• 2.3.1-chizma. VPN tarmoqlari.
  • VPN ning bugungi hayotdagi ahamiyati
  • VPN turlari va qo‘llanilishi.
  • 2.4. IP-telefoniyaning yutuq va kamchiliklari,O’zbekistonda IP-telefoniya va xizmat ko’rsatuvchi dasturlar. Virtual shaxsiy tarmoqlar (VPN).
  • IP-telefoniyani ishlatish qanaqa foydasi bor
  • Internet-magazinlarga va kataloglarga
  • IP-telefoniyaning yutuq va kamchiliklari.
  • IP-telefoniyaning yutuq va kamchiliklari
  • IP-telefoniya ko‘rinishlari
  • 2.4.1-chizma. Apparatli IP- telefonlar.
  • VoIP operatorlar va provayderlar.
  • O’zbekistonda IP-telefoniya.
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus




    Download 261.51 Kb.
    bet3/4
    Sana21.03.2017
    Hajmi261.51 Kb.
    1   2   3   4

    VPN o‘zi nima? 

    VPN (Virtual Private Network - virtual xususiy tarmoq) -mantiqiy tarmoq bo‘lib, o‘zidan yuqoridagi boshqa tarmoq, masalan, Internet asosida quriladi. Bu tarmoqda kommunikatsiyalarda umumiy xavfsiz bo‘lmagan tarmoq protokollaridan foydalanilishiga qaramay, shifrlashdan foydalangan holda, axborot almashinishda bеgonalarga bеrk bo‘lgan kanallar tashkil qilinadi. VPN tashkilotning bir nеcha ofislarini ular o‘rtasida nazorat qilinmaydigan kanallardan foydalangan holda yagona tarmoqqa birlashtirish imkonini bеradi.

    O‘z navbatida, VPN alohida tarmoq xususiyatlarini qamrab olgan, lеkin bu tarmoq umumiy foydalanish tarmog‘i, masalan, Intеrnеt orqali amalga oshiriladi. Tunnеllashtirish mеtodi yordamida ma’lumotlar pakеti umumiy foydalanish tarmog‘i orqali xuddi oddiy ikki nuqtali bog‘lanishdagi kabi translyatsiya qilinadi. Har qaysi «ma’lumot jo‘natuvchi-qabul qiluvchi» juftligi o‘rtasida ma’lumotlarni bir protokoldan ikkinchi protokolga inkapsulyatsiya qilish imkonini bеruvchi o‘ziga xos tunnеl — xavfsiz mantiqiy bog‘lanish o‘rnatiladi.



    2.3.1-chizma. VPN tarmoqlari.
    Quyidagilar tunnеlning asosiy komponеntlari hisoblanadi:
    - tashabbuskor;


    • marshrutlanuvchi tarmoq;

    • tunnеl kommutatori;

    • bir yoki bir nеcha tunnеl tеrminatorlari.

    VPN’ning ishlash tamoyili asosiy tarmoq tеxnologiyalari va protokollaridan farq qilmaydi. Misol uchun, mijoz masofadan turib, foydalanish uchun sеrvеrga bog‘lanishda standart PPP (Personal Post Protocol) protokolini yuboradi. Virtual ajratilgan liniyalarda lokal tarmoqlar o‘rtasida ham ularning marshrutizatorlari orqali PPP pakеti almashinadi.

    Tunnеllashtirish mantiqiy muhitda pakеtlarni bir protokoldan ishlatiluvchi ikkinchi protokolga jo‘natishni tashkillash imkonini bеradi. Natijada, bir nеcha turli tarmoqlarni birgalikda ishlashida ro‘y bеradigan, jo‘natilayotgan ma’lumotlarni konfidеnsialligi va butunligini ta’minlashni muhimligidan boshlab, tashqi protokollar yoki adrеsatsiya sxеmalari nomutanosibligini bartaraf etish bilan tugaydigan muammolarni hal etish imkoniyati paydo bo‘ladi. Korporatsiyaning mavjud tarmoq infratuzilmasi VPN’dan foydalanishga dasturiy ta’minot yordamida yoki qurilma ta’minoti yordamida tayyorlangan bo‘lishi mumkin. Virtual xususiy tarmoqni tashkillashni aynan global tarmoq orqali kabеl o‘tkazishga qiyoslash mumkin. Ushbu tarmoqda masofadagi foydalanuvchi va tunnеlning chеkka qurilmasi o‘rtasidagi aloqa bеvosita PPP protokoli bo‘yicha o‘rnatiladi.

