|
– jadval. Shamol intensivligi ta’sirida bo‘lgan O‘zbekistonning
|
bet | 28/72 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 3,9 Mb. | | #110943 |
Bog'liq Qayta tiklovchi energiya manbalari oquv qollanma (2) (3) – jadval. Shamol intensivligi ta’sirida bo‘lgan O‘zbekistonning
hududlari.
Geografik tumanlar
|
Yillik o‘rtacha shamol tezligi,
m/s
|
Shamol yo‘nalishi
|
Kuchli shamol esish
muddati, oy
|
Kuchli shamol esuvchi kunlar,
kunlar
|
1 - guruh. Kuchli shamol aktivligi ta’sirida bo‘lgan tumanlar (15 m/s)
|
O‘rta Zarafshon
|
3.6
|
Sh, ShSh
|
III - IV
|
32
|
Termiz
|
2.6
|
G‘, JG‘
|
II - VIII
|
34
|
Koson - Qarshi
|
2.2
|
Sh, ShG‘
|
III - VIII
|
22
|
Markaziy Farg‘ona
|
2.6
|
JG‘, G‘
|
VI - VIII
|
30
|
G‘arbiy cho‘l
|
4.2
|
ShSh, Sh
|
XI - V
|
64
|
Qo‘qon
|
2.3
|
G‘, JG‘
|
III - XI
|
50
|
Energetikaning yangidan tiklanayotgan manbaalari yordamida Mustaqil Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan energiya miqdorini yanada oshirish mumkin. Buning uchun davlat tomonidan katta miqdordagi sarmoyalarni yangidan kashf etilayotgan sohani o‘rganish, uni rivojlantirish, qo‘llash, mutaxassislarni jalb etish maqsadida ajartish lozim. Natijada Mustaqil O‘zbekistonimizning xom-ashyo bazasini tejash, atrof-muhit ozodaligiga erishish, ekologik xavfni bartaraf etish, energetik mustaqillikka erishishini ta’minlovchi dastur bunyodga kelishi mumkin.
– jadval. Shamol intensivligi ta’sirida bo‘lgan O‘zbekistonning
hududlari.
Geografik tumanlar
|
Yillik o‘rtacha shamol tezligi,
m/s
|
Shamol yo‘nalishi
|
Kuchli shamol esish
muddati, oy
|
Kuchli shamol esuvchi kunlar,
kunlar
|
II - guruh. O‘rtacha shamol aktivligi tasirida bo‘lgan tumanlar (5-15 m/s)
|
Shimoliy cho‘l
|
2,0
|
Sh
|
XI - V
|
10
|
G‘allaorol
|
1.8
|
Sh, JG‘
|
XI-VI
|
9
|
Markaziy Surxandaryo
|
2,3
|
Sh
|
V-XI
|
5
|
Qamashi
|
2.0
|
Sh, G‘
|
III - VII
|
6
|
Chiroqchi
|
2.6
|
G‘, ShG‘
|
III - VIII
|
27
|
Buxoro
|
2.8
|
Sh, ShG‘
|
II - III
|
10
|
Quyi amudaryo
|
2,4
|
Sh, ShG‘
|
I - V
|
1
|
4.3 – jadval. SHamol intensivligi ta’sirida bo‘lgan O‘zbekistonning
hududlari.
Geografik tumanlar
|
Yillik o‘rtacha shamol tezligi,
m/s
|
Shamol yo‘nalishi
|
Kuchli shamol esish
muddati, oy
|
Kuchli shamol esuvchi kunlar,
kunlar
|
III - guru’. Zaif shamol aktivligi ta’sirida bo‘lgan tumanlar (5 m/s gacha )
|
Chirchiq - Angren
|
1.4
|
Sh, ShG‘
|
II - V
|
3
|
G‘arbiy Farg‘ona
|
1,3
|
G‘
|
III - VI
|
3
|
Shimoliy Zarafshon
|
1,4
|
ShG‘, JG‘
|
III - V
|
3
|
G‘arbiy Surxondaryo
|
1,7
|
Sh, ShG‘
|
II - VII
|
2
|
Shamol generatorlaridan foydalanish quyidagi afzalliklarga ega:
ishlab chiqarilgan elektr energiyasining narxi yoqilg‘i narxlarining o‘zgarishiga bog‘liq emas;
foydalanish xarajatlarining unchalik yuqori emasligi;
zararli chiqindilar chiqarmaydi.
