|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta
|
bet | 24/72 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 3,9 Mb. | | #110943 |
Bog'liq Qayta tiklovchi energiya manbalari oquv qollanma (2) (3)3.4-jadval. Cho‘mich turbinali mikrogidroelektrostansiyalar
Parametrlari
|
MikroGES turlari
|
MikroGES
100K
|
MikroGES
200K
|
Quvvat, kVt
|
100 gacha
|
180 gacha
|
Bosim, m
|
40÷250
|
Suv sarfi, m3/s
|
0,015÷0,060
|
0,025÷0,100
|
Turbina rotorining aylanish tezligi, min-1
|
750; 1000; 1500
|
Nominal kuchlanish, V
|
230 , 400
|
Elektr tokining nominal chastotasi, Gs
|
50
|
Cho‘michli turbina tarkibiga valga o‘rnatilgan ish g‘ildiragi, turbinaga kelayotgan suv miqdorini tartibga soluvchi soplo turidagi yo‘naltiruvchi moslama va kojux (turbina qismlarini o‘rab turgan metall qoplama)lar kiradi (3.12-rasm). Cho‘michli turbinaning ish g‘ildiragi doira shaklidagi metall disk va unga doira bo‘ylab o‘rnatilgan cho‘michlardan iborat (3.13-rasm).
a)
|
3.12-rasm. Cho‘michli turbina. a – cho‘michli trubinaga suvni yo‘naltiruvchi moslama sxemasi;
b - cho‘michga suvning urilishi va tezlikning bo‘linish sxemasi.
|
b)
|
Bosimli quvur GES binosiga kiradi va uning oxiri, oqimni turbina ish g‘ildiragi cho‘michlariga yo‘naltiruvchi soplo bilan tugaydi.
3.13-rasm. Cho‘michli ish
g‘ildiragi, a – osilgan;
b - yotqizilgan.
b)
Soplodan katta tezlikda chiqqan suv oqimi cho‘michning botiq sirtida dumalab harakatlanadi va o‘zining harakat yo‘nalishini teskari tomonga o‘zgartiradi. Cho‘michdan qaytgan oqimning tezligi korpusga nisbatan V = 0 m/c bo‘lsa, turbinaning foydali ish koeffitsienti maksimal miqdorga erishadi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, maksimal foydali ish koeffitsientiga erishish uchun cho‘michli
turbinaning aylanma harakati tezligi, oqimning yarim tezligi miqdoriga teng bo‘lishi kerak (3.14 b-rasm).
3.14-rasm. Ikki soploli
cho‘michli turbina, a -
sxematik ko‘rinishi b - o‘rnatilgan holatdagi umumiy ko‘rinishi.
b)
Turbinaning soplosi bosim quvuridan kelayotgan suv miqdorini tartibga solish uchun xizmat qiladi. Soplo ichida harakatlanayotgan igna esa suv chiqayotgan kanalning kesimini o‘zgartirish orqali turbina ish g‘ildiragiga kelayotgan suv sarfini o‘zgartiradi. Ishlatib bo‘lingan suv pastgi befga olib ketiladi. Bosim isrofini
kamaytirish uchun turbina va uning soplosi iloji boricha oqim sathiga nisbatan pastda joylashishi kerak.
Ish g‘ildiragi cho‘michlariga suv oqimi zarbsiz kirishi uchun ular uchli qirra bilan bo‘lingan ikkita, juft cho‘michlar shaklida tayyorlanadi. Suv oqimi cho‘michlardan oqib o‘tib, o‘zining yo‘nalishini 1800 burchak ostida o‘zgartiradi. Natijada cho‘michlarda kuchlanish hosil bo‘lib, ish g‘ildiragi aylanma harakat qila boshlaydi. Odatda 14÷60 dona cho‘michli ish g‘ildiraklari tayyorlanadi (5.8 - rasm).
Cho‘michli turbinalarning aylanishlar soni va quvvatini oshirish uchun ish g‘ildiragining diametri bo‘ylab 2, 3, 4 hattoki 5 va 6 donadan ham soplolar o‘rnatilishi mumkin. Soplolar ish g‘ildiragi diametri bo‘ylab teng taqsimlanadi. Ammo soplolar soni oshishi bilan turbinaning foydali ish koeffitsienti pasayib ketishi mumkin. Tajribalar natijasida, soplolar soni 4 donadan oshmasligi tavsiya qilinadi.
a - rasmda ikki soploli cho‘michli turbinaning sxemasi ko‘rsatilgan.
Cho‘michli turbinalarning foydali ish koeffitsienti juda yuqori bo‘lib, 0,88÷094 ga teng. Ularni gorizontal va vertikal holatlarda o‘rnatish mumkin. Odatda bir necha soploli ish g‘ildiraklari gorizontal holatda o‘rnatiladi.
3.15-rasm. Vertikal o‘rnatilgan cho‘michli ish g‘ildirakli kichik GES mashina zalining ko‘rinishi
3.16-rasmda vertikal o‘rnatilgan cho‘michli ish g‘ildirakli kichik GES mashina zalining ko‘rinishi keltirilgan.
Ma’lumki, soplolar sonini ko‘paytirish orqali cho‘michli ish g‘ildiragining aylanishlar soni va quvvatini oshirish mumkin. Ammo soplodan uzatilayotgan suv faqat bir marta bir necha cho‘michga urilishi mumkin. Uzatilayotgan suv energiyasidan bir necha marta foydalanish ustida olib borilgan tajribalar natijasida Banki turbinasi yaratildi.
Banki turbinasi, ma’lum masofaga joylashtirilgan ikki dona aylana shaklidagi gardishlarga, suv energiyasi quvvatini maksimal qabul qiluvchi shaklga ega bo‘lgan parraklar o‘rnatilgan.
|
| |