“Shayboniynoma” – tarixiy doston




Download 86,35 Kb.
bet7/9
Sana09.01.2024
Hajmi86,35 Kb.
#133466
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kurs ishi mavzu Muhammad Solihning “Shayboniynoma” asari Markaz-www.fayllar.org-2
Kurs ishi Mavzu “Moliya munosabatlarining mohiyati, vazifalari , 154 I son-21.12.1995-uz, 5-seminar. Nanotexnologiya asosida erishilgan yutuqlar reja-fayllar.org, portal.guldu.uz-O`zbek adabiyoti, IMG 20240108 165600 380, xanifa
2.2 “Shayboniynoma” – tarixiy doston
“Shayboniynoma”ning 1510-1511 yillarda Qosim degan kotib tomonidan ko’chirilgan eng eski yozma nusxasi Venada saqlanadi. Nasat’liq xati bilan yozilgan bu nusxa 218 varaq bo’lib, unda jang va ziyofat manzaralarini tasvirlovchi 9 ta miniatyura ham keltiriladi. Mana shu qo’lyozma nusxa asosida H.Vamberi 1885 yilda Venada dostonning asl matnini va uning nemis tilga qilingan tarjimasini nashr ettirgan edi. 1904 yilda esa shu qo’lyozma asosida mashhur turkshunosi P.M.Melioranskiy Peterburgda “Shayboniynoma”ning asl matnini nashr ettirib, Vamberi nashridagi kamchiliklarni tuzatadi va o’sha nusxadagi ikki miniatyurani ham kitobga kiritadi. Keyinchalik bu asarning ayrim boblari, parchalari. Xrestomatiya v to’plamlardan o’rin oladi, 1961 yilda esa bu asar O’zbekiston fanlar akademiyasi nashriyoti tomonidan to’la bosib chiqariladi. Muhammad Solih va uning ijodi A.Ibrohimov tomonidan tadqiq etilib, nomzodlik dissertatsiyasi yozilgan (1950 yil). “Shayboniynoma” Shayboniyxonga bag’ishlangan doston bo’lib, uning Temuriylarga qarshi olib borgan urush va yurishlarini tasvirlaydi. Doston 8902 misradan iborat bo’lib, 76 bobga bo’lingan. Bulardan 16 bob dostonning muqaddimasidir: I-III boblar diniy – traditsion xarakterdagi boblar bo’lib, IV bob so’z ta’rifi, V-XIV boblar Shayboniyxonning ta’rifi va tavsifiga bag’ishlanadi. XV bobda “Kitob nazmining sababi” bayon etiladi. XVI bob Mullo Abduraximga ataladi. Dostonning asosiy qismi XVII bobdan boshlanadi. Bu boblarda 1499/1500 – 1505/ 1506 yillarda ro’y bergan tarixiy voqealar xronologik izchillik bilan aks ettiriladi; ikki sulola – Temuriylar bilan shayboniylar o’rtasidgi urushlarning oqibati doston syujetining asosini tashkil etadi. Bu qonli kurashlarning shohidi va ishtirokchisi bo’lgan Muhammad Solih o’z ko’zi bilan ko’rgan, o’zi qatnashgan voqealrni hikoya qiladi. Shunga ko’ra, u bunday deydi: Har ne ko’rdim cherigida bir-bir, Barchasin nazm ila qildim tahrir. Dostonda Shayboniyxonning 1499-1500 yillarda Turkistondan Samarqandga qo’shin tortib kelishi, Samarqandni bosib olish uchun dastlabki urunishlarning barbod bo’lishi va chekinishi, Buxoro viloyatining hokimi Boqi tarxon va uning qo’shini Dabbusiy qo’rg’onida (hozirgi Ziyovuddin yaqinida) qamal