II bob. Muhammad Solihning « Shayboniynoma » asarida Markaziy Osiyo tarixining yoritilishi




Download 86,35 Kb.
bet6/9
Sana09.01.2024
Hajmi86,35 Kb.
#133466
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kurs ishi mavzu Muhammad Solihning “Shayboniynoma” asari Markaz-www.fayllar.org-2

II bob. Muhammad Solihning « Shayboniynoma » asarida Markaziy Osiyo tarixining yoritilishi
2.1 Muhammad Solihning hayoti va ijodi
Temuriylardan keyin hokimiyat tepasiga kelgan shayboniylar hukmronlik qilgan deyarli bir asrlik zamonda ham, bir oz tanaffus bilan, bunyodkorlik ishlari davom ettirildi. Bu sulolaning asoschisi Muhammad Shayboniyxon haqida o’sha uchrashuvda Prezident Islom Karimov xalqimizning o’tmishda o’tgan farzandi haqida xolisona fikr bildirishi ko’p savobli ish bo’ldi, chunki to shu paytgacha sho’rolar davrida chiqqan tarixiy kitoblarda ham, badiiy adabiyot – romanlarda ham umuman Shayboniylar sulolasi, xususan, sulolaboshi Muhammad Shayboniy haqida har tomonlama, chalkashu noto’g’ri fikrlar bildirildi, ayniqsa videofilmlarda to’pori dasht odati sifatida tasvirlandi. Prezidentimizning o’sha suhbatda “Shayboniyxon Buxoro madarasalarida tahsil ko’rgan, o’qimishli odam bo’lgan. Buxoroda olgan ilmma’rifatini hokimiyat tepasiga kelgach, yana el-yurtiga qaytarib bergan” deb xolis va to’g’ri fikr bildirishining ham ma’naviy, ham tarixiy, ham siyosiy ahamiyati bor. Prezidentimizning Shayboniyxon haqida bildirgan fikrining tarixiy ahamiyati shundaki, o’tmishda o’tgan tarixiy shaxsga baho berioshda uning qaysi bir sulola vakili bo’lganiga qarab emas, balki faoliyatiga qarab, el-yurtiga qanday xizmat qilganiga, o’zidan keyin nimalar qoldirganiga qarab baho berish lozimdir. Prezidentimiz bildirgan fikrning siyosiy ahamiyati shundaki, XV asrning oxiri va XVI asrning boshlarida, sanani Shayboniyxonning Samarqand taxtini egallashidan belgilasak, 1500 yili yurtimizda hokimiyat almashuvi yuz berdi, hokimiyat temuriylardan shayboniylar qo’liga o’tdi, el-yurt o’z joyida qolaverdi, o’zbek milliy davlatchiligi davom etaverdi. Muhammad Solihning ijodi va faoliyati haqida Muhammad Solih o’zbek adabiyotining ulkan namoyondalaridan biridir. Navoiy va Bobur kabi atoqli so’z san’atkorlari tomonidan iste’dodli shoir sifatida ta’riflangan Muhammad Solihning o’zbek va fors-tojoik tillarida yaratgan she’rlarida ayrim parchalargina saqlanib qolgan, xolos. Uning epik ijodi - “Shayboniynoma” esa bizga qadar to’la yetib keldi. O’zbek klassik adabiyotida birinchi tarixiy doston bo’lgan “Shayboniynoma”, ayrim tendentsioz xususiyatlariga qaramay, ikki sulola: Temuriylar bilan shayboniylar o’rtasidagi urushlarning dahshatli manzaralarini tasvirlashi, badiiy uslubi va tili bilan o’tmish adabiyotning qimmatli bir yodgorligidir. Muhammad Solih 1455 yilda Xorazmda tug’ilgan. Uning bobosi Amir shoh Malik Ulug’bekning vasiysi va tarbiyachisi bo’lib, Temur va Ulug’bek saroylarida katta obro’ga ega bo’lgan amirlardan edi. Otasi Nur Saidbek esa Ulug’bek, Jo’gi Mirzo va