lmay diskret bo‘ladilar. Bunday turdagi mashinalar barcha axborotlar raqamli kodlar ko‘rinishida bo‘ladi.
    SHaxsiy komp’yuterlar (SHK) asosan quyidagi asosiy qurilmalardan tashkil topadi:
    tizimli blok (protsessor, unda xotira, mikroprosessor, adapterlar joylashgan bo‘ladi).
    chiqarish qurilmasi (monitor);
    kiritish qurilmasi (klaviatura, sichqoncha);
    Dastlab hisoblash uchun yaratilgan kompyuterlarning imkoniyatlari hozirgi kunda “behisob” desak adashmaymiz. Bu kompyuterlar mashhur International Business Mashines Corporation korxonasining ma’sulidir.
    IBM PC kompyuterlarining AT 386, 486SX, 486DX, 586 hamda Pentium turlari keng tarqalgan.
    Pentium IV rusumli shaxsiy kompyuter Ushbu paragrifda SHKning asosiy qurilmalari: protsessor, monitor, klaviatura va sichqoncha tavsifi batafsil yoritilgan. Yordamchi qurilmalar vazifasi va imkoniyatlari ham qayd qilingan.
    SHaxsiy kompyuter quyidagi asosiy qurilmalardan tashkil topadi: Protsessor, monitor, klaviatura va sichqoncha.
    Protsessor (mother board) - qurilmalarini va hisoblashlarni boshqaruvchi, asosiy qurilma bo‘lib, unga mikroprosessor, tezkor va kesh xotira, mikrosxemalari, kontroller va turli adabter, elektrosxemalar o‘rnatiladi.
    Protsessor asosan quyidagi qurilmalardan tashkil topadi.
    Mikroprosessor - kompyuterni boshqarish va barcha hisob ishlari, buyruqlarni bajarilishini ta’minlaydi. Mikroprosessor turli amallarni tez bajarish qobiliyatiga ega. Uning tezligi sekundiga 100 million amalga va undan ortiq bo‘lishi mumkin.
    Uning tezligi Megagerslarda hisoblanadi va protsessor nomidan keyin yoziladi. Masalan, Pentium 700.
    Tezkor xotira - protsessor uchun zarur bo‘lgan dasturlar va ma’lumotlarni sa qlaydi.
    Kompyuter o‘chirilishi bilan tezkor xotiradagi ma’lumotlar o‘chiriladi.
    Qattiq disk (doimiy xotira - Hard Disk Drive) - dastur va ma’lumotlarni doimo saqlaydi.. U ba’zan "vinchester" deb nomlanadi. Vinchester nomi birinchi qattiq disk nomidan kelib chiqqan (1973 yilda IBM firmasi tomonidan yaratilgan qattiq disk nomi "30/30" bo‘lgan va bu mashhur Winchester miltig‘ining kalibrga o‘xshar edi). Ular hajm va ishlash tez ligi bilan farqlanadi. Qattiq diskdagi dastur va ma’lumotlar esa o‘chirilmaydi.
    Kesh xotira - kompyuter tomonidan dasturlar ishlash jarayonida ko‘p ishlatilgan
    ma’lumotlarni saqlash uchun foydalaniladi. Bu xotira tezkor va doimiy xotira o‘rtasida joylashadi.
    Tezkor xotira Qattiq disk Kesh xotira Kontroller (adapterlar) - ular har xil tashqi qurilmalar ishini ta’minlaydi. Ishlash holatlari bilan farqlanadi (video plata, tovush plata, tarmok platasi va ...),adapterlar.
    Disk yurituvchilari - bu egiluvchan va kompakt disklardagi ma’lumotlarni o‘qish va yozish ishlarni bajaradigan qurulma.
    Disk yurituvchilari Kiritish-chiqarish porti orqali mikroprosessor bilan ma’lumot almashadi. Ichki qurilmalar bilan ma’lumot almashuvi uchun maxsus portlar, hamda umumiy portlar mavjud.