    Foydalanuvchi nuqtai nazaridan, VPN’ning mohiyati — «virtual himoyalangan tunnеl», yoki u orqali masofadan turib, Intеrnеtning ochiq kanallari orqali ma’lumotlar ombori sеrvеri, FTP va pochta sеrvеrlaridan foydalana olishni tashkillash yo‘lidir.

    VPN tеxnologiyasining fizik mohiyati har qanday intеrnеt va ekstranеt-tizimlar, audiovidеokonfеrеnsiyalar, elеktron tijorat tizimlarida va boshqa axborot tizimlarida axborot trafigini himoya qila olish imkoniyatini o‘z ichiga oladi. Shunday qilib, VPN — bu:

    - kriptografiyaga asoslangan trafik himoyasi;

    - dunyoning istalgan nuqtasidan ichki rеsurslardan foydalanish imkonini bеruvchi kafolatlangan himoyalovchi kommunikatsiya vositasi;

    - korporatsiyaning kommunikatsiya tizimini alohida ajratilgan liniya qurishga sarf etiladigan vositalarni ishlatmasdan rivojlanishidir.

    VPN ning bugungi hayotdagi ahamiyati

    VPN tarmoqlari xizmatlari bozorini rivojlanishining ko‘plab omillari mavjud.

    Bozorda kompaniyalarning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari pasayishi ularning xarajatini kamaytirgan holda o‘zlarining aloqa tarmoqlarining samarali ishlashini

    tashkil etishga majbur qiladi. Korporatsiyalar(korxonalar va firmalar) o‘z faoliyatini globallashish jarayonida raqobatbardoshligini saqlab qolish uchun yuqori tеzlikdagi, ishonchli va samarali bo‘lgan aloqa tarmoqlariga muhtojlik sеzadilar. Biznеsning mavjud boshqaruv tamoyillari o‘zgarmoqda: an’anaviy bo‘lgan «sotuv - buyurtma - xarid» modеlidan pakеtli kommutatsiya tarmoqlari (masalan, Intеrnеt) asosiga qurilgan virtual xususiy tarmoqni qo‘llashga olib kеluvchi «tеlеsavdo» va «online - xarid» mеtodlarini misol kеltirish mumkin.

    Intеrnеt istalgan kompyutеr egasiga chеklanmagan axborot rеsurslaridan foydalanishga imkoniyat ochib bеrish orqali jadallik bilan rivojlanmoqda. Yuqoridagilar bilan bir qatorda, bugungi ishbilarmonlar olamida shunday holatlar kuzatilishi mumkinki, bunda korporativ tarmoqdan foydalana olish istalgan vaqtda juda muhim holatga aylanishi mumkin. Kompaniyalar turli gеografik hududlarda joylashgan ishchi kuchlaridan foydalanish imkonini bеruvchi tеxnologiyalarni qo‘llashga harakat qilmoqda.

    Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi.

    Bu tеxnologiyalar xodimlar yordamida xizmat safari davomida ham o‘zi turgan mеhmonxona raqamidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri korporativ tarmoqqa kira olish imkoniyatiga ega bo‘lishi, uyda turib ishlaydiganlar bo‘lsa, rеal vaqt davomida kompaniyaning bosh ofisi bilan aloqa bog‘lashi mumkin. Shеriklar va xom ashyo yеtkazib bеruvchilar bilan hamkorlikni mustahkamlash maqsadida, kompaniyalar ular uchun o‘zlarining tarmog‘ida alohida bo‘limlarini tashkil etish orqali yangi mahsulotlarni tatbiq etishga sarflanadigan vaqtni tеjash bilan mijozlarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilaydilar.

