|
-jadval. Shamol elektr agregatlarning xarakteristikasi
|
bet | 36/72 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 3,9 Mb. | | #110943 |
Bog'liq Qayta tiklovchi energiya manbalari oquv qollanma (2) (3)4.5-jadval. Shamol elektr agregatlarning xarakteristikasi.
T.
R.
|
Asosiy ko‘rsatkichlar
|
Shamol agregatining turi
|
AVE U-6-
4M
|
AVE- 16
|
AVE- 18-30
|
AVE- 25-
100/250
|
1.
|
Shamol g‘ildiragining diametri, m
|
6,6
|
12,0
|
18,0
|
25,0
|
2.
|
Tirgak ustunining balandligi, m
|
9,0
|
12,0
|
18,0
|
25,0
|
3.
|
Qanotlar soni
|
2
|
3
|
3
|
3
|
4.
|
Shamolni qo‘llash hududlardagi o‘rtacha yillik tezligi, m/s kam
bo‘lmagan
|
5,0
|
5,0
|
5,0
|
5,0
|
5.
|
Nominal quvvatga erishilgandagi
shamolning hisobli tezligi, m/s
|
9,5
|
10,5
|
10,0
|
9/14
|
6.
|
Ishlash tezliklarining diapozoni, m/s
|
4,5-40
|
4,5-
25,0
|
5,0-
25,0
|
5,0-30
|
7.
|
Nominal quvvati, kVt
|
4
|
16
|
30
|
100/250
|
8.
|
Xarajatlarni qoplash muddati, yil
|
3-4
|
4-5
|
4-6
|
4-6
|
9.
|
Yonilg‘ining yillik tejami, t
|
4,4
|
16,3
|
28
|
84
|
10.
|
Og‘irligi, kg
|
1210
|
3300/4
400
|
5000
|
18000
|
4.10-rasm. Elektr energiya ishlab chiqarishning shamol tezligiga bog‘liqligi,
E – elektr energiyaning ishlab chiqarilishi, kVts; V – shamol tezligi, m/s .
Shamol elektr qurilmalarida kuchlanishni boshqarish
Odatda shamol dvigatellari shamolning 4 dan 3m/sek gacha bo‘lgan kuchsiz tezliklarida o‘zgaruvchan aylanish bilan ishlasa, 8 m/sek dan katta tezliklarida esa shamol dvigatellari avtomatik rostlashga ega bo‘lsa, o‘zgarmas aylanish bilan ishlaydi. Aylanishlarning notekisligi mazkur shamol dvigatellarining rostlash tizimiga bog‘liq ravishda 3 dan 15% gacha bo‘lgan oraliqlarda o‘zgaradi.
Shunday qilib, shamol dvigatellariga ulangan generator aylanishlarning o‘zgarmasligini ta’minlashi kerak. Bu shartlarga o‘zgarmas tok generatorlari javob beradi va odatda ular kichik quvvatli shamol elektr stansiyalariga o‘rnatiladi.
Shamol dvigateli bilan ishlashi uchun o‘zgarmas tokning shunt generatorlari ishlatiladi.
Mazkur generatorlari shunt g‘alayonlanishli (sxemasi rasmda ko‘rsatilgan) yoki aralashma g‘alayonlanishli bo‘lishi mumkin.
Ularda asosiy shunt o‘ramlaridan tashqari qo‘shimcha tarzda g‘alayonlanishning serkes o‘ramlari bo‘lishi mumkin.
Qo‘shimcha o‘ram shunday ulanishi kerakki, uning magnit oqimi shunt o‘ramning asosiy oqimi bilan qo‘shilishi kerak. Buning natijasida kompaund g‘alayonlanishli generator sxemasini olamiz.
Quvvati 100 dan 1000 Vatt gacha bo‘lgan kam quvvatli shamol elektr stansiyalarida traktor va avtomobillar va o‘rnatilgan generatorlar ishlatiladi. Mazkur mashinalar o‘zgaruvchan aylanish bilan ishlaganligi uchun ularga generatorlar katta magnit to‘yinish bilan tayyorlanadi. Shuningdek kuchlanish rostlagichlari mavjud bo‘ladi. Shu sababli ularda aylanishlarni katta oraliqlarida tebranishiga ruxsat beriladi. Bu esa shamol dvigatellari ishlaydigan notekisliklarga mos keladi. GVT GAU va GBF rusumi bilan ma’lum bo‘lgan mazkur generatorlarning kamchiligi foydali ish koeffitsientining kichikligidir. GBT generatorlari OT3 va XT3 traktorlariga o‘rnatiladi va quvvati 60 dan 85 Vatt gacha, kuchlanishi 6 Volt, g‘alayonlanishning ikki qutbli shunt o‘ramlariga ega bo‘ladi xamda kuchlanishni avtomatik rostlash bilan ishlaydi. Rostlagich yuklamali rejimda aylanishni 1100 dan 2100 ayl/min gacha o‘zgartirishga imkon beradi. Kuchlanish esa o‘zgarmas xolatda ushlab turiladi.
