1.2 Shayboniylar davlatida ilm-fan va ta’lim
Movoraunnahrdagi iqtisodiy va madaniy hayot haqida gap ketganda, avvalo, aholidan turli soliqlar olinar edi, asosiy yer solig’i - xiroj hisoblanib, ho’kizdan– foydalangani uchun – zakot to’lanardi. Amaldorlarning maoshlari uchun – zobitona degan soliq yig’ilardi, qo’shinlarni saqlash uchun butun aholidan harbiy soliq undirardi, bog’lar va tokzorlardan olinadigan soliq tanobnoma deb atalgan.
Ishlab chiqarishga kelsak, Shayboniylar zamonida ham tikuvchilik, kulolchilik, temirchilik, qurolsozlik, zargarlik, duradgorlik, qog’oz, qurilish ashyolari kabi bir qator, sohalar faoliyat ko’rsatib ichki va tashqi bozorda sotiladigan turli xildagi mahsulotlar tayyorlangan. Bu mahsulotlar (ipak, jun, ip gazlamalari, gilam, quruq mevalar, qorako’l va boshqalar) bilan savdogarlar Eron, Xindiston, Arab o’lkalari, Xitoy, Qozon, Rossiya kabi o’lkalarga qatnagan.
Shayboniylar me’morchilik ishlarida ham qator yodgorliklar qoldirganlar. Turli maqsadga mo’ljallangan qurilish ishlarini amalga oshirganlar. Bu borada nafaqat sulola namoyandalari, balki o’z davrining ko’zga ko’ringan katta moddiy imkoniyatiga ega kishilari ham chetda qolmaganlar. Chunonchi, Samarqanddagi Muhammad Shayboniy qurdirgan Xoniya, Abu Said Kalbobo ko’kaldosh nomi bilan bog’liq madrasalar, Buxoroda shahar devorining ta’mirlanishi, Mir Arab. Abdulloxon, Modarixon, Juybor, Fatxulla Qushbesh madrasalari, Kalon, Xoja Zayniddin, Abdullaxon, Chorbakir masjidlari, Toshkentda Ko’kaldosh madrasasi, Baroqxon madrasasi, Turkistonda Muhammad Shayboniyxon masjidi va ko’plab mana shunday madrasa-yu, masjidlar turli shaharlarda qurilgan karvonsaroylar, bozorlar va boshqa qurilish ishlari bajarilganlar.
Manbalarda yozilishicha, birgina Abulloxon II davrida mintaqada bir ming bitta ravot va sardoba qurilgan ekan.
Shayboniylar davrida fan va madaniyatning rivojlanishida mazkur sulola
namoyandalarning tutgan o’rni katta bo’lgan. Avvalo, ularning o’zlari nihoyatda o’qimishli shaxslar edilar. Chunonchi, Muhammad Shayboniyxon, Ko’chkinchixon, Ubaydulloxon, Abdulazitzxon kabi Shayboniylar turkiy va forsiyda she’r bitganlar. Diniy va dunyoviy ilmlarda yetarli salohiyatga ega bo’lganlar. Muhammad Shayboniyxon yoshligida ta’limni Buxoro madrasasida olgan. Ubaydulloxonning musiqa ilmiga katta rag’bati bo’lgani, musiqiy asboblar chalgani, nozik xusnixat egasi bo’lgani ma’lum.
Shayboniylar davrida ham tarix ilmi juda rivoj topgan. XVI asr tarixini yoritib beruvchi “Tavorixi guzidai nusratnoma”, Mulla Shodiyning “Fathnoma”, Binoiyning “Shayboniynoma”, Muhammad Solihning “Shayboniynoma”, Abdulloh Nasrullohning “Zubdat al-asror”, Fazlulloh Ro’zbekxonning “Mehmonnomai Buxoro”, Zayniddin Vosifiyning “Badoi ul vaqoye”, Hofiz Tanish Buxoriyning “Abdullanoma” kabi mumtoz tarixiy asarlari fikrimiz dalilidir.
Bundan tashqari Muhammad Shayboniyxon davrida Binoiyning “Ajoyib ul Maxluqot” geografik asarini ham aytishimiz mumkin, deb o’tilgan mavzuga xulosa yasaladi.
XV asrning ikkinchi yarmida milliy – madaniy markazi bo’lgan Hirot, XVI asrga kelib o’z mavqieni yo’qotdi, avval Shayboniy, keyinchalik esa Eron shohi Safoviy hukmdorlarning chekka shaharlaridan biriga aylanib qoldi.
Bu davrga kelib madaniy va adabiy markazlik roli Samarqand va Buxoroga ko’chgandi. Bu shaharlarga faqatgina O’rta Osiyo territoriyasidangina emas, balki Eron, Afg’oniston, Hindiston shaharlaridan ham bu yoki u sohalarning ishtiyoqmandlari kelar edilar. Natijada bu o’lkada o’sha zamon madaniyati va adabiyotining turli sohalarida ancha – ko’zga ko’ringan vakillar yashab ijod etishgan.
XVI asrda Movarounnahrda adabiyot, tarix fani me’morchilik va tasviriy san’at rivojlanib bordi. Poeziya juda ravnaq topdi. Hasan Buxoriy Nisoriy (1566 yil)ning “Muzakkir ul - ahbob” va Mutribiyning (1604 – 1605 yillar) “Tazkiroti Shuaro” nomli O’rta Osiyo antolgiyalari buning shohididir.