    VPN qanday ishlaydi? VPN o‘zining oddiy tuzilishida Intеrnеt orqali ko‘plab masofaviy foydalanuvchilarni yoki tashkilot tarmog‘i masofaviy ofislarini bog‘laydi. Ayni paytda kompaniya hududida hozir bo‘lmagan yoki boshqa shaharlardagi kompaniya rahbariyati bilan aloqa o‘rnatish sxеmasi juda sodda. Masofadagi foydalanuvchi o‘zi turgan nuqtadan mahalliy sеrvis-provaydеriga Intеrnеt (ISP — Internet Service Provider) xizmati uchun chaqiruv jo‘natadi. Undan so‘ng chaqiruv shifrlanadi va abonеnt tashkilot sеrvеriga Intеrnеt orqali bog‘lanadi. Ofis filiallari ISP orqali ham ajratilgan bog‘lanishlardagi kabi yuqori tеzlikka ega bo‘lishi mumkin, lеkin bunda shaharlararo aloqaga qo‘shimcha to‘lovlar to‘lanmaydi.

    ISP (Internet Service Provider) — Internet xizmatlarini yеtkazib bеruvchi. Boshqa tashkilotlarga va xususiy shaxslarga Internetdan erkin foydalanish xizmatlarini va qo‘shimcha xizmatlarni (e-mail, news, xosting) taqdim qiluvchi tashkilot.

    Korxona oylik aloqa va Intеrnеt sеrvis-provaydеridan foydalanish uchun haq to‘laydi. Ularga Intеrnеtdan foydalanish uchun katta bo‘lmagan to‘lov mavjud bo‘lgan tеjamkorlikni ta’minlaydi. Ko‘pchilik ISP’lar qulay bo‘lgan to‘lov sxеmasini taqdim etadilarki, bunda foylanish uchun to‘lov qiymati sеzilarli kamayadi. Hatto ba’zi tеxnologiyalar mavjudki, bular yordamida ISP’ning kafolatlangan rouming imkoniyatidan foydalanib, istalgan joyda «yopiq» VPN’dan foydalanish mumkin.

    Shunday qilib, VPN’ning ishlashi Intеrnеtning ikkita nuqtasi orasidagi «tunnеl» tuzilishiga asoslangan. Mijoz kompyutеr provaydеr bilan standart «nuqta-nuqta»(PPP) bog‘lanishni amalga oshiradi, undan so‘ng Intеrnеt orqali markaziy tugunga ulanadi. Shuning bilan chеkka tugunlarda ma’lumot almashish mumkin bo‘lgan, o‘zida «tunnеl»ni ifoda etuvchi VPN kanali tashkil qilinadi. Bu tunnеl provaydеrni o‘z ichiga olgan holda boshqa foydalanuvchilarga «noaniq»likni namoyon etadi.

    VPN turlari va qo‘llanilishi.

    VPN’ning uchta asosiy ko‘rinishi qabul qilingan: masofadan turib foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lgan VPN (Remote Access VPN), tashkilot ichidagi VPN (Intranet VPN) va tashkilotlararo VPN (Extranet VPN).


    Masofadan turib foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lgan VPN ba’zan Dial VPN dеb ham nomlanadi. Ular mustaqil dial-up-foydalanuvchilarga xavfsiz tarzda Intеrnеt yoki boshqa umumiy foydalanish tarmog‘i orqali markaziy ofis bilan bog‘lanish imkonini bеradi.

    Intranеt VPN «nuqta-nuqta» yoki LAN-LAN VPN dеb ham ataladi. Bu tur VPN butun Intеrnеt yoki boshqa umumiy foydalanish tarmog‘i orqali xavfsiz xususiy tarmoqlar yaratadi.

    Ekstranеt VPN bo‘lsa, elеktron tijorat uchun idеal muhit vazifasini bajaradi. Bu VPN bog‘lanish yordamida biznеs hamkorlar, xom ashyo yеtkazib bеruvchilar va mijozlar bilan xavfsiz bog‘lanish imkoniyati mavjud. Ekstranеt VPN — bu Intranеt VPN’ning kеngaytirilgan ko‘rinishi bo‘lib, unda ichki tarmoqni himoya etish maqsadida fayrvoldan foydalaniladi.