qilib, Buxoroni bosib olishi, Qorako’l, Qarshi, G’uzor va boshqa joylardagi aholining qo’zg’olonlarini qattiqqo’llik bilan bostirishi, Samarqandni olti oy qamal qilishi, Boburning Samarqandni tashlab chiqishga majbur bo’lishi, Shayboniyxonni Samarqandni, keyinroq Andijon, Toshkent, Hisor, Badaxshon va boshqa viloyatlarni zabt etishi birma-bir bayon etiladi. Doston 1504-1506 yillarda Shayboniyxonning Xorazmga yurishi, uni egallab olib, g’alaba bilan Buxoroga qaytishi tasviri bilan tugaydi. “Shayboniynoma”ni jangnoma deb atash ham mumkin. Biroq u “Abu Muslim” va “jamshid” tipidagi traditsion jangnomalardan tubdan farq qiladi, chunki bu asarlarda afsonaviy voqealar hikoya qilinib, ularda kishilardan tashqari devlar, jinlar, parilar ham ishtirok etadi, diniy “karomat” va “mo’jizalar” so’zlanadi. “Shayboniynoma”da esa shoir ko’z o’ngida bo’lib o’tgan tarixiy voqealargina bayon qilinadi. Shu bilan birga “Shayboniynoma” Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy” asari tipidagi qahramonlik dostonlaridan ham o’ziga xos xususiyatlari bilan printsipial farq qiladi: “Saddi Iskandariy”da tarixy voqealarni va tarixiy shaxslarning faoliyatini tasvirlash vazifasi qo’yilmaydi. “Shayboniynoma”da esa, shoirning tutgan pozitsiyasidan qat’iy nazar, tarixiy voqea va tarixiy shaxslar tasvirlanadi. Binobarin, “Shayboniynoma” o’zbek adabiyoti tarixida jangnomaning yangi turidir, u birinchi tarixiy dostondir. “Shayboniynoma”ning personajlari tarixiy shaxslardir. “Shayboniynoma”da ikki sulola o’rtasidgi toj-taxt kurashlari tasvirlangani uchun, uning personajlari ham asosan shu ikki sulolaning namoyondalaridir. Dostonda, bir tomondan, Shayboniy va uning hukmdorlari: Sulton Mahmud, Temur Sulton, Jonvafobiy va boshqalar, ikkinchi tomondan, Bobur, Husayn Boyqora, Boqi Tarxon, Sulton Ali, Badiuzzamon va boshqa Temuriy hukmdoralr ko’rinadi. Shoir bu obrazlarni ularning o’zaro feodal kurashlardagi faoliyati, tarixiy voqelar rivojidagi tutgan o’rni va, qisman bo’lsa-da, shaxsiy hayoti, fe’l-atvori tasvirida gavdalantiriladi. Biroq Muhammad Solih tarixiy shaxslarga hamisha ham ob’yektiv munosabatda bo’lavermaydi. “Shayboniynoma”da o’zaro urushlar tufayli dahshatli azoblarga giriftor bo’lgan darg’azab qishloq va shahar aholisi – xalq obrazi ham berilgan. Shoir xalq boshiga tushgan kulfat, xarobalik va vayronalikdan qayg’uradi, biroq bu musibatlarning barchasini “taqdir” bilan bog’laydi, Shayboniyga qarshilik ko’rsatgan aholini qoralaydi. “Shayboniynoma”da shoirning o’z obrazi ham bor. U tarixnavis – nozim, voqelar ishtirokchisi sifatida, g’oyaviy qarama-qarshiliklari bilan birga gavdalanadi. Ayniqsa lirik o’rinlar shoir shaxsiyatidagi qarama-qarshiliklarni yanada chuqurroq va to’laroq ochib beradi.