Bularda Samarqand, Buxoro, Toshkent va O’rta Osiyoning boshqa
shaharlarida yashab ijod qilgan bir necha yuz adabiyot va fan arboblarining nomlari keltirilgan. Antologiya tuzilishi bu davrda aholining madaniy saviyasi yuksak ekanligini ko’rsatadi.
XVI asrning birinchi yarmida Movarounnahrda O’zbek tilida adabiy va tarixiy asarlarning paydo bo’lishi maroqli hodisadir. “Tarixi guzidayi Nuratnoma” shu sohadagi ilk asarlaridandir. Muhammad Solihning “Shayboniynoma” dostoni ham o’zbek tilida yozilgan. Bu ikki asar, garchi Shayboniyxonning topshirig’I va ishtiroki bilan yozilgan bo’lsada, har holda O’rta Osiyo xalqlarining tarixi, etnografiyasi va adabiyotiga doir faktlarga asoslangan juda qiziq materiallarni o’z ichiga olgan.
XVI asrda yashab ijod etgan shoirlardan biri, buyuk shoir, adib, tarixchi va olim Boburdir. Boburnomani A. Beverij Boburga shunday baho bergan edi:
“… sahovatliligi, mardligi, talantligi, fanga, san’atga muhabbati va ular bilan muvaffaqiyatli shug’ullanishi jihatidan olib qaraganda, Osiyodagi podsholar ichida Boburga teng keladigan birorta podsho topa olmaymiz”.
Bobur 12 yoshidan boshlab umrining oxirigacha deyarli uzluksiz urush va yurishlar bilan band bo’ldi. Lekin, shunga qaramay, u keng va chuqur bilim olgan hamda ajoyib iste’dodi bilan o’z davrining yirik madaniyat arboblaridan biri bo’lib yashagn edi. U qaerda bo’lmasin, doimo ilm – fan, san’at va adabiyot oqillari bilan yaqindan aloqa bog’lar, ularga homiylik qilar va turli ilmiy – adabiy suhbatlar hamda munozaralar uyushtirar edi.
Bobur 16 – 17 yoshlaridan boshlab, badiiy ijodiyot bilan shug’ulanadi. U “Boburnoma”da 906 – 907 yillar (1449 – 1500 yillar) voqeasi haqida so’zlar ekan, “ul fursatlarda biror ikki qator bayt olishuv erdim, vam g’azal tugamaydir erdim” deydi. Bobur o’zbek klassik adabiyotining, ayniqsa, Alisher Navoiyning boy adabiy merosini hamda fors, tojik adabiyoti ustoz san’atkorlarining adabiy tajribalarini o’rganadi. Boburni eng yirik va eng ajoyib asari uni butun dunyoga tanitgan. Yevropa sharqshunoslari, jumladan, X. Vamberi tomonidan Yuliy Sezarning komentariyalari bilan bir qatorga quyilgan kitobi “Boburnoma”dir. Bu
asar tarixiy manba bo’lishi bilan birga o’zbek prozasining qimmatli yo dgorligidir,
shu bilan birga “Boburnoma” geografiya, etnografiya, tabiat, xalq meditsinasi va boshqa ilmiy sohalar boyicha ham qimmatli ma’lumotlar beradi.
Boburning “Boburnoma”dan tashqari yana bir qancha asarlari bor, bular islom dini huquqshunosligi va shariyat aqidalarini bayon etuvchi “Mubayyn” nomli she’riy risolasi “Validiya” nomi bilan atalgan tasavvufga oid kitobi “Xatti Boburiy” nomi bilan mashhur bo’lgan alfabit jadvalidan iborat. Shular jumlasidandir. Abdulla ibn Muhammadning “Zubdat ul asror” nomli tarixiy asari XVI asrning birinchi choragida majburdir. Unda Shayboniyxonning halok bo’lishiga olib brogan sabablardan biri – Shayboniylar lageridagi ziddiyatlar ochib ko’rsatilgan.
Rashididdin va Sharofiddin Ali Yazdiyning tarixiy asarlari o’zbek tiliga tarjima qilinadi. Ulug’bekka bag’ishlangan “Muntahabi Jome” va “Tavorixiy shoxiy” degan asarning o’zbek tiliga tarjima qilinganligi o’zbek tilining ta’sir doirasi kengayib borganidan dalolat beradi.
O’z zamonining tarixiga doir “Sharafnomai shoxiy” degan katta asarini Hofuz Tanish Buxoriy yozgan bo’lib siyosiy voqealarga boy. Bu asarda O’rta Osiyoning ijtimoiy – iqtisodiy tarixiga oid juda ajoyib ma’lumotlar bor.
Shuningdek, bu davrda ayrim Shayboniy hokimlari adabiy asarlar yaratishda qatnashganlar. Shayboniyxonning o’zi ham o’z zamonasining o’qimishli odami edi. Bu haqda X. Vamberi shunday yozadi, u har holda o’zining Eroniy dushmanlari tarafidan ta’sir etilganidek, nimani hohlasa, shuni bajarib yuruvchi vahshiy bir kimsa emas edi. Masalan, u zamonning ruhoniy ulamolariga katta hurmat, hatto bolalarcha itoat qilib, barcha urush safarlarida o’zi bilan barobar kichkina go’zal kutubxonasini olib yurar, Temur kabi bu ham doimo diniy munozaralarga qatnashgan. Qur’onning ba’zi bir oyatlari haqida Hirotning nimqadam tafsifchilari bo’lgan qozi Ixtiyor va Muhammad Yusufga e’tiroz ham bildirgan edi.
|