I bob. Uslubiy qo’llanma tayyorlash usullari




Download 2,26 Mb.
bet5/64
Sana21.03.2017
Hajmi2,26 Mb.
#746
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
I bob. Uslubiy qo’llanma tayyorlash usullari.
1.1. O`quv adabiyotlarini yangi avlodlarini yaratish
Darsliklar va o’quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini yaratish bo’limining asosiy vazifalari va faoliyat yo’nalishlari

Bo’lim umumiy o’rta ta'lim muasasalari uchun zarur bo’lgan o’quv-metodik adabiyotlari yangi avlodining yaratilishi va nashr etilishini tashkil etadi, ularni pedagogik amaliyotga joriy etish ishlarini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.

O’zbekiston Respublikasining "Umumiy o’rta ta'lim muassasalari uchun darsliklar va o’quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish bo’yicha" Konsepsiyasi, yuqori tashkilotlarning qarorlari va buyruqlarida belgilangan vazifalarning bajarilishini ta'minlaydi.

O’zbekiston Respublikasidagi Xalq ta'limi tizimining barcha turdagi ta'lim muasasalarida ta'lim tili, sinflar va o’quv fanlari kesimida o’quvchilarning darslik va o’quv qo’llanmalarga bo’lgan ehtiyojlarini o’rganadi, ularga buyurtma berishni tashkil etadi, buyurtma asosida nashr rejasini tuzadi va tasdiqqa kiritadi.

Darslik va o’quv qo’llanmalarni yaratish va nashrga tayyorlash yuzasidan Respublika ta'lim markazining tegishli bo’limlari bilan muntazam hamkorlikda ishlaydi. Xalq ta'limi vazirligi tasarrufidagi barcha ta'lim muassasalarini darslik va o’quv qo’llanmalari bilan ta'minlash ishlarini muvofiqlashtirib boradi va nazorat qiladi. O’zbekiston matbuot va axborot agentligi, "Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi hamda boshqa nashriyotlar, "O’quv ta'lim-ta'minot" Bosh boshqarmasi, "O’zkitobsavdo" Davlat aksionerlik kompaniyasi bilan bevosita hamkorlik qiladi.

Xalq ta'limi tizimidagi barcha ta'lim muasasalarida ta'lim tili, sinflar va o’quv fanlari kesimida o’quvchilarning darslik va o’quv qo’llanmalar bilan ta'minlanishi yuzasidan ma'lumotlar bankini yaratadi.

O’quvchilarning darsliklar va o’quv qo’llanmalariga bo’lgan ehtiyojlarini aniqlash, unga muvofiq ravishda buyurtma berish, nashr etish va joylarga yetkazish ishlarini tartibga solish maqsadida mavjud darsliklarning inventarizatsiyasini tashkil etadi. Barcha umumiy o’rta ta'lim muassasalari 1-sinf  o’quvchilarining, shuningdek, mehribonlik uylari, ixtisoslashtirilgan maxsus maktab-internat o’quvchilari hamda kam ta'minlangan oilalar bolalarining darslik va o’quv qo’llanmalari bilan bepul to’liq ta'minlanishini tashkil etadi va ijrosini nazorat qiladi. Joylarga chiqib, darsliklar bilan ta'minlash masalasini o’rganib boradi, xulosalar bo’yicha rahbariyatga takliflar kiritadi.

Umumiy o’rta ta'limning Davlat ta'lim standartlari asosida darslik va o’quv qo’llanmalarning yangi avlodini yaratish va nashr etishni tashkil etadi.

Umumiy o’rta ta'lim muassasalari kutubxonalarini, o’quvchilarini darslik va o’quv qo’llanmalar bilan ta'minlashning samarali usullarini aniqlaydi, tajriba-sinovdan o’tkazadi va joriiy etadi.

Yangi yaratilgan darsliklarning taqdimotini o’tkazadi, ommaviy axborot vositalari orqali targ’ibot ishlarini olib boradi.

Umumiy o’rta ta'lim muassasalarining bitiruvchilari uchun shahodatnoma va guvohnomalarni tayyorlash, nashr etish, taqsimlash va ta'minlash ishlarini tashkil etadi va nazoratga oladi.

Sinf jurnallari, shahodatnoma va guvohnomalarni hisobga olish daftarlari va boshqa qat'iy nazorat (hisob)dagi o’quv hujjatlar nusxasini tayyorlash, nashr etish va buyurtmalar asosida joylarga yetkazishni tashkil etadi .

Ta'lim muassasalari o’quvchilarini darslik va o’quv qo’llanmalari bilan ta'minlash, o’quv hujjatlarini yuritish yuzasidan Respublika va viloyatlar miqiyosida amaliy seminar-kengashlar, o’quv seminarlar va boshqa anjumanlarni o’tkazadi.