Muhammad Shayboniy (1451-1510) Dashti Qipchoqda ko’chmanchi o’zbeklarning yirik davlatini vujudga keltirgan Abulxayrxonning nabirasidir. Abulxayr o’lganidan keyin uning toj-taxtini egallash uchun boshlangan kurashlar chog’ida Shayboniy (shoh Budog’ning o’g’li) Buxoroga qochib keladi. Buxoro hokimi Abdulali Tarxon uni yaxshi qabul qiladi. Shayboniy bir necha yil Buxoroda o’qiydi va bobosining davlatini tiklash maqsadida Turkiston atrofiga qaytib keladi. Biroq yetarli harbiy kuch to’play olmaydi. Keyinchalik Temuriylar davlatining inqirozidan foydalanib, Movarounnahrning ichki rayonlari (Samarqand, Buxoro va boshqa joylar)ga bostirib kira boshlaydi. U ayniqsa Boburga qarshi uzoq va qattiq kurash olib boradi. Shayboniy qonli kurashlar bilan Movarounnahr hokimiyatini qo’lga kiritadi, uzoq tayyorgarlik va urunishlardan keyin 1507 yilda Xurosonni egallaydi va so’ngra Eronni ham istilo qilmoqchi bo’ladi. Biroq Eron shohi Ismoil 1510 yilda Marv yaqinida uni 17 ming kishidan iborat qo’shini bilan birga qamal qilib, mag’lubiyatga uchratadi va Shayboniyni o’ldiradi. Shunday qilib, Shayboniy butun umrini toj-taxt uchun bo’lgan kurashlarda o’tkazgan tipik feodal hukmdordir. Shu bilan birga u lashkarboshi va shoir ham edi, u o’z sulolasi manfaatlari uchun ilm-fan, san’at va adabiyot ahllarini, qisman bo’lsa-da, o’z saroyi atrofiga jalb etadi, Temuriylar saroyining tark qilib kelgan Muhammad Solih, Binoiy kabi shoirlarni o’z himoyasi ostiga oladi. Muhammad Solih Shayboniyning butun hayoti va kurashini hikoya qilib o’tirmaydi. U muqaddimada Shayboniyning sarguzashti haqida qisqacha ma’lumot bergandan so’ng, dostonning asosiy boblarida uning 1499-1506 yillardagi faoliyatini, Temuriyalarga qarshi olib borgan kurashini batafsil so’zlaydi. Shayboniyni adolatli, ma’rifatli va xalqparvar podsho deb ko’klarga ko’tarib maqtaydi, uni ideallashtiradi. Muhammad Solih Shayboniyni “Tengrining yerdagi soyasi” deb ataydi, uning har bir tadbirini mamnuniyat bilan qutlaydi, uning har bir zafarini dini va shariatning zafari deb ta’riflaydi, unga yangi g’alabalar tilaydi. Shayboniyni “Jamshidi davron”, “Sulaymoni zamon” deb atab, uni Iskandar, xalifa Haydar va boshqalar bilan tenglashtiradi. Ilm-fanda u go’yo o’z asrining Ibn Sinosidir, u o’z hikmatlari bilan har qanday mushkulni ham hal etishga qodirdir, uning kasb-hunarda tengi yo’q; adabiyot sohasidagi uquvi va iste’dodi esa yanada ziyodroqdir. U, Muhammad Solihning fikricha, boshqa xonlar kabi majlis qurmaydi, aysh-ishrat surmaydi va hakoza. Muhammad Solih madhiyxonlik ruhidagi o’z ta’rif va tavsiflari bilan Sahyboniyxonni ideallashtirb, uning obro’-e’tiborini oshirishga, yangi sulolaning hokimiyatini mustahkamlashga intilgan. Biroq Muhammad Solih ob’yektiv tarixiy haqiqatni chetlab keta olmaydi. U kechmish voqealarni hikoya qilar ekan, istar-istamas, Shayboniyxon va uning qo’shinining bosqinchiligini, el-yurtni talon-taroj