Shamol energetik qurilmalarining turlari, tuzilishi va asosiy ko‘rsatkichlari




Download 3,9 Mb.
bet27/72
Sana04.12.2023
Hajmi3,9 Mb.
#110943
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   72
Bog'liq
Qayta tiklovchi energiya manbalari oquv qollanma (2) (3)

Shamol energetik qurilmalarining turlari, tuzilishi va asosiy ko‘rsatkichlari


Elektr energiya narxini pasaytirishning o‘zgacha usuli - bu yirik SHES larni yuqori shamol potensiali bo‘lgan rayonlarda, shu jumladan dengiz qirg‘oqlarida qurish va katta quvvatli elektr manbaa tarmoqlari bilan paralell ishlashini ta’minlashdir.
Ko‘pchilik mamlakatlarda shamol energetikasini moliyalovchi xususiy tadbirkorlarga bir qator imtiyozli soliqlar joriy etilgan. Bir qancha soliqlarni to‘lashdan ma’lum muddatgacha ozod qilish, imtiyozli foiz stavkali uzoq muddatli kredit berish va to‘lov muddatini qurulish tugaguncha cho‘zish, ekologiya solig‘ini joriy etish, elektr energiya sotishdan tushgan foyda mablag‘ining bir qismini rivojlanish fondiga o‘tkazish, mahalliy narx-navoni joriy etish kabi choralar ko‘rilgan bo‘lib bu choralar sarflangan kapital sarmoyani juda oz fursatlarda qaytarishga qaratilgan.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda birlamchi energiya ishlab chiqarish tartibi jahondagi tartibdan farq qiladi. Buning sababi shundaki, IEA ma’lumotlariga ko‘ra, bizda asosiy yonilg‘i - energetika mahsulotlaridan: tabiiy gaz - 83,7%, neft mahsulotlari -10,2%, ko‘mir - 2,6 %, suyultirilgan gaz - 2,5 % va gidroenergiya - 1,0% tashkil etadi.
Yadro energiyasidan va yangidan qo‘llanilayotgan energiya manbalari: geotermal, biomassa, quyosh, shamol energiyasidan katta hajmlarda foydalanilmayotganligi sababli ular haqidagi ma’lumotlar berilmagan.
GES larda ishlab chiqarilayotgan elektr energiya foiz hisobida olinganda dunyo ko‘rastkichlari bilan raqobatlasha oladi. IES da ishlab chiqarilayotgan elektr energiya esa dunyo ko‘rsatkichlaridan 22,52% ga yuqoridir.
Ushbu holat shu bilan izohlanadiki, qazib chiqarilayotgan issiqlik - energetika mahsulotlarining aksariyat qismi yonilg‘i sifatida ishlatiladi. Vaholanki, neft va gaz eng qimmatbaho kimyoviy mahsulotdir. Shu sababli issiqlik energiya resruslaridan elektr energiya ishlab chiqarish mexanizmini o‘zgartirish zarur.
Mustaqil Respublikamizning milliy konsepsiyasi issiqlik energiya resurslarini tejovchi samarador usullarini shakllantirishga qaratilishi lozim. Yuqorida keltirilgan shamol energiyasidan foydalanish bo‘yicha dunyo tajribalarini baholash va tahlil etish, yangidan kashf etilayotgan energiya manbaalaridan sanalmish shamol enrgetikasini rivojlantirish va undan foydalanishning har tomonlama ustunligini namoyon etdi. Ushbu fikrni 4.2. 4.3, va 4.4 - jadvallardagi ma’lumotlar ham tasdiqlaydi. Ushbu jadvaldagi shamol intensivligi 15 m/sek bo‘lgan tumanlardagi shamol esish muddati uzoq muddatni tashkil etadi



    1. Download 3,9 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   72




Download 3,9 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Shamol energetik qurilmalarining turlari, tuzilishi va asosiy ko‘rsatkichlari

Download 3,9 Mb.