• «TASDIQLAYMAN»
  • N.Qozoqova
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




    Download 1.8 Mb.
    bet1/58
    Sana22.04.2024
    Hajmi1.8 Mb.
    #204628
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
    Bog'liq
    Majmua Adabiyot va ma\'naviy tarbiya 2021-2022
    Kiberxavfsizlik 1-amaliy ish (1), optik11, arxitek2, arxitek2turli xil, 4, 5, 100176-ABDULLA ORIPOV hayoti va ijodi haqida referat

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY VA O‘RTA TA’LIM VAZIRLIGI
    NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI


    O‘ZBEK ADABIYOTSHUNOSLIGI KAFEDRASI
    ADABIYOT VA MA’NAVIY TARBIYA
    fani bo‘yicha
    (2021/2022-o‘quv yili kunduzgi ta’lim yo‘nalishi,
    1-kurs talabalari uchun)


    O‘QUV-USLUBIY MAJMUA
    Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar soha
    Ta’lim sohasi: 120000 – Gumanitar soha
    Ta’lim yo‘nalishi: 60230100– Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili)

    NAMANGAN – 2022


    O‘quv-uslubiy majmua _____________________________ning 2020-yil “____”__________dagi ____-sonli yig‘ilishi bayoniga asosan tasdiqlangan muvaqqat o‘quv dasturi asosida ishlab chiqildi.



    «TASDIQLAYMAN»

    Filologiya fakulteti dekani
    __________________A.Qurbonov
    «___» ______________2022-yil





    Tuzuvchi: M.Sulaymonov – NamDU O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi mudiri, f.f.n.


    Taqrizchilar: K.Abdullayev – NamDU, O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi dotsenti
    N.Qozoqova – NamDU, O‘zbek tilshunosligi kafedrasi katta o‘qituvchisi., PhD
    Kafedra mudiri: f.f.n. dots. M.Sulaymonov
    NAMANGAN – 2022
    KIRISH

    O‘zbekiston “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” tamoyili asosida taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Yangi davr shiddati ta’lim-tarbiya tizimiga ham o‘zining aniq, qat’iy talablarini qo‘ymoqda.


    Tarbiya va ta’limni bir-biridan alohida ajratib bo‘lmaydi, bu ikki jarayon o‘zaro uyg‘un, uzluksiz asosda tashkil etilgandagina odobli, axloqiy fazilatlarga ega, yuksak ma’naviyatli, shu bilan birga bilimdon, zukko, ruhan va jismonan sog‘lom, keng dunyoqarash va tafakkurga ega, zamonaviy kasb-hunar egasi bo‘lgan vatanparvar yoshlarni yetishtirib beradi.
    O‘zbekistonda yoshlar tarbiyasini zamonaviy asosda ilmiy-texnologik isloh qilish borasida olib borilayotgan ishlar uni bugungi kun ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ilmiy asoslangan tayanch kompetensiyalar, fazilatlar asosida shakllantirishni talab etmoqda. Xususan, tarbiyaga yangicha, tizimli yondashuv, oliy ta’lim muassasalari, mahallalarning ijtimoiy-pedagogik imkoniyatlarini to‘liq yuzaga chiqarishni va ular orasida ilmiy-metodik uzviylikni yangi darajaga ko‘tarishni taqozo etadi.
    Bu boradagi ishlarni yanada mukammal amalga oshirilishini borasida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “Adabiyot xalqning yuragi, elning ma'naviyatini ko‘rsatadi. Bugungi murakkab zamonda odamlar qalbiga yo‘l topish, ularni ezgu maqsadlarga ilhomlantirishda adabiyotning ta'sirchan kuchidan foydalanish kerak. Ajdodlar merosini o‘rganish, buyuk madaniyatimizga munosib buyuk adabiyot yaratish uchun hamma sharoitlarni yaratamiz” – deya ta’kidlangan muhim ko‘rsatmasi ham, mamlakatda adabiyot, kitobxonlik va ma’naviy tarbiyaning nufuzini oshirish bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarining oldida turgan muhim vazifalarni belgilab beradi.

    Download 1.8 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




    Download 1.8 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

    Download 1.8 Mb.