Abusaid Mirzo saroylaridagi e’tiborli arboblardan biri bo’lib, keyinchalik Abusaid Mirzoga qarashli bo’lgan Xorazmda ancha vaqt hokimlik qilgan. Toju-taxtni egallash uchun uzoq yillar davomida Abusaid Mirzoga qarshi kurash olib brogan Husayn Boyqaro 1467 yilda Xorazmga hujum qiladi. Mudofaa choralarini yaxshi tashkil eta olmagan Xorazm amirlari Husayn Boyqaroning hujumiga bardosh bera olmay, qochib ketadilar. Bundan g’azablangan Abusaid Mirzo, tarixchi Abdurazzoq Samarqandiyning “Matlaus-sa’dayn” (“Ikki baxtning boshlanmasi”) asarida hikoya qilishicha, “Hamma mirlar Xorazm viloyatiga jo’nasinlar… gunohi ayon bo’lgan har bir kishiga sazo va jazo berilsin…”, deb buyruq qiladi. Shu jumladan, Amir Nur Said ham jang kunlari parvosizlik qilgani uchun gunohkor sanalgan edi. Amirlar oliy farmonga binoan, Xorazmga jo’nab, ahvolni batafsil bilandilar: ”Xorazm askarlarining soni ko’p bo’lishiga qaramay, zafarpanoh Miroz Sulton Husaynning hujumiga bardosh bera olmay, birdaniga qochib qolgan ekan... Amir Pirdarvesh Kuchin… Amir Saidni tutib olib, uni otga mindirib, shamol tezligida uni Hirotga yuboradi. Uning butun mollari va vajhlarini talon-taroj ettirdi. Amir Nur Said Rabbial-Avvalning 20-sida Hirotga eltdi va uni Ixtiyoriddin qal’asiga qamadilar… janob shayx (Abduraxmon Jomiy) amir Nur Saidning gunohini tiladilar. Hazrati Xilofatpanoh (Jomiy)ning iltimosini qondirdi…” Nur Said Hirotda avval xiyla moddiy muhtojlik tortadi. Hatto bir ot berishini so’rab Abusaid Mirzoga murojaat qiladi. Lekin oradan ko’p o’tmay, Abdurazzoq 1 Abduqahhor Ibrohimov. Bizkim, o’zbeklar… “Sharq” nashriyot-matbaa aktsiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. Toshkent – 2001. 29-30 betlar.
Samarqandiyning aytishiga qaraganda, Nur Said “yana amirlar qatoridan joy egallaydi…” 1469 yilda Husayn Boyqaro Hirot taxtiga chiqadi. Abusaid Mirzoning bir qancha amir va beklari jazoga tortiladi. Shu vaqtlarda Marv shahrida bo’lgan Nur Said ham qatl qilinadi. Muhammad Solih otasining fojiali sarguzashti va o’zining yoshlik chog’larini eslab, keyinchalik “Shayboniynoma”da bunday degan edi: …Laqabi Solihu o’zi solih, Nur Said o’g’li Muhammad Solih. Mundoq ayturki, xudodin taqdir Chunonam ishiga berdi tag’yir: Chiqdi Xorazm diyori qo’ldin, Xevaqu Kot hisori qo’ldin, Tushti andin guzori Marv sori, Anda sovruldi ev(u) eli bori. Ayladi no’sh shahodat jomi, Anga nesh o’ldi saodat jomi. Meni gardun sitami qildi yetim, Ayladi kishvari g’am ichra muqim.., Muhammad Solih oila boshiga tushgan kulfatlarga qaramay, qunt va havas bilan o’qiydi. Abduraxmon Jomiydan tahsil oladi, arab va fors-tojik tillarini o‘rganadi, tarix, adabiyot, husnixat va boshqalar bilan shug’ullanadi, she’r yozishni mashq qiladi. Shu bilan birga, u goh Xurosonda, goh Samarqandda Temuriy hukmdorlarining saroyida mulozimlik qiladi. Muhammad Solih otasining fojiali taqdiri va amir-amaldorlar o’rtasidagi nizo-adovat, saroydagi ishratbozliklar uning g’azabini yanada kuchaytiradi. Muhammad Solih 1499 yilda