shamol generatorlaridan foydalanish quyidagi kamchiliklarga ega:
mustaqil manba sifatida elektr energiyasi bilan ta’minlanish uchun zaxira ta’minot manbai kerak bo‘ladi, chunki elektr energiyasini ishlab chiqarish shamolning esishiga va kuchiga bog‘liq;
katta miqdorda boshlang‘ich kapital sarflash kerak bo‘ladi;
shamol generatori ishlaganda shovqin chiqaradi, ko‘rish sohasini to‘sib qo‘yadi.
Shamol qurilmalaridan samarali foydalanishda hududning iqlimi sharoitlari va metereologik xususiyatlarining ahamiyati
Shamol qurilmalarini joylashish xarakteristikasining termatizatsiyasi uchun ularning aniq regionda effektiv energetik qo‘llash maqsadi bilan qoidaga ko‘ra shamol energetika kadastri ishlab chiqiladi, u o‘zi bilan shamolning aerologik va energetik xarakteristikalar majmuasini tashkil etadi. Bu esa uning energetik bahosini, hamda aniq parametrlarni va shamol qurilmalarining ishlash rejimini aniqlashda yordam beradi.
Shamol energetikasi kadastrining asosiy xarakteristikasi bu:
Shamolning o‘rtacha yillik tezligi, yillik va sutkali shamolning yo‘li;
Tezliklarning qaytarilishi, tezlik funksiyalarining taqsimlanish parametrlari va turlari;
Shamolning eng kata tezligi
Shamol davrlarini va energetik tinchib qolish davrlari taqsimlanishi;
Quvvat va solishtirma shamol energiyasi;
Shamol energetik resurslari.
Shamol hududi xaritalarida shamolning o‘rtacha yillik tezligi haqidagi meteo ma’lumotlar statistik qayta ishlash yordamida topiladi va ular anemometrlar yordamida standart balandlikka keltirib (yer sathidan 10 m balandda) eng yaxshi ochiq hududlar meteostansiyalar tomonidan hisoblanadi.
Yo‘nalishlar bo‘yicha shamolning taqsimlanishi haqida hisobga olish, odatga ko‘ra o‘tkazilmaydi.
Shuning uchun har bir aniq joyda shamol potensialini aniqlash uchun mahalliy samarani – orfografiyani hisobga olish, hududning g‘adur-budurligini, uning ochiqligi, daryo ustidagi sathini va boshqalarni, ya’ni shamolning kuchiga va yo‘nalishiga ta’sir etuvchi shamol energiyasini mavsumlarda o‘ziga xos ravishda notekisligi va aniq vaqtda davomiy emasligini hisobga olgan holda, bundan esa, haqiqiy shamol potensialini baholashga va shamol elektrostansiyasini montaj qilish hamda samarali maydon tanlash uchun maxsus ishlar olib borish maqsadga muvofiqligidan kelib chiqadi.
Respublikamizning shamol energetik potensiali tahlili shuni ko‘rsatdiki, kichik iste’molchilar soni ko‘p bo‘lgan hududlarda, yaxshi shamol mavjud emas. Bu joylarda shamol tezligi 3-4 m/s dan oshmaydi. Aksincha shamol potensialiga ega bo‘lgan hududlarda iste’molchilar mavjud bo‘lmagan joylarda, shamol potensiali tezligi 10-12 m/s bo‘lib asosan poyalar orasida, g‘orlarda hamda murakkab joylarda (borish yoki chiqish qiyin bo‘lgan) mavjud. Respublika hududida shamol potensiali uncha yuqori emas va uning tezligi 2-5 m/s oralig‘idadir.
O‘zbekistonda kichik quvvatli (1-5 kVt) shamol energetik qurilmalarini qo‘llash orqali, respublika shamol energetikasi istiqboli belgilanadi.
