|
-rasm. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari resurslari
|
bet | 11/72 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 3,9 Mb. | | #110943 |
Bog'liq Qayta tiklovchi energiya manbalari oquv qollanma (2) (3) 1.12-rasm. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari resurslari
Biroq nisbatan past haroratlar (70-800S gacha), artezian suvlarining katta minerallanishi va chuqurligi texnik nuqtai nazardan ulardan elektr energiya ishlab chiqarish uchun foydalanishni qiyinlashtiradi. Shuning uchun, agar texnik amalga oshiriladigan potensiallarni ko‘rib chiqsak, u holda quyosh energiyasi Yetakchi hisoblanadi. Quyosh energiyasi ishlab chiqarilayotgan energiyaning narxi esa undan keng foydalanishni chegaralaydi.
Shuning uchun tiklanuvchi energiya manbalarining hamma turlari ichidan, iqtisodiy potensiali juda yuqori bo‘lgan va hozirgi vaqtda 14.4 mlrd kVt soatni tashqil etadigan gidroenergetika amaliy mazmun kasb etadi. Hozirgi vaqtda 4 dan 6,5 mlrd kVt soatgacha ishlatiladi. Ishlatilmaydigan rezervlar kichik va o‘rta GESlar guruhiga kiritilib, ular nisbatan kichik bosimlari bilan tavsiflanadi va natijada sug‘orish va drenaj kanallarini o‘z ichiga olib, butun suv oqimi bo‘ylab yo‘nalgan kam quvvatli gidroelektrostansiyalarga mo‘ljallangan.
Energiya resurslari narxlarini umumiy oshirish kichik va o‘rta GESlar elektr energiyasini raqobatbardoshligi uchun zamin yaratadi. Tajribalarning ko‘rsatishicha, mikroGESlarning turli ko‘rinishlari (engli, engsiz, tirgakli va h.q.)dan foydalanish samaradorligini ko‘rsatadi. Suv oqimlari energiyasidan kompleksli foydalanish mutloq energiya iste’mol qilish kattaligi bo‘yicha kam quvvatli, lekin ishlab chiqarish natijalari bo‘yicha juda samarali chiqarilgan iste’molchilarni energiya bilan ta’minlash muammosini echishga yordam beradi. Bu avvalambor, aholi punktlari va haydaladigan yaylovlarning tog‘ oldi tumanlaridagi taalluqli. Markazlashgan energiya ta’minoti tumanlarida, lokal avtonom energiya manbalaridan foydalanish energetik bozorning raqobatchi muhitni yaratishiga imkon beradi. Kichik va o‘rta suv oqimlari energiyasi bilan birga, bunday raqobatda noan’anaviy energiya manbalari (shamol, quyosh, biogaz energiyasi) ham qatnashishi mumkin. Dastlabki hisoblar buyicha kichik va o‘rtacha suv oqimlari, mahalliy va noan’anaviy energiya manbalari potensiali mutloq qiymati bo‘yicha birlamchi energiyadan umumiy foydalanishdan 1 dan 1,5% gacha tashkil etadi.
|
| |