qilishini, ma’naviy-ahloqiy yaramas xatti-harakatlarini fosh qilib qo’yadi. Ikki sulolaning toj-taxt uchun kurashi natijasida ko’p shahar va qishloqlar xarob bo’ladi, minglab kishilar qirilib ketadi, dahshatli ochlik va ommaviy kasallik vujudga keladi. Bualrning barchasiga Temuriylar kabi shayboniylar ham bab-barobar aybdor edilar. Kitobxon o’zaro feodal urushlarning dahshatli oqibartlarini ko’rar ekan, shoirning talqinidan qat’iy nazar, Shayboniy va uning xatti-harakatlaridan g’azablanamay qolmaydi. Shoir Shayboniyning shahar va qishloqlarga bostirib kirishni tasvirlab: “Hech kim qolmadi ul vaqt quruq, Yo’q erdi molu qiz olurg’a so’ruq” yoki: “Bottilar molg’a lashkar borcha, Bo’ldilar boy-tavongar borcha”, - deydi. “Molu qiz olish”dan Shayboniyxonning o’zi ham chetda qolmaydi. U Boqi Tarxonni yengib, Buxoroni qo’lga kiritganida, 12 yashar norasida qizni xotinlari qatoriga qo’shib oladi. Shayboniy Xonikadan va Alojaxonlarni hiyla-nayrang bilan yengib, asir olar ekan, ularning xotin-qizlari sha’niga haqoratli so’zlar aytadi. Shayboniyxonni “O’zga xonlar kabi majlis qurmas, Ayshu ishrat soridin dam urmas. Boda ichmoq sori bo’lmas myil, Bir zamon ishidin bo’lmas g’ofil”, - deb ta’riflagan Muhammad Solih, istar-istamas, uni aysh-ishratga berilib ketgan xon sifatida ham tasvirlaydi. Muhammad Solih Shayboniyxonning xatti-harakatalrini ba’zi bir tarix kitoblarnining mualliflariga qaraganda ancha ob’ektiv bayon etadi. Masalan, 1501 yilda Samarqandning olinishi va Sultonali Mirzoning onasi Zuhrabegimning yengiltagligi qo’l kelgan edi. Zuhrabegim, agar Shayboniyxon meni o’z nikohiga olsa, Samarqand darvozasini ochib beraman deb, Shayboniyxonga elchi yuborgan va bu qarorga o’g’lini ham rozi qilgan edi. Shunda Shayboniy ham o’zini Zuhrabegimga “oshig’i beqaror” qilib ko’rsatadi. Shayboniyxon Zuhrabegimga “ishq-muhabbat izhor qilib”, Samarqandni qo’lga kiritadi, so’ngra ko’p o’tmay Sultonali Mirzoni o’limga hukm qiladi, uning onasini birovga xotinlikka berib yuboradi. Shoir Zuhrabegimning yengiltaglikligiga g’azablanib, uni la’natlaydi. Biroq shoir Shayboniyxonning bu qilmishidan g’azablanganini oshkor ayta olmaydi, uni la’natlay olmaydi, go’yo u buni kitobxonning o’ziga havola qiladi. 3
Shayboniylar bilan Temuriylar o’rtasidagi toj-taxt kurashlari “Shayboniynoma” dostoning asosiy va yetakchi konfiiktidir. Doston muallifi shu konflikt aspektida bir necha Temuriy hukmdorning epizodik obrazini yaratadi hamda inqirozga yuz tutgan Temuriylar saltanati haqida fikr yuritadi. U Temuriylar saltanatining inqirozini tasvirlaydi, Temuriylarning o’zaro ixtiloflarini, toj-taxt talashishlarini va ma’naviy tubanliklarini to’g’ri tanqid qiladi. Dostonning muqaddimasida shoir Temuriylar haqida so’zlar ekan: …Bu jamoatki ko’rarsan holo, Tana-tirno bilan boshlab g’avg’o. Ichadurlar kecha-kunduz boda, Dinu imon soridin ozoda. Bir-biri birla muxolif borcha, Bir-biridin