Qayta tiklanuvchan energiya manbalari sohasida respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlar




Download 3,9 Mb.
bet8/72
Sana04.12.2023
Hajmi3,9 Mb.
#110943
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   72
Bog'liq
Qayta tiklovchi energiya manbalari oquv qollanma (2) (3)

Qayta tiklanuvchan energiya manbalari sohasida respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlar


So‘nggi yillarda respublikamizning iqtisodiyot tarmoqlarida va ijtimoiy sohasida energiya samaradorligini yuksaltirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Respublikada iqtisodiyot barqaror o‘sishini ta’minlashga va aholining farovonlik darajasini oshirishga, yoqilg‘i-energetika resurslariga bo‘lgan talab-ehtiyojni uzluksiz qanoatlantirishga qaratilgan neft-gaz, elektr energetika, ko‘mir, kimyo, qurilish industriyasini rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyasi amalga oshirilmoqda.


Shu bilan birga, yoqilg‘i-energetika tarmog‘ining mavjud quvvatlari energiya resurslariga ortib borayotgan talab-ehtiyojni to‘liq darajada ta’minlamayapti, mamlakatimiz iqtisodiyotining energiya sarfi hajmi rivojlangan mamlakatlarning o‘rtacha ko‘rsatkichidan ancha yuqoridir.
Hozirgi vaqtda asosan gidroelektrostansiyalar ishlab chiqarayotgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari hissasiga mamlakatda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi umumiy hajmining atigi o‘n foizi to‘g‘ri kelmoqda. Nihoyatda katta salohiyat mavjud quyosh va shamol singari qayta tiklanuvchi energiya manbalarining imkoniyatlaridan to‘liq darajada foydalanish zarurdir.
Ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olib, mavjud resurslarni va ishga solinmagan salohiyatni jalb etish orqali energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya sarfi hajmini keskin kamaytirish borasidagi ishlarni kompleks tashkil etish, shuningdek, yoqilg‘i-energetika resurslaridan oqilona
va samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida «Qayta tiklanuvchi energiya
manbalaridan foydalanish to‘g‘risida»gi Qonunida qator imtiyoz va preferensiyalar berilgan, shu jumladan quyidagilar:
qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini ishlab chiqaruvchilar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran besh yil muddatga soliqning barcha turlarini to‘lashdan;
qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini (nominal quvvati 0,1 MVt va undan ortiq bo‘lgan) o‘rnatganlik uchun ular foydalanishga topshirilgan paytdan e’tiboran o‘n yil muddatga mol-mulk solig‘ini hamda ushbu qurilmalar bilan band bo‘lgan uchastkalar bo‘yicha yer solig‘ini to‘lashdan;
ishlab turgan energetika resurslari tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan yashash uchun mo‘ljallangan joylarda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga yer solig‘ini to‘lashdan ozod etilishi nazarda tutilgan.
Bundan tashqari 2017 yil 8 noyabrdagi «Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3379-son qarori bilan o‘rnatilgan tartibga muvofiq, 2018 yil 1 yanvardan boshlab:
davlat organlari va muassasalarining bino va inshootlari, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joy fondini loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish, qurish va foydalanishga topshirishda ularda energiya samarador va energiya tejamkor texnologiyalardan foydalanilganligi yuzasidan shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiqligi tekshiriladi;
yakka tartibdagi uy-joy qurilishidan tashqari, barcha bino va inshootlarni loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish va qurishda, issiq suv ta’minoti uchun sertifikatlangan quyosh suv isitkich qurilmalarini, shuningdek, energiya tejamkor lampalarni majburiy tartibda o‘rnatish ko‘zda tutiladi.
O‘zbekiston Respublikasida 2019-2022 yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini yanada oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish kompleks dasturi muvofiq quyidagilarni amalga oshirilmoqda:
qayta tiklanuvchi energiya manbalarini yanada rivojlantirishning maqsadida iste’mol ulushini 2030-yilga borib elektr energiyasini ishlab chiqarish umumiy hajmining 25 foizga etkazish;
mintaqalarda ijtimoiy soha ob’ektlarini (ta’lim muassasalari, shu jumladan maktabgacha ta’lim muassasalari, sog‘liqni saqlash ob’ektlarini) energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash;