    Umumiy portlar 2 xil bo‘ladi: parallel - (LPT1, ..., LPT4) va ketma -ket (COM1, ...,COM3) bilan belgilanadi. Parallel portlar kirish-chiqishni, ketma-ket portga nisbatan tezroq bajaradi.
    Har bir port o‘zining shaxsiy manziliga va raqamiga ega bo‘lib, ularning umumiy soni 65536 taga etadi.
    Kiritish-chiqarish porti BIOS (Basic input output system) - o‘z tarkibidagi bir marta yozib qoldirilgan ma’lumotlar majmuasini saqlab turuvchi va alohida mikrosxema hisoblangan xotira turi hisoblanadi. Odatda bu xotiradagi ma’lumotlarni, uni ishlab chiquvchi korxona (firma) yozib qoldiradi. Bu ma’lumotlar kompyuter elektr manbadan o‘chirilgan holda ham saqlanadi va aloxida mikroakkumlyatorli batareyalardan oziqlanadi. Bu xotira turi faqat ma’lumotlarni o‘qish rejimida ishlaydi. SHuning uchun bunday xotiraga kompyuterning qurilmalarini tekshiruvchi test dasturlar, operatsion sistemalarning yuklovchi dastur modullari saqlanadi.
    Mikroprosessor dasturlarning ishlashini ta’minlaydi va kompyuter boshqa qurilmalari ishini bajaradi. U kompyuterning tezligini ta’minlaydi. Zamonaviy mikroprosessorlar uch guruhga bo‘linadi:
    -to‘la buyruqlar bilan ishlaydigan CISC (Complex Instructtion Set Computing)
    mikroprosessorlari;
    -qisqartirilgan buyruqlar bilan ishlaydigan RISC (Reduced Instruction Set Computing) guruhiga mansub mikroprosessorlar;
    -minimal buyruqlar bilan ishlaydigan o‘ta tezkor MISC (Minimum Instrution Set
    Computing) guruhiga mansub mikroprosessorlar.
    IBM PC kompyuterlarida odatda Intel firmasi va unga muvofiq boshqa firmalarning
    mikroprosessorlari o‘rnatiladi. Kompyuterlar mikroprosessor turlari bilan ham farqlanadi.
    Mikroprosessorlar Intel - 8088, Intel -80386, Intel -80286, Intel -80386 Sx, Intel -80486, Intel Pentium kabi turlari mavjud.Dastlabki kompyuterlar Intel - 8088 asosida qurilgan bo‘lib, ularning ishlash tezligi juda sekin edi. Intel - 80286, Intel - 80386 mikroprosessorlari ham keyingi turlarga nisbatan tezligi sustligi sababli hozirgi kunda ishlab chiqarilmayapti.1991 yildan boshlab IBM, Motorola, Fire, Power va boshqa firmalar birgalikda Power PC mikroprosessorini ishlab chiqishga kirishda va bu borada muvaffakiyatga erishdi. 1993 yildan boshlab Intel firmasi Pentium asosidagi Pentium Pro mikroprosessori o‘rnatilgan kompyuterlari ham sotila boshlandi. Pentium Pro ning amallarni bajarish chastotasi 150 MGs bo‘lib, u Pentium ga nisbatan ishlash tezligi 40 ga ko‘proqdir.
    SHunday bo‘lsada, Pentium narxining arzO’nligi va imkoniyatlari bilan foydalanuvchilarni o‘ziga ko‘proq jalb qilmoqda. Notebook kompyuterlar 120 MGsli Pentium mikroprosessorlari asosida ishlaydi. Pentium mikroprosessorlaridan murakkab hisoblar va tasvirlar uchun foydalangan maqsadga muvofiq.
