|
- jadval. Dunyo mamlakatlari bo‘yicha shamol energiyasidan foydalanish ko‘rsatgichlari
|
bet | 26/72 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 3,9 Mb. | | #110943 |
Bog'liq Qayta tiklovchi energiya manbalari oquv qollanma (2) (3) 4.1.- jadval. Dunyo mamlakatlari bo‘yicha shamol energiyasidan foydalanish ko‘rsatgichlari
Mamlakat, region
|
2015 yilda kiritilgan quvvat, mVt
|
2015 yil oxirida o‘rnatilgan quvvat,
MVt
|
AQSH va Kanada
|
-
|
1685,0
|
Janubiy va Markaziy Amerika
|
1,05
|
11,05
|
Amerika qit’asi
|
1,05
|
1696,05
|
Germaniya
|
505,29
|
1119,37
|
Daniya
|
78,0
|
610,0
|
Gollandiya
|
94,0
|
248,0
|
Buyuk Britaniya
|
39,50
|
189,0
|
Ispaniya
|
46,5
|
122,05
|
SHvetsiya
|
10,2
|
32,20
|
Gretsiya
|
0,70
|
27,40
|
Irlandiya
|
5,0
|
21,48
|
Portugaliya
|
5,0
|
13,50
|
Finlyandiya
|
1,5
|
7,09
|
Boshqa Evropa mamlakatlari
|
10
|
37,60
|
Evropa qit’asi
|
824,64
|
2495,37
|
Osiyo qit’asi
|
380,0
|
618,0
|
Avstraliya va yangi Zellandiya
|
-
|
620
|
Boshqa regionlar
|
20,0
|
63,7
|
Jami:
|
1225,69
|
4878,27
|
Shu sababli ko‘pchilik mamlakatlarda shamol energetikasi yagona energiya kompleksining alohida tarmog‘i sifatida shakllandi. Hozirgi paytda SHEQ ning umumiy o‘rnatilgan quvvati 8000 MVt dan ortiq. SHES lardan olinadigan energiyaning narxi AQSH ning ”EPRI” instituti ma’lumotlariga ko‘ra 5-7 sent(kVt·s) bo‘lib an’anaviy elektrostansiyalar ko‘rsatkichiga tengdir.
Umumiy xarajatlar bo‘yicha (xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash, yonilg‘i) SHES larda -1,4 sent(kVt·s) bo‘lib, u issiqlik elektr stansiyalari (IES)ning ko‘mirda [2,0 sent/(kVt·s)], gazda [ 2,9 sent/(kVt·s)], mazutda [3,2 sent/(kVt·s)] ishlaydiganga nisbatan arzonligi bilan qulaydir. Keltirilgan ma’lumotlar yillik o‘rtacha shamol tezligi 5 - 6 m/s bo‘lgan hududlarga taalluqlidir. Shamol tezligining o‘rtacha ko‘rsatgichlari bundan yuqori bo‘lgan xududlarda SHES samaradorligi ham yuqoridir. Xozirgi kunda bir qator yangi energetika dasturlari qabul qilinib ularda qaytadan tiklanayotgan noan’anaviy energiya manbalarini joriy etib tannarxni pasaytirish siyosati olib borilmoqda.
Niderlandiyada yangi energetik siyosatni qo‘llash yo‘li bilan 2020-yilga borib yangidan kashf etilayotgan noan’anaviy manbalar hisobiga umumiy elektr energiyaning 10% ini olish rejalashtirilmoqda.
Mamlakatning energiya ta’minotida SHES salmoqli o‘rinni egalashi uchun ular qurilishini yillik o‘rtacha shamol tezligi 8 m/s bo‘lgan joylarda qurib SHEU quvvati 1000 kVt dan kam bo‘lmagan qurilmalar bilan ta’minlash joizdir.
Niderlandiyada shamol energetikasi davlat tomonidan mablag‘ bilan qo‘llab- quvvatlanib unga etakchi tijorat kompaniyalari ham salmoqli hissa qo‘shmoqda. Ishlab chiqaruvchilarga salmoqli foydani nafaqat uskunalar eksporti balki loyihalar ham keltiradi. Hozir AQSH da SHEU quvvati 1770 MVt ga yetgan bo‘lib, u
jahondagi jami SHES quvvatining 40% ini tashkil etadi. Buning 1600 MVt dan ortig‘i Kaliforniya shtatiga to‘g‘ri kelib qolgan ulush esa boshqa shtatlar bo‘yicha taqsimlangan.