taqi hoyif borcha. Atodin bordur o’g’ul noxushnud, Atoni o’g’ul etoy der nobud. Ato ham bordur o’g’uldin bezor, O’lturur o’g’lini yig’latib zor… Qaydakim chodirini tikti nifoq- Qolmas ul tegrada osori vifoq. Mulk ilgidin chiqaru taxt ila toj, Taxtu toj ahlini etarlar ixroj, - deydi. Darhaqiqat, toj-taxt talashlari va ishratparastlik Temuriylar saltanatining halokatini yanada yaqinlashtirgan edi. Ichki kurashalr, ziddiyatlar girdobida qolgan Temuriylar Shayboniyxonga qarshi kurashda bir yoqadan bosh chiqarib, o’z kuchlarini birlashtira olmagan edilar. Ko’p yillar davomida Shayboniyxonga qarshi Zahriddin Muhammad Boburgina deyarli yakkama-yakka jang olib borgan edi. Muhammad Solih Temuriylarning bir-birga nisbatan adovat hamda xusumatini Husayn Boyqoro va uning o’g’illari misolida haqqoniyat bilan ochib tashlaydi. Shayboniyxon Xorazmni bosib olgandan keyin Husayn Boyqoro o’z toj-taxti qo’ldan ketib qolish ehtimolidan hadiksirab, Temuriy hukmdorlarni va shahzodalarni yig’ib, dushmanga qarshi birgalikda kurash olib borishga qaror qiladi. Biroq temurilar o’zaro ziddiyatlarni yengolmaydilar, maishatbozlikdan qutula olmaydilar: …Ul kun ichku bilan o’tkordilar, Mast bo’lib majlisdin bordilar… Muhammad Solih Temuriylarni shu xilda qoralaganda, shubhasiz, haqli edi. Biroq, shuni ham uqtirish lozimki, u bu aybnomani Shayboniyxonni idelalashtirishga bir vosita qilib qo’yadi. Shayboniyxonni taxtga chiqishini qonuniy bir hodisa deb ta’riflaydi, uni “elga inoyatlar qiluvchi” “Madhi zamon” deb ataydi: Dedilar borcha manga donolar, Kim: “Adam bo’lg’usidur mirzolar, Davlati oli Temur1 ketgusidur, Navbat o’zga kishiga yetgusidur. Ul kishi bordur Shayboniyxon, Xoni Shayboniyduru Mahdii zamon, Holi oning yeri Turkistondur, O’zbek eliga muazzam xondur…
Ittifoq anda-u dini imon. Zarbu shamsheru namozu qur’on, Mulk ul olmasa, kim olg’usidur? Borcha ofoq ango qolg’usidur”. Bundan tashqari, Muhammad Solih Temuriylarga, ayniqsa Boburga haddan ortiq tendentsioz munosabatda bo’ladi. U Boburni mumkin qadar qoralashga, salbiy holda ko’rsatishga intilib, uning faoliyatidagi ijobiy tomonlarni e’tirof qilmaydi. Uning tasvirida Bobur zolim va johil bir kishi sifatida gavdalanadi. Muhammad Solih Boburning Samarqandni egallab olishini bayon qilar ekan: Chu Samarqandni oldi Bobur, Xalq aro tarifqa soldi Bobur. Husn maydoniga zolim kirdi, Zulm bozoriga ravnaq berdi…
Deydi. U Boburga nisbatan tendentsioz kayfiyatda bo’lgani tufayli, Boburning Samarqandni olishga xiyla xayrixohlik bilan qaragan shahar aholisini haqorat qilishgacha borib yetadi: …Ushbu so’zlar bilan ul nodon el, Qoysi nodonki bo’lak hayvon el, Shartlar ayladialr mustahkam, Qildilar qal’alarini mahkam… Shunday qilib, Muhammad Solih, bir tomondan, Temuriylar saltanatining inqirozi va halokatini to’g’ri tasvirlashga intilsa, ikkinchi tomondan, tendentsiozlik kayfiyatlariga berilib, tarixiy haqiqatni soddalashtiradi.