    Mikroprosessorlar Tezkor xotira (operativ xotira). Tezkor xotira o‘zida kompyuterda ishlayotgan dastur va ma’lumotlarni saqlaydi. Ma’lumotlar doimiy xotiradan tezkor xotiraga ko‘chiriladi, olingan natijalar zarur holda diskka qayta yoqiladi. Odatda Intel - 8088 protsessorli shaxsiy kompyuter 1 Mbayt hajmdagi tezkor xotiraga ega. Hozirgi SHKlarining tezkor xotirasi 1-2 Gegabaytdan ko‘proq hajmga ega bo‘lib, bu xotira ikki qismdan iboratdir:
    1) 640 Gbaytli qismiga amallar tizimi hamda amaliy dasturlar majmuasi joylashtiriladi;
    2) kolgan qismiga xizmatchi maqsadlar uchun ishlatiladigan dasturlar joylashtiriladi
    (test dasturlari, dastavval kompyuterni ishga tayyorlash dasturi va boshqalar).
    Monitor (dispiley, ekran) - foydalunuvchiga matnli va grafikli ma’lumotlarni
    chiqarish uchun xizmat qiladi. Kompyuter bilan bo‘ladigan bevosita muloqotni ekranda ko‘rish uchun monitor xizmat qiladi. Monitor ikki: monoxrom va rangli turlar mavjud bo‘lib, ular video adapter qurilmasi boshqruvida ikki xil rejimda matn yoki grafika holatlaridan birida ishlaydilar.Monitorlar televizorlarga o‘xshash, u ham tasvirlarni kineskop (elektronnur trubkasi) yordamida hosil qiladi. Monitorlar har qanday televizorlardan farqli o‘laroq yaqqol va aniq tasvirlarni ko‘rsatadi. Ular bir-biridan o‘lchamlari (14 dyuymdan 24 dyuymgacha) bilan farqlanadi.Matnli rejimda monitor ekranni shartli ravishda 80 ta ustun, 25 satrga bo‘linadi. SHu maydonning ixtiyoriy joyida belgilar tasvirlanadi. Bu bel gilar katta va kichik lotin harflari, sonlar va yordamchi belgilar bo‘lishi mumkin.Grafik rejimda ekranga matnli ma’lumotlardan tashqari rasm va grafik tasvirlar ham chiqariladi. Bunda belgi ixtiyoriy shrift va o‘lchamga ega bo‘ladi. Bu rejimda ekran nuqtalar (piksel) to‘plamidan iborat. Masalan, 640 x 200 imkoniyatli monitor ekranda gorizontaliga 640 va vertikaliga 200 nuqtani tasvirlaydi. Nuqtalar soni oshishi bilan tasvir sifati oshadi. Quyida monitorlarning ba’zi bir turlari keltirilgan.
    Adapter Rangi Matnli Grafikli
    MDA Oq-qora 80x20, 2 ta rang 640x200, 2 ta rang
    CGA Rangli
    80x25, 16 ta rang
    320x200, 4 ta rang
    640x200, 2 ta rang
    Hercules Oq-qora 80x25, 2 ta rang 720x348, 2 ta rang
    EGA Rangli 80x25, 16 ta rang 640x350, 16 ta rang
    80x43, 16 ta rang
    VGA Rangli 80x25, 16 ta rang 640x480, 16 ta rang
    SVGA Rangli 80x25, 16 ta rang 800x600, 256 ta rang
    Kompyuterga monitor ulash uchun maxsus videoadapter zarur. Videoadapter - tasvir
    to‘g‘risidagi ma’lumotlar saqlanadigan xotiraning muayyan qismini monito rda aks ettiruvchi signalni, hamda sinxronizatsiya signallarini gorizontal (satrli) va vertikal (ustun bo‘yicha) taqsimlab shakllantirishdan iborat. Eng birinchi SHKlarda monitor vazifasida maishiy televizordan foydalanilgan bo‘lsa, hozir esa kompyuterni juda kuvvatli, kuchli grafik stansiyaga aylantiruvchilarga etib kelindi. Bu vaqt ichida platalar va standartlarni bir necha avlodi almashdi. Avvaliga MDA (Monocrome Display Adapter - displeyning monoxrom adapteri) standarti paydo bo‘ldi. MDA platasi ekranga faqat alfavit-raqamli axborotni chiqarishga qodir - hech qanaqa grafika va ranglarni ta’minlay olmasdi.