Texas shtatidagi quvvat 42 MVt ga teng bo‘lib, yaqin muddatda uni 255 MVt ga yetkazish rejalashtirilgan. Shamol energetikasining rivoji davlat tomonidan amalga oshirilib asosan soliq krediti hisobigi qoplanib energetika bozoridagi 0,015 dol/(kVt·s) ga tengdir. Bu foydada SHES larning ham ulushi bor. Shu sababli dastur 2030-yilga borib harakatda bo‘lgan SHES quvvatini 10 000 MVt ga yetkazishni ko‘zda tutgan.
Xususiy investitsiyalarni jalb etish uchun imtiyozli soliqlar o‘rnatilgan bo‘lib, iste’molchilarga esa shamol elektr energiyasi uchun imtiyozlar joriy etilgan. Ushbu pul - kredit siyosati SHES quvvatini oshirish va shamol energetikasi rivojlanishi uchun omildir.
AQSH dagi shamol energetikasini rivojlantirish dasturining barcha bandlari Milliy koordinatsiyalovchi ko‘mita bilan bog‘lik bo‘lib, u o‘z navbatida xususiy kompaniyalar, ishlab chiqaruvchilar, tijorat tashkilotlari va atrof muhitni himoyalash jamoatchilik tashkilotlari bilan uzviy bog‘langan.
1995-yilda Godlend (Koliforniya sht.) shaxrida shamol energetikasi bo‘yicha yangi milliy markaz ochilgan bo‘lib, u SHEU ni sinash va sertifikatsiyalash, hamda sanoat namunalaridagi parraklarni tekshirishga mo‘ljallangan. Shamol energetikasini rivojlantirish dasturi elektr energiya narxini shamol stansiyalarida 1984-yildagi 0,35 AQSH doll.dan 1996-yilda 0,05 dol.ga arzonlashtirishga imkon bergan. Bunday narx arzonlashuvi yirik shamol podstansiyalariga ega bo‘lgan mamlakatlarda ushbu sohaning rivojlanishiga zamindir.
Shu sababli AQSH da yaqin o‘n yillikda tannarxini tushirgan holda elektr energiya miqdorini 2 martaga oshirish ko‘zlangan.
Hozirgi paytda Germaniya shamol energiyasini qo‘llash va shamol energiya quvvatlarini ishga tushirish bo‘yicha Yevropada peshqadam davlat sifatida tan olingan. SHES da ishlab chiqarilgan elektr energiya mamlakatda ishlab chiqarilgan
umumiy elektr energiyaning 1% ni tashkil etib, 1996-yildan boshlab ishga tushirilayotgan SHEU soni va ularning quvvat birligi yil sayin ortib bormoqda.
Daniya Yevropada birinchi bo‘lib, 1970-yilgi neft krizisidan keyin elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun shamol energiyasidan foydalanish maqsadida keng miqyosdagi loyihalarni amalga oshirishga kirishdi. 1980-yilga kelib Daniya energo sistemaga 614 MVt quvvatli SHES ni qo‘shib peshqadamlikka erishdi. Faqat 1995-yilda mamlakat 75 MVtli quvvatlarni kiritdi. Ekologik toza shamol energiyasi Daniyaning energo tizimlaridan foydalanadigan davlat va tijorat hamda eksport bilan shug‘ullanuvchi energiya iste’molchilariga davlatning yordami bo‘ldi.
Ammo davlat ko‘magi SHEU ishlab chiqaruvchilardan, shamolning tezligi 8 m/s. dan yuqori bo‘lgan rayonlarda issiqlik va atom elektr stansiyalarida ishlab chiqariladigan ekvivalent qiymatni pasaytirishni hamda elektr energiyasi narxini 4,7 sent/(kVt·s) gacha pasaytirishni talab etadi.
1991-yilda jahonda birinchi bo‘lib Daniyada “Vindeby” dengiz elektro- stansiyasi ishga tushirildi. Uning tarkibida “Bonus” firmasining kuvvati 450 kVtli shamol g‘ildiragi 37 metr bo‘lgan 11 ta SHEU mavjud.
SHES Lolland oroli qirg‘og‘idan 2 - 3 km masofada joylashtirilgan.
Hozirgi paytda SHEU ning birlik quvvati 5 MVt gacha bo‘lgan dengiz SHES qurish uchun maxsus dastur tayyorlanmoqda. Daniya ham barcha taraqqiy topgan mamlakatlar singari shamol energiyasidan foydalanish bozori mexanizmlarini keng rag‘batlantirib kelmoqda.
