|
-jadval. EVAN suv isitgichining texnik ko‘rsatkichlari
|
bet | 16/72 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 3,9 Mb. | | #110943 |
Bog'liq Qayta tiklovchi energiya manbalari oquv qollanma (2) (3)2.1-jadval. EVAN suv isitgichining texnik ko‘rsatkichlari
T.R.
|
Texnik ko‘rsakchilari
|
Qiymati
|
1.
|
Quvvati, kVt
|
6
|
2.
|
Sig‘imi, l
|
12
|
3.
|
Isitilayotgan suv harorati, 0S
|
-
|
4.
|
Texnologik ehtiyojlar uchun
|
75
|
5.
|
Isitish uchun
|
90 gacha
|
6.
|
Og‘irligi, kg
|
12
|
Yoritish. Elektr ta’minoti manbalari sifatida qishloq xo‘jaligida qizdirish lampalari, lyuminessentsiya va gaz ryazryadli lampalardan foydalaniladi. SHuni aytish kerakki, alohida yorug‘lik manbalari orasida ularning samaradorligida, ya’ni vatt quvvatga to‘g‘ri keladigan lyukslarda o‘lchanadigan yorug‘lik uzunligida katta farq bo‘ladi (2.2- jadval):
Cho‘g‘lanma lampalar an’anaviy va keng qo‘llaniladigan yorug‘lik manbalari hisoblanadi. Maishiy yoritish moslamalarida 220 yoki 127 V kuchlanishga mo‘ljallangan 15 dan 300 Vt gacha quvvatli qizdirish lampalari ishlatiladi.
2.2-jadval. Yoritgichlarning texnik ko‘rsatkichlari
T.R.
|
Lampa nomi
|
Quvvati, Vt
|
1.
|
Cho‘g‘lanma qizdirish lampasi
|
12
|
2.
|
Galogen lampa
|
22
|
3.
|
Lyuminessent lampa
|
55
|
4.
|
Yuqori bosimli simobli lampa
|
55
|
5.
|
Yuqori bosimli galogen lampa
|
80
|
6.
|
Yuqori bosimli natriyli lampa
|
95
|
Keng qo‘llaniladigan mukammalroq yorug‘lik manbalari qizdirish lampasiga nisbatan 4-5 barobar yuqoriroq yorug‘lik uzatishiga va 5-8 barobar ko‘proq xizmat muddatiga ega bo‘lgan lyuminessent lampalari mavjud. Shunday qilib, 20 Vt li lyuminessent lampasining yorug‘lik uzatishi 150 Vt li cho‘g‘lanma lampasining yorug‘lik uzatishiga teng.
Maishiy va uy-ro‘zg‘or asboblarni elektr energiyasi bilan ta’minlash
Avtonom elektr ta’minotda elektr maishiy asboblar ishining tejamkorligiga asosiy e’tiborni qaratish zarur. Bir tarafdan, elektrotexnik buyumlarning energetik tavsifi maishiy texnika takomillashuvi darajasini aniqlovchi ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Ikkinchi tarafdan esa boshqa avtonom energiya manbaining quvvat va tannarx tavsiflarini aniqlab beradi.
2.3-jadvalda davriyligi va namunaviy o‘rtacha sutkalik ish vaqtini ko‘rsatgan holda dehqon xo‘jaligini maishiy jihozlash uchun namunaviy va yetarlicha to‘liq elektr jihozlar ro‘yxati keltirilgan. Energiya tejaydigan maishiy elektr jihoz tanlash bo‘yicha ba’zi bir tavsiyalar keltiramiz va undan energiya iste’mol qilishga sifatli baho beramiz.
|
| |