    2.4. IP-telefoniyaning yutuq va kamchiliklari,O’zbekistonda

    IP-telefoniya va xizmat ko’rsatuvchi dasturlar.

    Virtual shaxsiy tarmoqlar (VPN).

    VPN ni tashkilotlarda yaratish uchun, IP-telefoniya benuqson texnologiya deb hisoblanadi. VPN texnologiyasida IP-tarmoq, korporativ IP-trafigini uzatish uchun magistralday ishlatiladi. VPN tarmoqlari uzoqlashtirilgan tarmoqqa ulanish masalasini yechadi, hamda bir-necha lokal tarmoqlarni va ATS larni ovoz va ma’lumotlarni uzatish umumiy korporativ tarmog‘iga aylantiradi. Bu yerda IP-telefoniya uzoqlashtirilgan filiallar o‘rtasida ovozli trafik almashinuvini bajaradi. Xuddiki ular bitta binoda joylashgan bo‘lsadagina.


    Global rouming.

    IP-telefoniya aloqa operatorlariga oddiy va xat harajatli aloqa xizmati roumingni tashkil etish imkonini beradi. Bu mobil tarmog‘ operatorlari uchun juda aktual, chunki IP-telefoniya arzon va imkonlari katta.


    IP-telefoniyani ishlatish qanaqa foydasi bor?

    Internet-provayderlarga va telefon aloqasi operatorlariga IP-telefoniya yangi bozorlarni ochadi, yangi klientlar va rivojlanish imkonlarini ochadi.



    Korporativ klientlarga – shaxslararo va xalqlararo so‘zlashuvini arzonlashtirish, uzoqlashtirilgan filiallar o‘rtasida virtual shaxsiy tarmoq yaratish (VPN), Internetdan qo‘ng‘iroq korporativ Web-saytida.

    Internet-magazinlarga va kataloglarga-Shaxsiy foydalanuvchilarga-shaharlararo va xalqlar xizmatlari bitta operatordan, kompyuterdan qo‘ng‘iroq, Web-saytdan qo‘ng‘iroq.

    Aloqa sifati.

    Aloqa sifatini quyidagi xossalar ko‘rsatadi:

    - Ovozning buzilib chiqish darajasi:

    - Ovozning paketlari “yo‘qolish” tezligi;

    - Ovozning kechikib kelish vaqti.

    Aloqa xizmati ko‘rsatilgan xossalar bo‘yicha ko‘tarilgan, IP-telefoniyaning birinchi versiyalarga qaraganda, bu versiyalarda ovoz uzulish bilan kelar edi.

    Ovozni kodlashtirishni yaxshilash va yo‘qotilgan paketlarni tiklash shu darajaga yetdiki, bunda abonentlar so‘zlashuvda tiniq ovozning yuqori darajasida bo‘lib ular bog‘lanishning IP-telefoniya texnologiyasi asosida amalga oshayotganini sezmaydi. Ma’lumki, suhbatdagi to‘xtash suhbat tempiga ta’sir qiladi.

    Inson uchun 250 millisekundgacha to‘xtashlar amalda noma’lum bo‘ladi. IP-telefoniyaning hozirgi kundagi mavjud yechimlari ushbu chegaradan oshmaydi, shuning uchun suhbat bundagi muloqot oddiy telefon tarmog‘idagidan farqlanmaydi.

    Bundan tashqari, to‘xtashlar quyidagi uch faktorga asosan kamayadi:

    Birinchidan; telefon serverlari mukammallashib boradi (uni ishlab chiquvchilar to‘xtashlarga qarshi kurash olib boradi va ish algoritmini yaxshilaydi).

    Kurash - sport turi, belgilangan qoidaga muvofiq ikki sportchining yakkama-yakka olishuvi. Kurashish sanʼati koʻp xalqlarda qadim zamonlardan buyon maʼlum. K. ayniqsa Yunonistonda keng tarqalib, qad. olimpiada musobaqalaridan doimiy oʻrin olib kelgan.

    Qarshi (1926 37 yillarda Behbudiy) - Qashqadaryo viloyatidagi shahar (1926 yildan), viloyat markazi (1943 yildan). Qashqadaryo vohasining markazida, Qashqadaryo boʻyida, xalqaro t. yil va avtomobil yoʻllari kesishgan joyda.

