• Biomassa energiyasi.
  • Dehqon va fermer xo‘jaliklarida avtonom energiyaga bo‘lgan ehtiyoj
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta




    Download 3,9 Mb.
    bet14/72
    Sana04.12.2023
    Hajmi3,9 Mb.
    #110943
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   72
    Bog'liq
    Qayta tiklovchi energiya manbalari oquv qollanma (2) (3)
    1-ОН ESSE ёзиш (1), 3.Banklarda-buxgalteriya-hisobi-darslik-A.Omonov-T.-2014 (1), 3- маъруза. p-n ўтиш, MTA 1 мавзу(Акбарова)2021, Monopsoniya, практика рус (1), 7sinf-fizika-oylik-test (1), 7-1, 57.Muxammadjon Toshboltayev, @AKT Official 5-SINF Informatika va AT, oila psixologiyasi, Tanishuv oʼyinl, Empirik bilim dаrаjаsi vа uning shаkllаri, Fotoelektr batareyalar qo\'llanma (2)
    Geotermal energetika. Geotermal elektr stansiyalar (geoGES)ning o‘rnatilgan quvvati 1970 yilda 678 dan 2000 yilda 8000 mVt gacha Filippin-1909, Italiya-785, Meksika-755, Indoneziya-589 mVt (Rossiya-23 mVt). Oxirgi 30 yil ichidagi geoGESlar quvvatining yillik o‘sishi 8,6 ni tashkil etdi. Geotermal issiqlik qurilmalarini o‘rnatilagn quvvati oxirgi 20 yil ichida 1950 dan 17175 mVt gacha o‘sdi.
    Biomassa energiyasi. Biomassa energiyasidan foydalanish bir necha yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi: biogaz ishlab chiqarish, qattiq maishiy chiqindilar (QMCH)dan energetik foydalanish, yog‘och yoqilg‘i va torfdan foydalanish.
    Biogaz va o‘g‘it ishlab chiqarish:

    • Umumiy miqdori 6 mln. donadan oshadigan xususiy dehqon fermerlik xo‘jaliklarining qishloq xo‘jalik va maishiy chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha kichik qurilmalar (bu yo‘nalish ayniqsa Xitoy va Hindistonda rivojlangan);

    • Shahar va sanoat oqova suvlarini to‘kish bo‘yicha aralash qurilmalar (dunyoda 100 ta yangi qurilma) va shahar oqava suvlarini qayta ishlash bo‘yicha katta qurilmalarda (10000 ortiq qurilmalar);

    • Qishloq xo‘jaligi, chorvachilik va fermer xo‘jaliklari mahsulotlari chiqindilarini qayta ishlash bo‘yicha fabrikalar (Yevropada 50 dan ortiq fabrika) quvvatli aralash qurilmalarda amalga oshiriladi.

    Yuqorida ko‘rsatilgan qurilmalarda olingan biogaz turmushda, suv isituvchi va bug‘ qozonlarida, shuningdek, elektr energiya ishlab chiqaruvchi dizel generatorlarda ishlatiladi.
        1. QISHLOQ VA SUV XO‘JALIGIDA QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARINI QO‘LLANILISHI





          1. Dehqon va fermer xo‘jaliklarida avtonom energiyaga bo‘lgan ehtiyoj

    Elektr energiyadan dehqon xo‘jaligida mexanizm va mashinalar yuritish, havo va suvni qizdirish, bug‘ olishda, texnologik ehtiyojlarda, suv ko‘tarishda, yoritishda va h.k.larda foydalaniladi. Dehqon xo‘jaligini avtonom elektr bilan ta’minlash butun mashinalar va jihoz komplekslari ishlash imkoniyatini ta’minlab berishi kerak. SHuning uchun, qishloq xo‘jalik energiya iste’molchilarning shunday turlarini tanlab olish zarurki, ular o‘zining energiya iste’moli, ish unumdorligi va boshqa texnik tavsiflari bo‘yicha kam hajmli qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lsin. Faqatgina qishloq xo‘jalik ishlarining qabul qilingan texnologiyasiga asosan energiya iste’molining vaqt bo‘yicha grafigini tuzib olib mikroGESning yoki boshqa avtonom energiya manbaining zarur quvvatini butun dehqon yoki shirkat xo‘jaligi tomonidan iste’mol qiladigan elektr energiyasini yoki texnologik operatsiyalar o‘rtasidagi elektr energiyasini aniqlash mumkin (2.1-rasm). Va nihoyat bu mikro GES boshqa avtonom elektr ta’minot manbalaridan foylanish maqsadga muvofiqligini texnik – iqtisodiy asosini o‘rnatishga imkon beradi.

    Download 3,9 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   72




    Download 3,9 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta

    Download 3,9 Mb.