Oli temur – Temur xonadoni, temur avlodi.
Ikki sulolaning toj-taxt kurashi feodal-klerikal ekspluatatsiya ostida ezilib yotgan mehnatkash aholini yanada qattiqroq xonavayron qilgan edi. Dahshatli urushlarda ko’pgina shahar va qishloqlar xarob etilgan, elning mol-mulki talon-taroj qilingan, yigitlarning qoni behuda to’kilib, qizlarning nomusi tahqirlangan, ota-onalar zor-zor yig’lagan, qon qaqshatilgan edi. “Shayboniynoma”da xalq obrazi mana shu urushlar va ularning oqibati aspektida tasvirlanadi; shoir ikki sulola o’rtasidagi urush va uning oqibatlariga “taqdirning ishi” deb qarashi hamda Shayboniyxonga yon bosishi, uni oqlashi va feodal klerikal e’tiqodlariga qaramay, xalq ommasining feodal bosqinchilariga bo’lgan nafrat va g’azabini, uning vatanparvarlik va qahramonlik ruhini, o’zaro urushlarning dahshatli lavhalarini tasvirlaydi, joy-joyi bilan mazlum va jabrdiydalar holiga achinadi. Bu bilan Muhammad Solih o’zbek klassik adabiyotida realism tendentsiyalari rivojiga katta hissa qo’shadi. Xalq ommasi, jumladan Samarqand aholisi Temuriylar hukmronligi davrida ko’p jafo chekkan edi. Binobarin, Muhammad Solih: Necha yil muncha balolar bor edi, Anga anvon jafolar bor edi, - deydi. Biroq aholi boshqa bir podshoning kelishi bilan o’z ahvoli yaxshilanmasligini, ikki sulolaning toj-taxt talashi o’ziga faqat ochlik, xarobalik va o’lim keltirishini bilanr edi. Shuning uchun aholi Samarqandni mardona mudofaa qilishga otlanadi: Olishib qal’ani biz soqlog’oli, solishib biz qal’ani soqlog’oli. Itlarimizgacha hosil so’yoqli, It eti eyirg’a ko’ngil qo’yoli. Angocha soqlog’oli qo’rg’onni, Joniga yetkuroli ul xonni. Boshqa shaharlar aholisi ham samarqandliklar kabi, Sahyboniyxon qo’shiniga qarshi mardona kurashga otlanib, qo’zg’olonlarini qattiq mudofaa qiladi. Do’q-po’pisalar g’azabkor va isyonkor xalqning ruhini so’ndirolmaydi. Sulton Mahmudning Qorako’l aholisiga surbetlarcha aytgan balandparvoz so’zlariga qarshi aholi: Dedilar: “Har na qilursiz, qilingiz! Urushur bo’lsangiz, emdi kelingiz!.. Biz boshimizni ko’rubmiz onda, Yo’qtur hech ishimiz jonda. Ko’chamiz mahkam erur, qo’rg’on ham,
Ola olmas ani sulton, xon ham”. – deydi va mudofaa jangiga otlanadi. Biroq xalq ommasi ikki sulolaning tojtaxt urushlari oldini aytolmaydi, Shayboniyxonning hujumlarini daf eta olmaydi, u Temuriylarning jabr-zulmidan najot topmay turib, shayboniylarning bosqini va taloniga giriftor bo’ladi. Shayboniy: Bizga yo’q hech tarafdin tashvish, Qabomoqdin base yo’q yaxshiroq ish, - deb shahar va qo’rg’onlarni qamal qilish, aloqa yo’llarini kesib qo’yish, aholini oziq-ovqatsiz, suvsiz qoldirib darmonsizlantirish taktikasini qo’llaydi. Jumladan, u Samarqandni 6 oy, Qarshi va Andijonni 2 oy qamal qiladi.4 Qamal ko’pincha