    Ikkinchidan; xususiy (korporativ) tarmoqlar rivojlanadi (uning boshqaruvchilari to‘xtash kattaliklari nazorat qilishlari mumkin).

    Uchinchidan; Internet tarmog‘i o‘zi rivojlanib boradi-zamonaviy Internet real vaqt rejimidagi kommunikatsiyaga moslanmagan edi. The Internet Engineering Task Forse (IEIF) Internet tarmog‘i operatori bilan birgalikda tushirib qoldirish polosasini rezervlashtirishga imkon beradigan Reservation Protocol (RSVR) kabi yangi texnologiyalarni taqdim etmoqda. Bunda butun dunyodagi va tashkiliy tadbirlar (masaln, yuqoriroq sifatli xizmatni baholashning pulda ifodalash savolini yechish kabi)larni yangilash uchun bir qancha vaqt talab qilinadi. Internet dunyosi yuqorida aytilganlarga bog‘liq bo‘lmagan holda juda tez va to‘g‘ri yo‘nalishida harakat qilmoqda.


    IP-telefoniyaning yutuq va kamchiliklari.

    - IP-telefoniya ko‘rinishlari.

    - Skipe yoki SIPNET.

    Boshqa shaharlarga va chet ellarga an’anaviy telefon aloqa tarmog‘i orqali qo‘ng‘iroq qilish ancha qimmat turadi. Bundan tashqari, ayrim hollarda abonentlarga amalga oshirmagan qo‘ng‘iroqlari uchun ham ularning nomiga qarz varaqasi kelib turadi. Aloqa sohasida mutaxassis bilmagan kishi uchun ham begona abonent liniyasiga bog‘lanish unchalik qiyinchilik tug‘dirmaydi. Nahotki boshqa kishining suhbati uchun pul to‘lashdan himoyalanishning yagona chorasi –avtomatik shaharlararo va halqaro aloqani (“8 likni”) dan himoya o‘chirib qo‘yishdan iborat bo‘lsa?

    Albatta bu yagona chorasi emas. Muammoning yechimi- IP-telefoniya (ya’ni internet-protokolga asoslangan telefoniya) “ 8 lik” ni o‘chirib, begonalarga sizning hisobingizdan suhbatlashishi chegaralaysiz o‘zingiz esa juda past tariflarda xohlagan shahar va davlatga qo‘ng‘iroq qila olasiz.
    IP-telefoniyaning yutuq va kamchiliklari

    IP-telefoniyaning an’anaviy telefon aloqasidan usutnligi shundan iboratki:

    - suhbatlashish narxi juda past;

    -“8 lik” ni o‘chirib begona kishilarning sizning hisobingizdan qo‘ng‘iroqlarini oldini olasiz.

    IP-telefoniyaning an’anaviy telefonlarning “8 lik” orqali aloqasi oldidagi kamchiliklari mavjud, lekin ular ko‘zga ko‘rinarli emas:

    -Agar siz qo‘ng‘iroq qilayotgan “oq ro‘yxat” dan foydalansa (ya’ni unga faqat aniq belgilangan nomerlardan qo‘ng‘iroq qilish mumkin), unga siz qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

    -Kartochka orqali IP-telefoniyadan foydalanishda qo‘ng‘iroq qilinayotgan abonent nomeridan tashqari, kartochka nomeri va uning PIN-kodini terish kerak.

    -Dasturlashtirilgan IP-telefoniya ishlatish uchun kompyuterni ishga tushirish, ushbu dasturni yuklash va mikrofon, naushniklarni ulash kerak.