Shamol energiyasini o‘ziga xos xususiyati, bu vaqt bo‘yicha paydo bo‘lishini notekisligi, bu esa shamol agregat o‘rnatilgan hududi energiya ishlab chiqarishga ta’sir etadi. Bunday holatda energiya ishlab chiqarish va elektrik parametrlar bir maromdaligini hisobga oluvchi bundan tashqari bir maromlik katta talab etilmaydigan sodda hamda iqtisodiy ishlash imkoniga ega shamol qurilmalari ishlatiladi.
Shamol agregati qo‘shimcha zaxira bilan turli sohalar bo’yicha mahsulot olinsa, shamol energiyasidan foydalanish istiqbolli hisoblanadi. Shamol agregatini suv ko’tarishda, issiqlik ishlab chiqarishda, sovutishda va minerallangan suvlarni ichimlik suviga aylantirishda qo‘llash samarali hisoblanadi.
Suv ko’tarishga mo’ljallangan istiqbolli shamol qurilmalari, shamol bo‘lmagan vaqtlarda 3-5 sutka mobaynida normal suv ta’minotini ta’minlovchi rezervuarlar bilan jihozlangan. Rezurvuar hajmini to‘g‘ri tanlash asosida shamol energiyasi hisobiga suv ta’minotini 80-90% ga ta’minlash mumkin. Yer osti sathini pasaytirishga mo‘ljallangan meliorativ tizimdagi quduqlardan suv chiqarishda shamoldan foydalanish samarali hisoblanadi.
Shamol energiyasidan sho‘r suvlarni chuchuk suvga aylantirishda foydalanish maqsadga muvofiq. Hozirgi vaqtda UVE-0,5 turdagi chuchuklashtiruvchi shamol energetik qurilmalari ishlab chiqariladi. U quyidagi tartibda ishlaydi: bitta (suv ko‘taruvchi) nasos sho‘r suvni filtr orqali rezervuarga uzatadi, boshqasi esa rezervuardagi suvni chuchuklashtiruvchi apparatdan o‘tkazadi. Qurilma ishlashida generatorda katta oraliqlarda yuklanish va tok chastotasi o‘zgarishiga mo‘ljallangan.
Amerika Qo‘shma Shtatlari Ayova shtatining firmalaridan birida tayyorlangan hayvonlar ushlab turiladigan joyni isitishga mo‘ljallangan shamol energiyasidan mexanik foydalanishga mo‘ljallangan issiqlik qurilmalari tayyorlangan.
U katta rezervuarda joylashgan qurilma jihoz ko‘rsatgichini aylanishiga majbur qiladi. Aylanishi natijasida rezervuardagi suv 450 C gacha isiydi. Suvli isitishning sig‘imi umumiy tizimi 2270 litrni tashkil etadi. Shamol energetik qurilmalari (SHEQ) 32% quvvati isitgichlarni ta’minlaydi, qolganlari esa issiqlik almashinishi «suv-havo»
turiga to‘g‘ri keladi.
Shamol energiyasi mikroklimatning muzlatkich kameralarida kerakli parametrlarni ushlab turish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tog‘ toshli trassalarga yuvish, trassaga o‘g‘itlarning olib kelinishi uchun va boshqa maqsadlar uchun ishlatish mumkin.
Shamol qurilmasi yordamida (4.2-rasm) nam havodan ichimlik suvi olinadi. Ishlab chiqarish salmog‘i katta emas (15...21 litr bir sutkada). Ammo past suvsiz hududlarda (masalan, orol oldi zonalarda) bunday qurilmalar ichimlik suvini avariyali holatda ishlatilishi mumkin.
Qurilmaning dvigateli shamol turbinasi. U atmosfera shamolini changlanmaslik filtr bilan yutib oladi. Keyin havo er osti issiqlik almashinuvchiga tushadi, u erda namlik kondensatsiyalanadi. Issiqlik almashinuvchiga o‘zi bilan diametri 37 mm bo‘lgan alyuminli shamol o‘tkazgichni tashkil etadi. Har bir turbaning uzunligi 6 m.
|
| |