    MDA o‘rniga kelgan CGA (Color Graphics Adapter - rangli grafika adapteri) nafaqat matnli,
    balki grafik rejimlarda ham ishlar va mavjud bo‘lgan o‘n olti rangining to‘rttasini ko‘rsata
    olardi.

    Keyingi bosqichda EGA (Enhansed Graphics Adapter — yaxshilangan grafika adapteri)


    ekranda ko‘rinadigan ranglarning sonini 64 rangli palitradan 16 ranggacha etkazdi va
    ekranga chiqariladigan grafika sifatini ancha yaxshiladi. EGA standarti paydo bo‘lishi grafik
    dasturlar, jumladan Microsoft Windows operatsion sistemasi imkoniyatlarini kengaytirishga
    va mashhur bo‘lib ketishiga omil bo‘ldi.
    Bugun ham foydalanib kelinayotgan VGA (Video Graphics Array) eng muvaffaqiyatli
    videostandart hisoblanadi, biroq hozirgi kunda u ham takomillashib, SVGA (Super Video
    Graphics Array) standartiga o‘tdi.
    Agar CGA ning birinchi variantlarida ranglar palitrasi 262144 dan 256 xil chiqarishni
    ta’minlasa, keyingi VGA bilan to‘g‘ ri keladigan platalar paydo bo‘ldiki, ularda ranglari
    bo‘yicha farq 16.8 mlnni tashkil qiladi. Monitorlarni o‘lchamiga qarab uning bahosi o‘sib
    boradi. Masalan, 17 dyuymli monitorlar 14 dyuymli monitorga nisbatan uch barobar qimmat
    bo‘ladi. Monitorlar sifati bo‘yicha ekrandagi kadrlar chastotasi — 75 Gsni tashkil etishi
    lozim. Bu holda monitor sekundiga 80, yaxshi monitorlar (qimmatroq bo‘ladi) 100 kadrni
    o‘tkazishi mumkin. Ekrandan zararli nurlanish olmaslik, ular ta’sirini kamaytirish uchun
    ekranni LR(Low Radiation) deb yurituvchi maxsus koplamalar bilan ta’minlanganiga e’tibor
    bering. Monitor sotib olayotganingizda kompyuter MPR II yoki TSO 95 standartiga mos
    kelsagina zararli nurlanishlar minimumga keltirilgan deb tushunish kerak. SHu bilan birga
    monitor spetsifikatsiyasida NI(Non Interiaced), ya’ni ekran qatorlarini barobariga ko‘rsatish
    rejimi berilgan bo‘lsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
    Klaviatura - foydalanuvchi tomonidan ma’lumotlarni kompyuterga kiritishga
    mo‘ljallangan qurilmadir. Tugmachalar soni va joylashishi turli xil kompyuterlarda har xil
    bo‘lishi mumkin, lekin ularning vazifasi o‘zgarmaydi.
    IBM RS SHK klaviaturalari 2 xilda ishlab chiqariladi. Kichik - 83 ta va katta -101 ta
    tugmachaga ega bo‘lgan klaviaturalar. Katta klaviatura ishlashga juda qulay. Klaviatura
    xarflar joylanishi bo‘yicha ingliz (QWERTY) va fransuz (AZERTY) standartlariga
    bo‘linadi.