    IP-telefoniya ko‘rinishlari:

    IP-telefoniyaning asosan 2 xil ko‘rinishlari mavjud:

    Kartochka orqali IP-telefoniya. Undan foydalanish uchun tonal naborli raqamga ega bo‘lgan telefon kerak bo‘ladi va siz turgan joy aholi punktida ushbu xizmatni ko‘rsatuvchi provayder bo‘lishi kerak. Kartochkani sotib olasiz va IP-telefoniya Shlyuzi raqamini terasiz, telefonni tonal rejimiga o‘tkazasiz va kartochka raqamini terasiz, uning PIN – kodi hamda qo‘ng‘iroq qilinayotgan abonent raqamini shahar va davlat kodi bilan birgalikda terasiz. Bunday holda sizga kompyuter ham, internetga kirish ham kerak bo‘lmaydi. Siz IP-telefoniya provayderi tarifi bo‘yicha shaharlararo qo‘ng‘iroq pulini to‘laysiz. Agar shuning shahar telefon tarmog‘ingizda telefon suhbatlari uchun shu vaqtning o‘zida to‘lov qabul qilingan bo‘lsa, shahar telefon tarmog‘i bilan IP-telefoniya serveri bilan bog‘lanish vaqti uchun to‘lanadi.

    Shlyuzigacha odatdagi telefon tarmog‘i signali kabi boradi, serverda berilganlar oqimiga aylantiriladi va Internet orqali belgilangan punktga yuboriladi. Bu yerda u (prizemlyayuщem seti) telefon tarmog‘ining odatdagi signaliga aylantiriladi va siz qo‘ng‘iroq qilayotgan abonentga ketadi.

    Shu usul bilan siz o‘zingizning xizmat telefoningiz orqali boshqa shahar va davlatga (“8 lik”ni blokirovkalash sizga xalaqit bermaydi) mobil telefoningizdan, masalan, siz tanishlaringiz yoki mehmonxona nomeri telefonidan qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin. Barcha hollarda biz shahar ichidagi odatdagi qo‘ng‘iroq kabi bo‘ladi, shaharlararo qo‘ng‘iroq uchun esa sizning kartochkangizdan pul olinadi va hech qanday hisob haqida sizga ma’lumot kelmaydi.

    Maxsus IP-telefonlar yordamida suhbat. Bu holda sizda Internetga chiqish imkoniyati bo‘lishi kerak, telefon liniyasi va shahringizda IP-telefoniya provayderi bo‘lishi shart emas. IP-telefonlar dasturi (kompyuterga o‘rnatilgan dastur kabi bo‘ladi, masalan, X-Life-bepul dastur) va apparatli (odatdagi telefondek ko‘rinishga ega) bo‘ladi. Dasturli telefonlar ularga qo‘ng‘iroq qilishlari uchun kompyuterga naushnik va mikrofon ulashni talab qiladi, kompyuter yoqilgan va dastur ishga tushgan holda bo‘lishi kerak. Apparatni IP-telefonlar trubkaga asoslangan, kompyuter faqat ularni sozlash uchun kerak bo‘ladi va ular kompyuter yoqilganmi yoki u umuman mavjudligiga bog‘liq bo‘lmagan holda ishlaydi.

    Apparatli IP – telefonlarni (masalan Planet VIP-155 PT) kompyutersiz sozlash mumkin.



    2.4.1-chizma. Apparatli IP- telefonlar.
    IP – telefon dastur tarzida, kompyuterga yuklangan bo‘lishi mumkin. Bunday telefon yoqilgan garniturani talab qiladi. Bunday telefonga qo‘ng‘iroq qilish mumkin, agar kompyuter yoqilgan bo‘lsa.




    2.4.2-chizma. Telefon.
    Apparat IP – telefon - bu telefon apparati go‘shak va klaviatura bilan. Bunday telefon kompyuterdan mustaqil ishlaydi va har qanday vaqtda kirish chaqiruvni qabul qilishi mumkin.

    Hozirgi zamonda ko‘pgina IP – telefon apparatlari yaratilgan. Bularning ishlashi uchun internet-kanal va elektrtarmoq (220 V) bo‘lishi lozim. Telefon liniyasi keragi yo‘q. Hamda, Internetga ulanish qaysi usul bilan (sim bilan yoki simsiz, ADSL-kanal, simsiz adapter orqali) bajariladi, farq qilmaydi. Apparatli IP – telefonni, oddiy telefon tarmog‘iga ulash mumkin emas, ammo IP – telefonlar borki, ular ham IP – telefon oddiy telefon apparatiday ishlashi mumkin.