Mulla Abduraxmon degan amaldorning maslahati bilan Temuriylar saroyini tark etib, Shayboniyxon tomonga o’tadi. Temuriylar dargohida xizmat qilgan amir-amaldorlar, shoir va olimlarni o’z tomoniga og’dirib olishdan manfaatdor bo’lgan Shayboniyxon Muhammad Solihni yaxshi qabul qiladi va o’z saroyida “amirul-umaro” (“amirlar amiri”), “amlikul-shuaro” (“shoirlar boshlig’i”) martabasiga ko’taradi. Muhammad Solih Shayboniyxonning davlat idora ishlari va harbiy yurishlarida faol ishtirok etadi. Shayboniyxon 1500 (905) yilda Buxoroni egallab Samarqandga yurish qilayotganida, Muhammad Solihni Buxoroda o’z o’rniga qoldiradi. Muhammad Solih bir oz vaqt Qunduz shahrida ham bo’ladi. U Shayboniyxonning ukasi Sulton Mahmudning vafotidan keyin (1504 yil) Shayboniyxondan ruxsat olib Buxoroga qaytadi. Shayboniy 1504-1505 yillarda Xorazmga yurish boshlaydi. Shayboniy qo’shini Buxorodan chiqib Qorako’lga
yetganda Chorjo’y hokimi Amir Yorali Shayboniyni sovg’alar bilan qarshi olib, unga taslim bo’ladi. Shayboniyxon Chorjo’yga Muhammad Solihni dorug’a (shahar hokimi) qilib qoldiradi. Muhammad Solih Chorjo’yda birmuncha tartib o’rnatib olgandan so’ng Shayboniyxonning izidan Xorazmga jo’naydi. Xorazm hokimi Chin So’fi Husayn Boyqoradan madad so’raydi. Shu orada Husayn Boyqora Shayboniyxonning e’tiborini Xorazmdan chetga tortish uchun, Qunduz, Chorjo’y va boshqa joylarga qo’shin yuboradi. Muhammad Solih Chorjo’yga qaytadi, qal’ani mustahkamlaydi, askarlarni jangga tayyorlaydi. Temuriylar elchi yuborib, Muhammad Solihni o’z tomonlariga o’tkazmoqchi bo’ladilar. Biroq u : Men dedim: “Sizga javobim o’qtur, Mundin o’zga base so’zum yo’qtur.
Javringizdin otam o’ldi, netayin? Boshima qayg’u o’quldi, netayin? Men otam qoni uchun otlanaman, Men o’zim joni(m) uchun qotlanaman…”, - deb javob beradi. Muhammad Solih 1505 yilning oxiri yoki 1506 yilning boshida Neso (Ashaxobod yaqinida) shariga dovrug’a qilib tayinlanadi. Aftidan, u 1510-1511 yillargacha Neso shahrida yashagan. Shayboniyxonning vafotidan keyin esa Buxoroga qaytib, umrining oxiriga qadar o’sha yerda istiqomat qilgan. Lutf Ali ibn Oqoxon Ozarning “Otashkada” asarida ko’rsatilishicha, Muhammad Solih hijriy 941, melodiy 1535 yilda Buxoroda vafot etadi. Hasanxo’ja Nisoriy “Muzakkirul-ahbob”da Muhammad Solihning Mirzo Ulug’bek ismli o’g’li bo’lgani va uning iste’dodli shoir ekanligini aytib, uning: “Ey xo’sh ul kunlardirki, ko’nglim vaslidin xushaxol edi; Axtarim farxundau baxtim hunoyun fol edi” Baytini keltiradi. Muhammad Solihning oilaviy hayotiga doir boshqa ma’lumotlar saqlanib qolmagan. Shunday qilib, Muhammad Solih Temuriylar sulolasining inqirozi va yemirilishi, shayboniylar sulolasining vujudga kelishi va dastlabki hukmronligi yillarida yashadi, ijod qildi. Uning hayoti va faoliyati, badiiy ijodi, ayniqsa “Shayboniynoma” dostoni mana shu ikki sulola o’rtasidagi kurash va to’qnashuvlar bilan, bu kurash va to’qnashuvlarning oqibati bilan yaqindan bog’liqdir. Muhammad Solih lirik va epik shoirdir. Manbalarda