avji pishiqchilik mahaliga to’g’ri kelar edi. Xalq yil bo’yi peshona teri to’kib yetishtirgan hosilini yig’ib ololmay, jonini saqlab qolish uchun, shahar va qo’rg’onlarga chekinishga majbur bo’lar, tez orada oziq-ovqati tugab, ochlik va qahatchilik va o’lat boshlanar, ming-minglab kishilar qirilib ketar edi. Shayboniyning Samarqandni qamal qilishi ham pishiqchilik vaqtida boshlangan edi. Aholi dala-dashtni tashlab shaharga chekinishadi, Shayboniy qo’shini butun uy-joy, ekin-tekinni egallab oladi, shahar ichidagi aholi ochlikdan qirila boshlaydi. Bu manzarani Muhammad Solih quyidagicha tasvirlaydi: …Tashqari mevayu oshliq bisyor, Har na lashkarga kerak, bor tayyor… Tashaqri bog’lar ichra anhor, Ichkari suvsiz ulus yig’lab zor… Hazrati xon cheriki xurramu shod, Fikru anduh so’zidin ozod. Bog’lar ichra qilib ayshu nishot, Tushubon sabzasidin sabz bisot. Mevalardin tuzub asbobi farog’, Jannate har biriga bir bog’… Tashaqri meva chu bisyor o’ldi, Ichkari xalq dilafkor o’ldi. Tashaqri meva sarosar pishti, Ichkari ochlig’idin el shishti… Olti oy chekti bu qo’rg’on qaboli, Bo’lmadi hech tarafdin xoli. Mazlum xalq shahardan chiqib, o’z ekin-tekiniga o’g’irlikka kirishga majbur bo’ladi. Kuzning hosilidan mahrum bo’lgan el shiddatli qishning hujumiga duch keladi: Chun Samarqand bu nav’ bo’ldi xarob, Bo’ldi ko’p qahat bo’lurg’a asbob. Kuz bu nav’ erdi ulusning holi, Yozga shahar o’ldi ulusdin xoli. Qish qattiq keldiyu ko’p yog’di qor, O’ldi ochu yalang’och el bisyor… Shoirning tasvirlashicha, bu dahshatlardan go’yo ko’k ham alam chekadi, u “mo’ldur-mo’ldur” ko’z yoshi oqizib, ko’cha-ko’yda yotgan o’liklarni yuvadi, so’ngra qor yog’ib, go’yo ularni kafanga o’raydi: Avvalo bir necha yog’di yomg’ur, Tomdi ko’kning yoshi mo’ldur-mo’ldur. Yog’di yomg’ir so’ngidin muncha qor Kim, o’luklarga qilib mehr izhor. Faqat Samarqand aholisi emas, balki qamal qilingan boshqa joylarning aholisi ham shunday dahshatga duch keladi. Chunonchi, Urganch qo’rg’oni qamal qilinganda, kishilar ochlikdan o’lmaslik uchun eshak, it, hattoki odam etini yeishga ham majbur bo’lganlar: Eshaku it edi doru bo’ldi, Davr qo’rg’onda bu tavr evruldi… Edilar yoshgina o’g’lonlarni, Ju’din1 qutqoribon jonlarni. Qamalda qolgan Qarshi aholisi qahatchilik va ochlik ustiga o’lat balosiga ham giriftor bo’lgan edi: Tashqari elga g’animat tushti, Ichkari elga o’lat yopushti. Goh uch yuz kishi o’ldi bir kun, Goh o’n kent eli o’ldi bir kun… Ikki oykim qabol erdi onda, Oz kishi qoldi o’shul qo’rg’onda. Qolgani ham bori bemor edilar, G’ussai g’am qo’lida zor edilar.

Download 86,35 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 86,35 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Shayboniynoma” – tarixiy doston

Download 86,35 Kb.