    VoIP operatorlar va provayderlar.

    IP – telefoniya – bu mijoz –serverli texnologiya. Har qanday qurilma mijoz bo‘lishi mumkin, agar bu qurilma ovozli signalni qabul qilib, bu signalni ovoz qilib ishlab chiqarsa. Hozirda ko‘pkina operatorlar va provayderlar mavjud, qaysilari VoIP yoki IP telefoniya xizmatini ko‘rsatadi.

    VoIP yoki IP telefoniya taniqli operatorlar va provayderlar:


    ko‘rsatadi (Betamax telekommunikatsion operatori provayderlari, 25 dan ko‘p VoIP-dasturlarni kirgizadi: Inter VoIP; Nonoh. net; 12 VoIP; Free Call; VoIP Discount; VoIP Stunt va xokazo. Har bir VoIP –dasturning o‘zining tarif rejasi va bepul yo‘nalishlari mavjud).

    • SIPNET - Internet – telefoniyaning rossiyalik eng taniqli operatori.

      Rossiya (ruscha. Россия), Rossiya Federatsiyasi (ruscha. Российская Федерация) - Yevropaning sharqida, Osiyoning shimolida joylashgan mamlakat. Maydoni jihatidan dunyoda eng katta mamlakat. Quruqlikdagi chegarasi 22125,3 km, dengiz chegarasi 38807,5 km. R.



    • TELME – xalqaro VoIP- operatori. Bu operatorning qo‘shimcha xizmati

    mavjud – SMS Callback, Internetga bog‘lanish kerak bo‘lmagan paytda, ulanishni bajaradi. Buning uchun mobil telefondan SMS uzatiladi.

    • Skype – xalqaro aloqaning yirik operatori.

    • Truphone-SIP – provayder.

    • AlterPhone – IP –telefoniya servis operatori.

    • Talkster – telekommunikatsiya operatori.

    • IP – telefoniyaning boshqa operatorlar va provayderlar.


    SKYPE yoki SIPNET.
    IP – telefon orqali telefon qilish uchun, IP – telefoniya tarmog‘i abonenti bo‘lishi kerak. Bunday tarmoqlar umumiy foydalanish uchun, qaysisiga hamma xoxlaganlar ulanishi mumkin, hamda yopiq tarmoq bo‘lishi mumkin, asosan yopiq tarmoqlar korporativlarda ishlatiladi va bunyday tarmoqlarni belgilangan odam soni ishlatishi mumkin (ofis ATS lari, uzoqlashtirilgan ofislar markaziy ofis bilan bog‘lanishi).

    Yopiq tarmoqlar IP – protokollar bilan ishlasa ham, Internet bilan bog‘lanmagan bo‘lishi mumkin.

    Keyinda umumiy foydalanish tarmoqlari tavsiflanadi.

    Eng taniqlisi, bu tarmoqlardan – Skype. Abonentlar orasidagi gaplashish bepul, ularning joylashishiga qaramasdan. Skype va oddiy tarmoqlar o‘rtasidagi qo‘ng‘iroqlar uchun ozgina mablag‘ olinadi (Skype out xizmati). Ana shunda bu tarmoqning kamchiligi paydo bo‘ladi: bu xizmat uchun bir xil bank kartalaridan to‘lash mumkin yoki Internet – pul ishlatiladi. Bank kartalari va elektron – katmon (koshyolek) hammada mavjud emas. Hamda Skype asosan dasturni IP – telefonlarini ishlatadi, bunda kompyuterga ulangan, USB orqali, telefon go‘shak –terminal (masalan, Trendnet TVP-SP3 ) ishlamaydi, agar kompyuter o‘chirilgan bo‘lsa.