Muhammad Solihning badiiy ijodiyotidagi “Zullisonaynlik” traditsiyasini muvaffaqiyat bilan davom ettirgan, o’zbek va fors-tojik tillaridagi she’rlari bilan kitobxonlarga, adabiyot ahllariga manzur bo’lganini ko’rsatadi. Biroq, afsuski, Muhammad Solihning lirik she’rlar to’plami bizga qadar saqlanib qolmagan yoki hozirga qadar noma’lum bo’lib kelmoqda. Biz bu iste’dodli shoirning ayrim lirik parchalari bilan “Majolisun-nafois”, “Badoeul-vaqoe”, “Bobirnoma”, “Tuhfai Somiy”, “Otashkada” va boshqa manbalar orqali tanisha olamiz. Muhammad Solihning bir necha mustaqil lirik she’rlari “Shayboniynoma” dostonida ham bor. Navoiy “Majolusin-nafouis”da Muhammad Solih haqida bunday deydi: “Muhammad Solih – ismi munosabati bilan Solih taxallus qilur. Nur Saidbek o’g’li dururkim, ko’p vaqtlar Chohrjo’y navosidin Adoq navosig’a degincha amorat (amirlik – N.M) qildi va Sulton Abusaid Mirzo eshigida, Uug’bek va Jo’gi Mirzo eshigida sohib ixtiyor va jumlatul-mulk erdi. Ammo bag’oyat badfe’l – badxulq kish erdi. O’zi muloyim yigitdur. Atvorining otasi atvorig’a nisbati yo’qtur. Anga ham g’arib sahve tushtukim, Sulton Sohibqiron (Husayn Boyqora – N.M.) qullig’idin g’aybat iztiyor qildi. Ba’zi dedilarkim, bexudluq olamida yomon musohiblar ani yomon yo’lg’a tutubdurlar1. Ta’bida xeli diqqat vachoshin bor. Xatqa ham qobiliyati ko’pdur. Bu matla aningdurkim: Nayam oshufta, gar po’shid kokul mohi tobonash, Cha g’am az tiyragiyi shab, chu boshad subhi poyonash”. Yuqorida keltirilgan bayt Muhammad Solihning mohir san’atkorligiga dalildir. Bu bayt haroratli sevgi. Yorning visoliga erishish ishtiyoqi, va bunga ishonch hissi tashbihi tom (to’la o’xshatish) usuli bilan ifodalangan: kokul – tun, yuz – tong. Zahriddin Muhammad Bobur ham ‘Boburnoma”da Muhammad Solihga “Choshnilik g’azallari bor, agarchi hamvorlig’i choshnischa yo’qtur, turkiy she’ri ham bor. Yomon aytmaydur…” deb baho beradi va bir necha o’rinda uning she’rlaridan parchalar keltiradi hamda bir baytiga tatabu’ qiladi. Muhammad Solihning ijodiy merosi haqida so’z borganda adabiyotshunos olimlarimiz ko’proq uning “Shayboniynoma” asari yuzasida fikr yuritadilar. Haqiqatan ham, adibning bu asari o’zbek adabiyoti tarixida alohida o’rinni ishg’ol etadi. Muhammad Solihga qadar yaratilgan dostonlar ko’proq an’anaviy syujet asosida yaratilar edi. Bu asarlar davr bilan, o’sha tarixiy sharoit bilan bog’liq holda yaratilgan bo’lishiga qaramay bevosita hayotdagi voqea-hodisalar aks ettirilgan realistik xarakterdagi dostonlar deyarli yo’q edi. Bu jihatdan Muhammad Solihning “Shayboniynoma” dostoni XVI asr o’zbek adabiyoti tarixida muhim hodisa bo’ldi. Shayboniyxonning bosqinchilik harakatlarida ishtirok etgan Muhammad Solih ushbu asarida uning 5-6 yillik dahshatli yurishlarini tasvirlagan. Muhammad 1 Navoiy Mullo Abdurahim kabi kishilarni ko’zda tutsa kerak. 2 Baytning mazmuni: kokili yorqin oy (day yuzi)ni yopib turgan ekan, parishon emasman; oxiri tong bo’lganidan keyin tunning qorongiligidan nima g’am?
