• 2.1-rasm. Sutka davomida fermer xo‘jaligining elektr jihozlariga elektr energiyani taqsimlanishi.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta




    Download 3,9 Mb.
    bet15/72
    Sana04.12.2023
    Hajmi3,9 Mb.
    #110943
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   72
    Bog'liq
    Qayta tiklovchi energiya manbalari oquv qollanma (2) (3)

    Suvni isitish. Maishiy elektr suv isitgichi markazlashgan issiq suv ta’minotiga ega bo‘lmagan uylarda, shuningdek, gaz va shunga o‘xshash apparatlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lmagan yoki mumkin bo‘lmagan binolardagi aholini issiq suv bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan uy sharoitlarida foydalanish uchun akkumulyatsiyalovchi suv isitgichlar qulayroq bo‘lib, ular katta vaqt oralig‘ida issiq suvni isitish va saqlash uchun mo‘ljallangan. Bunday suv isitgich issiqlik o‘tkazmaydigan metall bak ko‘rinishida bo‘lib, unda elektr qizdirgich element va suv haroratini rostlovchi yoki chegaralovchi qurilma joylashgan. Bak sig‘imi odatda issiq suvga bo‘lgan kundalik ehtiyojdan kelib chiqib tanlanadi. Masalan, oshxona ehtiyojlari uchun (asosan, idish yuvish uchun) suv isitgichning sig‘imi 7-10 l ni, dush
    va hammom uchun esa 80-150 l ni tashkil etadi. Bakdagi suv tabiiy konveksiya
    natijasida elektr qizdirgich elementlar bilan qizdiriladi. Qizdirish tezligi bak hajmi va qizdirgichlar quvvatiga bog‘liq.


    2.1-rasm. Sutka davomida fermer xo‘jaligining elektr jihozlariga elektr energiyani taqsimlanishi.


    Maishiy ehtiyojlar uchun unifikatsiyalangan sig‘imi UNS seriyali, 10 l (oshxona uchun) va 40, 60 va 100 l (dush va hammom uchun) hajmli suv qizdirgichlar ishlab chiqariladi. Bu suv qizdirgichlarda butun seriya uchun yakka bo‘lgan, 125 kVt quvvatli qizdiruvchi element o‘rnatilgan bo‘lib, u 220 V kuchlanishli tarmoqqa ulanadi.


    Tejamkorlik nuqtai nazaridan EVAN turidagi elektr qizdirgichlar qiziqish uyg‘otadi. EVAN 5/1,25 turidagi suv qizdirgich past bosimli akkumulyator turidagi asbob hisoblanadi. U 2-4 kishilik oilani hamma ehtiyojlari uchun issiq suv bilan ta’minlaydi. Suvni 15 dan 85 0S gacha qizdirish vaqti 20 minutdan ko‘p bo‘lishi suv haroratini rostlashga imkon beradi.
    Katta miqdordagi suvni qizdirish uchun masalan, shirkat xo‘jaligi uchun, EVAN-100 yoki EVAO-100 turdagi sig‘imli issiqlik akkumulyatsiyalovchi elektr
    qizdirgichlar olish maqsadga muvofiq. Bu suv qizdirgich 100 l suvni 85 0S haroratgacha qizdiradi, so‘ngra avtomat tarzda o‘chadi. Maxsus issiqlikni saqlash izolyatsiyasi hisobiga suv uzoq vaqt issiq turadi va undan turli ehtiyojlar uchun foydalanish mumkin. 1,25 kVt quvvatli EVANning qizdirish uzlukligi 8 soatga yaqin bo‘lib, bu qizdirgichni tarmoqda elektr energiya ortig‘i bo‘lganda kechqurun yoqish uchun mo‘ljallangan.
    Yanada katta qizdirilayotgan suv hajmi bilan oquvchi turdagi EVNU-6 universal elektr suv qizdirgichi kichik fermalardagi binolar, xususiy xo‘jaliklardagi ishlab chiqaruvchi va maishiy binolarni texnologik issiq suv ta’minoti hamda isitish tizimlaridagi suvni isitish uchun mo‘ljallangan (2.1-jadval).



    Download 3,9 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   72




    Download 3,9 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta

    Download 3,9 Mb.