Bo’lim umumiy o’rta ta'lim muassasalari o’quvchilarini darslik va o’quv qo’llanmalari bilan ta'minlash, qat'iy nazorat (hisob)da turgan o’quv hujjatlari yuzasidan tushgan xat, ariza va shikoyatlarni o’rganadi, bo’lim faoliyati doirasidagi masalalar bo’yicha fuqarolarni qabul qiladi hamda mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tegishli choralar ko’radi.

Vazirlik rahbariyati buyrug’iga binoan ta'lim muassasalari ehtiyoji uchun zarur bo’lgan darsliklar, o’quv qo’llanmalari, sinf jurnallari va maktab o’quv hujjatlarini chop etish va xarid qilish maqsadida tender tanlovlarini tashkillashtirib o’tkazadi.

Nashriyotlar tomonidan umumta'lim maktablarining kutubxona zahirasi uchun chop etilgan darslik va o’quv qo’llanmalarning joylarga yetkazilishi bo’yicha muntazam ma'lumotlar yig’adi.

Bo’limda bo’lim boshlig’i, bosh nazoratchi,yetakchi va nazoratchi faoliyat olib boradi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 31 maydagi "Umumta'lim maktablarini darsliklar bilan ta'minlashni takomillashtirish borasidagi qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida"gi PQ-362-sonli qarori ijrosini ta'minlash bo’yicha quyidagi ishlar amalga   oshirildi:

Mazkur qarorning ijrosini ta'minlash bo’yicha nazorat rejasi ishlab chiqildi, Xalq ta'limi vazirligining 2006 yil 3 iyundagi 15-sonli hay'at qarori va 2006 yil iyundagi 15-Sh sonli buyrug’i chiqarilib, ijro uchun joylarga yetkazildi.UshbuPrezident Qarorining ijrosini sifatli ta'minlash, uning mazmun mohiyatini otaonalar, o’quvchilar va o’qituvchilar hamda keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida 2006 yil 20 iyun kuni Toshkent shahrida hududiy xalq ta'limi boshqaruv organlari rahbarlarining birinchi o’rinbosarlari, malaka oshirish institutlari rahbarlari, darsliklar bo’yicha metodistlar ishtirokida Respublika o’quv-seminari o’tkazilib, qarorda belgilangan vazifalar atroflicha ishlab chiqildi, tegishli ko’rsatma va topshiriqlar berildi.

Qarorning mazmun mohiyati hududiy xalq ta'limi boshqaruv organlarining hay'at majlislari, umumta'lim maktablarining pedagogik kengashlarida muhokama etilib, ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.

Qarorda nazarda tutilgan me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqish bo’yicha ishchi guruh tarkibi belgilanib, Umumta'lim maktablarini darsliklar va o’quv-metodik qo’llanmalar bilan ta'minlash tartibi to’g’risida Nizom ishlab chiqildi va tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishildi. Ushbu Nizom o’rnatilgan tartibda Adliya vazirligidan 2006 yil 24 iyuldagi 1603 raqam bilan ro’yxatdan o’tkazildi va ijro uchun joylarga yetkazildi.

Xalq ta'limi vazirligining 2006 yil 3 iyundagi 15-SX-sonli buyrug’i asosida 2006 yilning 1 sentyabridan boshlab, umumta'lim muassasalarining o’rnak ko’rsatgan xodimlarini rag’batlantirishning direktor jamg’armasi mablag’lari hisobiga kutubxonachilarning tarif stavkasiga mansab maoshining 20 foizigacha miqdorda vaqtinchalik ustama haq belgilash vositasida kutubxona fondi saqlanishi uchun xodimlarni rag’batlantirish mexanizmi joriiy etildi.

Darsliklarning matbaa sifatini yaxshilash, qabul qilinadigan darsliklarni sifatini tekshirish tartibiga aniqliklar va O'zDSt 855:1998 "Umumta'lim maktablari uchun darslik va o’quv qo’llanmalari. Nashrga tayyorlash va matbaa ijrosi" O’zbekiston Davlat standartiga o’zgartirishlar kiritish bo’yicha takliflar ishlab chiqilib, (2006 yil 23 iyundagi 01-481-sonli xat bilan) O’zbekiston Matbuot va axborot agentligiga taqdim etildi.

Umumta'lim maktablari uchun keyingi o’quv yiliga mo’ljallangan darsliklar va o’quv-metodik qo’llanmalarning ixtisoslashtirilgan ko’rgazma-yarmarkalarini tashkil etish to’g’risidagi Nizomga vazirlikning takliflari ishlab chiqilib, (2006 yil 27 iyuldagi 02-1307-sonli xat bilan) O’zbekiston Matbuot va axborot agentligiga taqdim etildi.

Umumta'lim maktablari uchun keyingi o’quv yiliga mo’ljallangan darsliklar va o’quv-metodik qo’llanmalarning aniqlangan ro’yxati tasdiqlanib, ota-onalar, o’qituvchilar va keng jamoatchilik uchun matbuotda e'lon qilindi.




Download 2,26 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Download 2,26 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I bob. Uslubiy qo’llanma tayyorlash usullari

Download 2,26 Mb.