    Kichik klaviatura
    Katta klaviatura
    Ba’zi hollarda kichik klaviatura - kichik razradli klaviatura, katta klaviatura esa katta
    razradli klaviatura deb ham yuritiladi. SHKning imkoniyatiga qarab kichik klaviaturaning
    83, 89 tugmali variantlari respublikamizda keng tarqalgan edi. Katta klaviaturalarning 101,
    104, 107 tugmali satandart variantlari bor. Katta klaviaturalarning multimediali variantlar
    ham bo‘lib, ularda 108-124 tagacha tugmachalar bor.
    multimediali zamonaviy klaviaturalar
    Klaviaturaning asosiy yoki alfavit tugmalari 57 ta tugmadan iborat bo‘lib, 37 lotin harf
    va belgilar, 10 raqam va 10 maxsus tugmalar. Ko‘p tugmalarda bir nechta belgilar yozilgan.
    Har xil rangda yozilgan harflar, belgilar har xil til standartiga mosligidir. Til standartini
    o‘zgartirish klaviaturalarda har xil (o‘ng [Alt] Q [Shift], ikkita [Shift], o‘ng [Ctrl] Q [Shift]
    tugmalarni birga bosish orqali). Maxsus tugmalar [Shift] - agar siz harflar tugmasini
    bosgangiz u holda kichik harf kiritiladi, agar sizga katta harf kerak bo‘lsa u holda maxsus
    [Shift] tugmani bosib, qo‘yvormasdan shu xarf tugmasini b osishiz kerak (masalan, [Shift] Q
    [a] bosilsa ekranda "A" hosil bo‘ladi). Agar bitta rang bilan bir nechta belgilar yozilgan
    bo‘lsa, u holda ulardan pastkidagi asosiy, yuqoridagi passiv deb nomlanadi. Tugmani
    bosganizda asosiy belgi kiritiladi. Agar sizga passiv belgi kerak bo‘lsa, u holda siz maxsus
    tugmani bosib, qo‘yvormasdan belgi tugmasini bosishiz kerak (masalan, [Shift] Q [1] bosilsa
    ekranda "!" hosil bo‘ladi). [Ctrl] va [Alt] - shu tugmalarni bosib turib boshqa tugmani
    bosganimizda har xil amallar bajariladi. [Caps Lock] - bu tugma yordamida [Shift] bosilib
    turgan holatini (faqat harflar uchun) yoqamiz yoki o‘chiramiz. [Tab] - keyingi bo‘limga yoki
    qismga o‘tish. [Backspace] - oldin (chapda) joylashgan bitta belgini o‘chirish uchun
    foydalaniladi. [Enter] - yangi satrga o‘tish yoki ma’lumotlarni kiritish (ba’zi bir
    klaviaturalarda (Return) yoki (SR)). [Esc] - oxirgi xarakatdan voz kechish.
    Funksional tugmalar. Maxsus buyruqlar va amallarni bajarish tugmalari [F1] - [F12]. Har
    xil dasturlar bu tugmalarga har xil amallarni o‘rnatadi.
    Yo‘nalish tugmalari. Kursor joylanishini o‘zgartiradi. Kursorni bitta belgi chapga,
    yuqoriga, o‘ngga va pastga siljitish imkoniyati.
    Yordamchi tugmalar. [Home] - catr boshiga o‘tish. [End] - satr oxiriga o‘tish. [PageUp] -bir sahifa yuqoriga o‘tish. [PageDown] - bir sahifa pastga o‘tish. [Insert] - belgilarni o‘chirib,
    ustiga yozish yoki ularni siljitib o‘rtasiga yozish holatini o‘rtnatish. [Delete] - keyin (o‘ngda)
    joylashgan bitta belgini o‘chirish.
    Raqam tugmalari. Raqamlarni kiritish uchun klaviatura. "0", ...,"9" gacha raqamlar va
    "/","*","-","Q" belgilari mavjud.
    Tugmachalarning maxsus majmuilari.
    - [Ctrl] Q [Break] - ishlayotgan dastur yoki buyruqni tugatilishini ta’minlaydi.