Yangidan kashf etilayotgan energiya manbaalarini rivojlantirish asosan xususiy va kooperativ mablag‘lar hisobiga ta’minlanib, bir qancha normativ akt va hujjatlar bunga undaydi. Yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish uchun mablag‘ joylashtirishning aniq shartlari joriy etilgan bo‘lib, u yuqori foyda olish imkoniyatlarini kafolatlaydi. Shamol energetikasi SHES laridagi quvvatning ortib borish hisobiga rivojlanib, qurilmaning taxtligi 90 %ga teng bo‘lishi shart. Bu esa o‘z navbatida banklar va mablag‘ joylashtiruvchi investorlar oldidagi tahlikani kamaytiradi. Banklar quvvati 5000 MVt li SHES larni 10 yil muddatgacha mablag‘
bilan ta’minlashga tayyor.
Hindistonning shamol energetikasi dasturi yirik masshtabdagi tijorat SHES larni qo‘llashga qaratilgan. Dasturga ko‘ra, SHES larda ishlab chiqarilgan elektr energiya narxining an’anaviy usulidagi elektrostansiyalarda ishlab chiqarilgan elektr energiya narxi bilan farqini kamaytirish yoki tenglashtirish rejalangan.
Qabul qilingan 8 yillik davrga mo‘lljallangan milliy dastur SHES lardagi o‘rnatilgan quvvatni 500 MVt ga yetkazishni ko‘zda tutadi. Olib borilgan ishlarni markazlashtirilgan holda boshqarish noan’anaviy energiya manbaalari(MNES) vazirligiga yuklatilgan. Texnik siyosatning amalga oshirish va mablag‘ ajratishni nazorat qilish Hindiston yangi kashf etilayotgan energiya manbaalarini rivojlantirish (IREDA) agentligiga yuklatilgan.
Jahon rivojlanish va taraqqiyot banki IREDA ni mablag‘ bilan ta’minlash uchun 195 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya ajratdi. AQSH noan’anaviy energiya manbaalarini rivojlantirish maqsadida 2 ta loyihani:
IREDA faoliyatidagi aniq maqsadli yo‘nalish dasturini rivojlantirish texnik yordam loyihasini.
Quvvati 85 MVt li SHESlarni va umumiy quvvati 87,5 MVt li noan’anaviy energiya manbaalari moliyalash loyixasini mablag‘ bilan ta’minlashni mo‘ljallagan.
IREDA SHESlarda elektr energiya ishlab chiqaruvchilarning 5 yilgacha muddatga aksiz solig‘i va qo‘shimcha qiymat solig‘idan ozod qildi va elektr energiya tarmog‘iga energiya uzatish uchun imtiyozlarini ham berdi.
SHEU kompleksi importyorlarni esa SHESning maxsus komponentlarining importi bilan shug‘ullanuvchilarni 100% bojxona to‘lovlaridan ozod qilib, elektr tarmog‘iga energiya uzatishga barcha imtiyozlarini yaratdi. Shvetsiyada alternativ energiya manbaali elektr stansiyalarni qurilish muammosini hal etish maqsadida Shvetsiya parlamenti a’zolaridan iborat nufuzli komissiya tuzildi. Shvetsiyaning energetik siyosatini tadqiqotlagan komissiya, milliy energiya tizimni qayta takomillashtirish bo‘yicha yagona dastur tuzishni taklif etdi. Shvetsiyadagi SHEU lardan uzatiladigan elektr energiya qiymatiga atrof-muhitni himoyalash xarajatlari ham qo‘shilgan. Aniq loyihalardagi elektr energiya narxiga 5% ustama narx qo‘yilib
bu qo‘shimcha qiymat SHES turbinalarini ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish xarajatlarini 25 yil mobaynida qoplab turish uchun mo‘lljalangan.
Hozirgi paytda Shvetsiyadagi SHEU ayni olingan region uchun boshqa tur energiya manbaalari kabi aniq narx qo‘yish mumkin. Tender qatnashchilari uchun SHEU loyihasida asosan 2 ta kriteriya asos qilib olingan, ya’ni elektr energiyaning limitlangan narxi va shovqinning ortishi mumkin bo‘lgan darajasi. Pirovard natijada esa shved shamol bozorida yanada iqtisodiy tejamkor va samarador turbinalar paydo bo‘lishi kutilmoqda.
Xitoy ham ulkan shamol energiya potensialiga egadir. Uning energetik potensiali 10 MVt ni tashkil etib, asosan mamalakat g‘arbi, shimoli va qirg‘oq bo‘yi regionlariga to‘g‘ri keladi.
1980-yildan boshlab qishloq joylarida shamol energiyasini qo‘llash mamalakatning elektrlashtirish dasturining asosiy qismlaridan biri bo‘lib kelmoqda. Bu davr moboynida quvvati 10 - 100 kVt li 15 mingdan ortiq SHEU o‘rnatilgan bo‘lib, ular avtonom holatda ishlaydi. Yagona elektr tarmoqqa ulanmagan va jami umumlashgan quvvati 17 MVt dan ortiqdir. Shamol energetikasi fani va texnologiyasining jadal rivojlanayotganligi SHES qurilish texnologiyasi o‘sishi va rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shamol agregatlarining ishonchligi 1980- yildagi 50 % dan hozirgi kunda 90% ga yetdi.