Biroq, ba’zi nuqsonlarga qaramay, bu asar Muhammad Shayboniyxonning 1499-1506 yillar orasidagi yurishini haqqoniy aks ettiruvchi jangnoma tipidagi yirik dostondir. Unga qonli to’qnashuvlar, xalq boshiga tushgan og’ir musibatlar ma’lum darajada o’zini realistik ifodasini topgan.
“Shayboniynoma”ni o’qigan kitobxon XVI asr boshlarida og’ir hayot, xalq boshiga tushgan behisob jabru-kulftalar, ayniqsa, xotin-qizlarning hurlanishi yaqqol aks ettiriladi. “Shayboniynoma” dostonining qo’lyozma nusxalari juda oz bo’lib, bizgacha uning 1510 yilda shoir hayotligida ko’chirilgan nusxalaridan biri yetib kelgan. Bu nusxa Vena kutubxonasida saqlangan. 1885 yilda sharqshunos olim Hermann Vamberi shu nusxa asosida asarni nemischa tarjimasi bilan birga Venada nashr ettirgan. Keyinroq sharqshunos olim P.M.Melioransliy o’sha qo’lyozmaning fotokopiyasi va Vamberi nashri asosida 1908 yilda Sankt-Peterburgda asarni ikkinchi marta nashr ettirdi. “Shayboniynoma” dostonini bosmaga tayyorlash uchun P.M.Melioranskiy nashri asos bo’ldi. Asarning 1961 yilgi nashri uchun ham P.M.Melioranskiy e’lon qilgan nusxa asos bo’lgan edi. Filologiya fanlari nomzodi Nasrullo Davron nashrga tayyorlagan bu nusxa ayrim tekstologik nuqsonlardan qat’iy nazar ma’lum ahamiyatga egadir. Ma’lumki, P.M.Melioranskiy nashrga tayyorlagan nusxa ham ayrim kamchilik va nuqsonlardan holi emas. Chingizxon haqida Juvoniy, Alouddin Otamlik ibn Muhammad (12261283), Temur haqida Sharofiddin Ali Yazdiy (tug’ilgan yili noma’lum, 1554 yilda vafot etgan) yozgani kabi Shayboniyxonning hayot yo’lini yoritishda ham xuddi shunday vazifani Muhammad Solih bajardi. To’g’risini aytganda, Muahmmad Solih Shayboniyxonning biografiaysi, nafaqat qalami bilan, balki, qilichi bilan ham uning shon-shuhratini oshirishga hissa qo’shgan. Muhammad Solihning o’zbek tiliga nazm bilan yozilgan “Shayboniynoma” asari badiiy saviyasining yuksakligi, tilining soddaligi bilan ahamiyatlidir. Dostonning asl nusxasi topilmagan, ammo shoirning hayotligida Qosim kotib tomonidan 1510 yilda ko’chirilgan nodir nusxasi Venada saqlanmoqda. Asar Shayboniy va Temuriylar o’rtasidagi kurash tarixiga bog’langan bo’lib, 1499 yildan 1506 yillar orasidagi voqealarni o’z ichiga oladi. “Shayboniynoma” asari 76 bob yoki 4456 baytdan iborat. Manbalardagi biroz sonli she’riy injular “Shayboniynoma”dagi lirik she’rlar bilan birgaliklda Muhammad Solihni usta lirik shoir sifatida gavdalantiradi. U lirikada, garchi asosan traditsion mavzular doirasida qolgan bo’lsa ham, o’z original adabiy uslubni yarata olgan, tur xil badiiy usul va til vositalaridan mohirlik bilan foydalangan, yangi-yangi obrazlar, lavhalar yaratgan.