    - [Ctrl] Q [Alt] Q [Del] - masalalar dipechirini chaqiradi yoki operatsion tizimni xotiraga
    qayta yuklaydi.
    - [Shift] Q [RrintScreen] - ekrandagi axborot nusxasini printerga chiqarish rejimini ulash va
    o‘chirishni ta’minlaydi.
    - [Ctrl] Q [Numlock] - dastur ishini to‘xtatib turadi va davom etiradi.
    Sichqoncha - ma’lumot kiritilishini engillashtiruvchi manipulyator. SHKning asosiy
    qurilmalaridan biri bu sichqoncha. Uning 3 xil turi bo‘ladi: standart, trekbol va sensor paneli.
    Standart sichqonchalar stol ustida ishlatish zarur bo‘lgan, sensor paneli bilan trekbollar esa
    noutbuklar uchun yaratilgan va ular pastki paneli ichiga o‘rnatilgan bo‘ladi.
    Sichqoncha ichida rezina ichiga joylashgan sharik bor, u stol bo‘yicha xarakat qilganda
    maxsus roliklar va indikatorlar orqali ushbu xarakat kompyuterga jo‘natiladi va ekrandagi
    sichqoncha kursatkichi (strelkasi) biz belgilagan yo‘nalishda xarakatlanadi.
    IBM PC tipidagi SHK sichqonchasi
    Uning nomi tashqi ko‘rinishidan kelib chiqqan. “Sichqoncha” qo‘lga bemalol
    joylashuvchi bir necha tugmachali bo‘ladi. Sichqoncha stol yoki maxsus yuzada
    (gilamchalar) harakati natijasida ekrandagi kursorni mos ravishda harakatlantiradi.
    Menyuning birortasini bajarish uchun sichqoncha mos tugmachasi bosiladi. Bir xil amaliy
    programmalar faqatgina sichqoncha bilan ishlashga moslashgan.
    Axborot texnologiyalarning rivojlanishi sichqonchalarning bir necha xil ko‘rinishlarini
    yaratishga sabab bo‘ldi.
    - sharikli, ikki tugmali;
    - sharikli, uch tugmali;
    - nurli, uch tugmali;
    - nurli, multimediali;
    - masofali, nurli, uch tugmali;
    - masofali, multimediali;
    SHKning sichqonchalari
    SHKning imkoniyatini oshirish maqsadida turli qurilmalar ishlab chiqarildi va ular
    SHKning qo‘shimcha qurilmalari deb nomlandi. Ular qatoriga :
    Printer - kompyuterdagi ma’lumotlarni qog‘ozga chop qilish qurilmasi;
    Disk (axborot tashuvchi qurilma) - axborotlarni ko‘chirish, saqlash, tarqatish va tashish
    uchun ishlatiladigan qurilma;
    Plotter - chizmalarni qog‘ozga chiqaruvchi qurilma;
    Skaner - kompyuterga matnli yoki tasvirli ma’lumotni kirituvchi qurilma.
    Tarmoq adapteri - kompyuterni mahalliy tarmoqqa ulash imkonini beruvchi qurilma;
    Audio-video adapter - kompyuter yordamida musiqa ijro etilishini va turli video roliklarni
    ko‘rishni ta’minlovchi qurilma;
    Modem - telefon tarmog‘i orqali boshqa kompyuter bilan ma’lumot almashuvini
    ta’ minlovchi qurilma;
    Multimedia - Kompyuter yordamida toshuvli va rolikli multi-kinolarni ko‘rish imkoniyatini
    yaratib beruvchi qurilma;
    Strimer - kompyuterning vinchesteridagi ma’lumotlarni nusxasini zaxiraga olish uchun
    mo‘ljallangan qurilma.



    Download 24,4 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   127




    Download 24,4 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’limVazirligi Buxoro viloyat hokimligi kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvoffaqlashtirish hududiy boshqarmasi Buxoro shaxar kasb-hunar maktabi

    Download 24,4 Mb.