xususiy xonadonlarda quyosh fotoelektrik stansiyalari (o‘rtacha 2 kVt) va quyosh suv isitkichlarini (o‘rtacha 200 litr) o‘rnatish;
maishiy iste’molchilarning, shuningdek, yuridik shaxslarning nostandart gaz- gorelkali qurilmalarini zamonaviy va energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalarga almashtirish belgilangan.
Iqtisodiyotning energiya resurslari bilan ikkita vazifani hal etish orqali ta’minlanishi nazarda tutilmoqda. Birinchidan, qayta tiklanuvchi energiya resurslaridan keng foydalanish orqali yoqilg‘i balansini diversifikatsiyalash. Bunda an’anaviy yoqilg‘i turlarini qayta tiklanadigan energiya turlariga almashtirish hisobiga ularning elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarishdagi hissasini kamaytirish nazarda tutilmoqda. Ikkinchidan, iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarishning energiya sig‘imini qisqartirishning uzoq muddatli dasturini amalga oshirish, sanoat faoliyati hududlarining ekologik holatini yaxshilash orqali erishiladi.
Yaqin istiqbolda ustuvor vazifa sifatida iqtisodiyotning energiya va resurs sig‘imini qisqartirish, ishlab chiqarishga energiyani tejaydigan texnologiyalarni keng joriy qilish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, mehnat samaradorligini oshirish ko‘zda tutilmoqda.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan jadal foydalanish bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish issiqlik va elektr energiyasi kabi energiyaning sanoat turlarini olishni ta’minlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, bu uglevodorodlarning o‘rnini bosishga va ularni yuqori likvidli mahsulotlar, jumladan, polimerlar, yoqilg‘ining sintetik turlarini ishlab chiqarishga yo‘naltirish imkonini beradi.
Xususan, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, Fan va texnologiyalar agentligi,
“O‘zbekgidroenergo” AJ, Xalqaro quyosh energiyasi instituti, “O‘zbekenergo” AJ
Ilmiy-texnik markazi ikki oy muddatda qayta tiklanuvchi manbalar energiyasidan foydalanish, jumladan, quyosh energetikasini rivojlantirish, energiya samaradorligi sohasidagi mahalliy ishlanmalar va amaliy tadqiqotlarni, shuningdek, sinovdan o‘tgan ilg‘or xorijiy texnologiyalarni transfer qilish imkoniyatini tahlil etish asosida iqtisodiyot va ijtimoiy soha tarmoqlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini maqsadli joriy qilish va quyosh energetikasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishi va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritishi belgilangan.
Bundan tashqari,
energiyani tejaydigan texnologiyalarning kirib kelishini kengaytirish, soliq va bojxona imtiyozlari berish hisobiga qayta tiklanuvchi manbalardan energiya hosil qiluvchi uskunalarni qo‘llagan holda, energiyadan foydalanishni rag‘batlantirish;
qayta tiklanmaydigan uglevodorod resurslaridan oqilona foydalanish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning raqobatdoshligini oshirish, shu asosda iqtisodiyot tarmoqlarini va aholini yoqilg‘i-energetika resurslari bilan barqaror ta’minlab borish;
qayta tiklanuvchi energiya manbalari va energiya iste’moli jihatidan samarador texnologiyalarni transfer qilish, ushbu sohadagi uskunalar va butlovchi qismlarni mahalliy korxonalarda ishlab chiqarish;
aholi uchun kafolatlangan energiya resurslarining ochiqligini ta’minlash, ayniqsa, uzoq qishloq hududlarida aholining hayot sifatini yaxshilash va ularning farovonligini oshirish.
Bugun jahon ilm-fani qayta tiklanuvchi energiya manbalarini izlab topish, yaratish, foydalanish samaradorligini oshirish, bu borada targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borishga alohida e’tibor qaratmoqda. Nima uchun? CHunki bosqichma-bosqich qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishga o‘tilmas ekan, tabiiy boyliklarimiz bo‘lgan neft, gaz zaxiralari tugashi natijasida dunyo aholisi juda katta muammo bilan yuzma-yuz keladi.

        1. Download 3,9 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   72




Download 3,9 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qayta tiklanuvchan energiya manbalari sohasida respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlar

Download 3,9 Mb.