Xitoydagi shamol elektrostansiyalarida ishlab chiqarilgan yoki generatsiya qilinayotgan elektr energiyasining narxi issiqlik elektrostansiyalaridagiga teng, atom elektrostansiyalaridagidan esa arzondir.
SHES larga mablag‘ kiritish har bir kilovvat uchun 10 ming yuanga teng. Shamol energetikasini umumenergetikaga qo‘shilishiga qarab bu ko‘rsatkichni kamaytirish ko‘zda tutilgan.
Hozirgi kunda issiqlik elektrostansiyalaridagi har bir kilovatt elektr energiya uchun narx 10 ming yuan bo‘lib, zamonaviy xorij uskunalarini o‘rnatilayotganligiga qaramasdan bu ko‘rsatgich ortib bormoqda. Kichik issiqlik elektrostansiyalaridagi qozonlar uchun saflangan mablag‘larni e’tiborga olmagan holda ham elektr
energiyaning narxi 7 ming yuan/kVt ga tengdir.
Kichik gidroenergetikadagi o‘rnatilgan har bir kilovatt soat elektr energiya 6 ming yuanga teng kelmoqda. Ammo shuni e’tiborga olish lozimki, SHES larning qurilish muddati juda oz bo‘lib, mablag‘ joylashtirish ham kam fursatni egallaydi, ya’ni qurilish tugagach moliyalash ham to‘xtaydi. Qurilishi bitgan SHES lar birinchi yilidanoq elektr energiya ishlab chiqarib foyda keltiradi.
Asosiy uskunalarning narxidan tashqari barcha xizmat ko‘rsatish va uskunalarni boshqarish uchun xarajatlar yil sayin kamayib boradi. Issiqlik elektr stansiyalarida (IES) ishlab chiqarilgan elektr energiyaning 80% i esa yonilg‘i narxiga to‘g‘ri keladi va elektr energiyaning tan narxi yonilg‘iga bog‘liq holda doimo o‘sib boradi. Shu sababli shamol energetikasi boshqa tur energiyasiga nisbatan ustundir. Har xil rayonlarda o‘rnatilgan quvatdan foydalanish turlicha bo‘lib u yil davomida 2500 soatdan ortiqdir. Odatda katta nominal quvvatli agregati bo‘lgan SHESlarda iqtisodiy ko‘rsatgichlar ham yuqoridir.
Xozirgi kunda Xitoy iqtisodiy yuksalish davrini o‘tamoqda. Yillik ichki milliy mahsulot ishlab chiqarishning o‘sishi 9 - 11 % ni tashkil etib, mamlakat janubida bu ko‘rsatgich 20% atrofidadir. Iqtisodiy va sotsial farovonlik zamirida elektr energiya ishlab chiqarish yotadi.
Yigirma birinchi asrning boshida Xitoyda shamol elektr stansiyalari umumiy elektr energiyaning 0,3 % ishlab chiqarish rejalangan.
Shunday qilib ko‘pchilik Yevropa mamalakatlari, Amerika va Osiyoning qator mamlakatlarida shamol energetikasini rivojlantirish katta masshtabda olib borilib davlat tomonidan mablag‘lanadigan milliy dasturlar qabul qilingan. Bir qator shamol energetikasi bo‘yicha jamoatchilik va davlat milliy markazlari tashkil etilgan bo‘lib, aholi tomonidan shamol energetikasining rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, hamda pul mablag‘larini ham jalb etishga qaratilgan siyosat olib borilmoqda.
Milliy dasturlar asosan, an’anaviy elektr energiya manbaalari bilan raqobatlasha oladigan shamol energetikasini rivojlantirib tijoratlashtirishga erishishga qaratilgan.
Shu sababli Xitoyning noan’anaviy energetikani rivojlantirish bosh
boshqarmasi bosh yo‘nalish sifatida, davlat tomonidan yirik sarmoya kiritilib
boshqarilayotgan tarmoqda SHES va SHEU laridagi elektr energiya narxini pasaytirishni, shamol trubinalari aerodinamikasini yaxshilashni, SHEU larda imkon qadar birlik quvvatni ko‘paytirib elektr energiya ishlab chiqarishni ko‘tarishni, SHEU ishonchliligi va ishlab chiqarish quvvatini oshirishni, ekspluatatsiya xarajatlarini pasaytirib, xizmat muddatlarini uzaytirishni belgilagan.
|
| |