Biroq Muhammad Solihning adabiyot tarixidagi rolini uning bir necha misralarigina saqlanib qolgan lirikasi emas, balki hozirgacha to’la saqlanib qolgan “Shayboniynoma” dostonidan belgilab olamiz. Muhammad Solih 1506 yilda “Shayboniynoma”ni yozib tugatadi. Uning bu dostonidan keyin yana qanday asarlar (lirik she’rlaridan tashqari) yaratgani ma’lum emas. Sharqshunos G.Vamberi “Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi” asarida Muhammad Solih “Layli va Majnun” taxlitida bir masnaviy yaratgan deb aytadi. Biroq boshqa manbalarda bu haqda hech qanday ma’lumot yo’q. Ehtimol, G.Vamberi “Noz va Niyoz” manzumasining 1524-1525 yillarda vafot etgan muallifi Solih ismli boshqa bir shoirni yoki 1566-1567 yillarda vafot etgan Solih Ibn Jalolni (Layli va Majnun) nomli doston muallifini Muhammad Solih deb o’ylagandir. Har holda, Muhammad Solih asosiy adabiy merosi “Shayboniynoma” bo’lib qolmoqda. Shuni ham uqtirib o’tish lozimki, Shayboniyxon haqida Muhammad Solih “Shayboniynoma”sidan boshqa bir necha asar ham yaratilgan edi. Bu asarlarning ko’pi bevosita Shayboniyning o’z topshirig’i bilan vujudga kelgan edi. Shunday asarlardan biri Mullo Shodiyning 76 bobdan iborat “Fathnomai xoniy” (“Xonimning g’alaba kitobi”) dostonidir. Unda Shayboniyning tug’ilishidan tortib 1501 yilgacha ( Samarqandning Shayboniy tomonidan ikkinchi marta istlio qilinishigacha) bo’lgan voqealar bayon etilgan. Shayboniy saroyida bir necha yil xizmat qilgan Binoyi ham “Shayboniynoma” va “Futuhoti xoniy” “Xonning g’alabalari” degan ikkita tarixiy asar yozgan1. Bu asarlar Shayboniyning bolalaik chog’laridan tortib 1502 yilgacha bo’lgan sarguzashtlarini hikoya qiladi. Tarixchi Ro’zbehon Shayboniyning 913-914 (1508-1509) yillardagi urushyurushlarini tasvirlab, “Mehmonnomai Buxoro”2 asarini yozadi. Bu asarda tarixiy voqealardan tashqari, Shayboniyning diniy marosimlarda, bahslarda ishtirok etishi ham hikoya qilinadi. Bulardan tashqari, o’zbek tilida noma’lum muallif ham Shayboniynoma haqida asar yozgan. Unda muallif turkiy xalqlarning qadim zamonlardan boshlab Shayboniy vafotiga qadar bo’lgan tarixi haqida so’zlaydi. Ammo asarning dastlabki qismlarida tarixiy voqealar emas, balki afsona va rivoyatlar hikoya qilinadi. 2
Aftidan, Binoiy avval “shayboniynoma”ni yozadi, keyin shu asarni qayta ishlab, kengaytirib “Futuhoti xoniy”ni yaratadi. Ro’zbehonning aytishiga qaraganda, asrning asl nomi “Safarnomai Buxoro” bo’lib, Sjhayboniyxon uning nomini “Mehmonnomai Buxoro” deb o’zgartirgan. Beryozin uni asli va ruscha tarjimasin bilan birga “Shayboniyda” deb atab, Qozonda nashr ettiradi.



Download 86,35 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 86,35 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II bob. Muhammad Solihning « Shayboniynoma » asarida Markaziy Osiyo tarixining yoritilishi

Download 86,35 Kb.