    Boshqa tarmoq – bu SIPNET (www.sipnet.ru). Bu tarmoqda Sip protokol ishlatiladi, bu Skype ga o‘xshash, lekin Sip va Skype kelishmaydi., demak SIPNET abonenti Skype abonentiga qo‘ng‘iroq qilib bilmaydi va teskarisi (Skypecut xizmatini ishlatib, shahar SIPNET telefoniga qo‘ng‘iroq qilish mumkin. Shahar telefoni bu yerda o‘rta telefoni) Skype day SIPNET da videoqo‘ng‘iroqni bajarish mumkin. SIPNET abonentlari o‘rtasidagi qo‘ng‘iroqlar bepul. SIPNET tarmog‘idan oddiy telefonga qo‘ng‘iroq bajarilsa ozgina mablag‘ to‘lanadi. Bunda qo‘ng‘iroq uchun pulni rubl bilan to‘lash mumkin, avtomatlar orqali va tarmoq salonlarida to‘lakni bajarish mumkin. Hamda bank kartalarni va internet-pullarni ishlatish mumkin. To‘lak bajarish tarafidan SIPNET tarmog‘i Skype ga qaraganda, qulayroq.

    Ko‘pgina apparatli IP-telefonlari IP-protokol bilan ishlaydi. Ular dasturi IP-telefonlaridan ko‘ra qulayroq, chunki kompyuterga qaramaydi va ulardan qo‘ng‘iroq oddiy telefonlariday kabi bajariladi. SIPNET tarmog‘i bilan qo‘ng‘iroqlarni bajarsangiz, oddiy telefonlardan SIPNETga qo‘ng‘iroq qilish mumkin, lekin Rossiyaning hamma shaharlarida emas. Bu shaharlarning to‘liq ro‘yxatini SIPNET spravka xizmatida ko‘rishingiz mumkin. Qo‘ng‘iroq uchun tonal terish bilan apparat kerak. Aloqa uchun to‘lak sizning schyot raqamingizdan SIPNET tarmog‘ida olinadi.


    O’zbekistonda IP-telefoniya.

    Shunday “sehrli” xizmatlarni bizda ham joriy etish onlari keldi. Respublikamizda IP-telefoniya xizmatini yetkazib beruvchi bir qator operatorlar faoliyat olib bormoqda. Jumladan, “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining “UzNet”, “TShTT” va “TTTS” filiallarida ushbu turdagi xizmat turi joriy etilgan.

    Shuni alohida ta’kidlash lozimki, “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi, IP-telefoniya xizmatini yetkazish bo‘yicha lisenziyaga ega. Chunki, IP-telefoniya xizmatini sifatli darajada yaratish uchun ilg‘or texnologiyani loyihalashtirish va uni joriy etish talab qiladi va ana shunday talablarni boshqa korxonalarda joriy etish oson kechmasligi muqarrardir. Shuning uchun ham “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi respublikamizda tashkil etilayotgan boshqa qo‘shma korxonalar bilan hamkorligida ushbu turdagi xizmatni rivojlantirish bo‘yicha o‘z hissasini qo‘shish yo‘li bilan tashkil qiladi.

    Pay - biriktiruvchi toʻqimadan iborat pishiq tuzilma. Shakli va uzunligi (lenta yoki plastinka) har xil; muskullar P. yordamida suyaklarga birikadi. P.ning pishiq yoki choʻziluvchanligi, qayishqokligi u paydo boʻlgan biriktiruvchi toʻqimaga bogʻliq. P.

    Lekin ushbu maqolamizda faqat Sizlar uchun, kompaniyaning filiallarida joriy etilgan IP-telefoniya xizmati va ularning universal oldindan to‘langan to‘lov kartochkalari xususida to‘xtalib o‘tishni ma’qul ko‘rdik.

    IP-telefoniya kartochkalari haqida Respublikamizda internet xizmatini yetkazish bo‘yicha faoliyat olib boradigan internet provayderlarining soni tobora oshib bormoqda va biz bugungi kunda, har bir provayderlar tomonidan chiqarilgan internet kartochkalarining xususiyati haqida tushunchaga egamiz. Undan tashqari ayrim operator yoki korxonalar tomonidan telefon kartochkalari ham chiqarilgan. Internet yoki telefon kartochkalari – bu oldindan to‘langan to‘lov kartochka bo‘lib, mijozga internet yoki telefon xizmatini belgilangan nominal (vaqtni so‘m bo‘yicha) foydalanish xizmatini yetkazuvchi vosita hisoblanadi.




    1   2   3   4


    Download 261.51 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa


    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus

    Download 261.51 Kb.