Uch shyotkali GBF generatori M-2, 34 C-101 rusumidagi yengil avtomobillarga o‘rnatiladi. Ularning quvvati 60 dan 80 Vt gacha bo‘ladi, kuchlanishi- 6 volt; ikki qutbli, g‘alayonlanishni shunt o‘ramli.
Uch shyotkali generatorlarning afzalligi ularning aylanishlari 700 dan 4500 ayl/min o‘zgarishida maxsus kuchlanish rostlagichsiz akkumulyatorlarni zaryadlashda ishlashi mumkindir.
G’alayonlanish shunt musbat qutbi betarafga nisbatan 600 atrofida ma’lum bir burchakka siljigan maxsus uchinchi shyotkaga ulangandir.
Mazkur holatda generator qutblaridagi magnit oqimining taqsimlanishiga yakor
o‘ramlarining soni o‘zgarishidan foydalaniladi. Yakor o‘ramlari tomonidan hosil qilinayotgan oqim kompaundga qarshi o‘ramlar oqimiga o‘xshash vazifani bajaradi, ya’ni qutblarni magnitsizlantiradi. Shu tufayli aylanishlar sonini juda katta tebranishlarda ham generator qisqichlaridagi kuchlanish katta bo‘lmagan oraliqlarda o‘zgaradi. Shuni aytib o‘tish joizki, kuchlanishning cheklanishi faqatgina generator akkumulyator batareyasiga yoki katta quvvatli yuklamaga ishlaganda yuz beradi. To‘liq bo‘lmagan yuklamada yoki salt ishlashida kuchlanish katta oraliqlarda
o‘zgaradi. Bu holatda ishchi tok bo‘lmaydi va buning natijasida yakorning reaksiyasi mavjud bo‘lmaydi.
Shuntli GA 250/12 rusumdagi generator, to‘rt qutbli quvvati 250 Vatt, kuchlanishi 12 V bo‘lib, avtobuslarda ishlashi uchun mo‘ljallangan. PPT turdagi kuchlanishni avtomatik rostlash bilan ishlaydi. Mazkur rostlagich yuklamaga ega bo‘lgan aylanishlarni 1300 dan 3000 ayl/min gacha o‘zgarishida kuchlanishning o‘zgarmasligini ta’minlab turadi. Generator shamol g‘ildiragining diametri 3 m bo‘lgan shamol dvigatellari bilan ishlashi uchun qo‘llanilishi mumkin.
Quvvati 1000 Vatt, kuchlanishi 24 volt bo‘lgan GT 1000/24 generatori PPT turdagi kuchlanish rostlagichi bilan ishlaydi va aylanishlarni 350 dan 3000 gacha tebranishda kuchlanishning o‘zgarmasligini ta’minlaydi. Mazkur generator shamol g‘ildiragining diametri 3 dan 3,5 m gacha bo‘lgan shamol dvigatellarida ishlatilishi mumkin va shamolning yuqori o‘rtacha yil tezliklariga ega bo‘lgan hamda shamolning o‘rtacha yillik tezliklari 5 m/sek past bo‘lgan tumanlarda ishlatish uchun mo‘ljallangandir. Shuningdek diametri 5 m bo‘lgan shamol g‘ildiragiga ega bo‘lgan shamol dvigatellarida ishlatilishi mumkin.
Umumiy qo‘llanishli o‘zgarmas tok generatori normal to‘yinishli magnit tizimiga ega bo‘ladi. Buning natijasida ularning tavsiflari katta og‘ish burchakli (gorizontalga nisbatan) egri chiziqqa ega bo‘ladi va aylanishlarni tebranish ko‘lami kichik bo‘lishi bilan farqlanadi. Bunday generatorlar yurish notekisligi kichik va yuqoriroq quvvatli shamol dvigatellari bilan ishlashi mumkin.
G’alayonlanish zanjirida o‘zgarmas qarshilik bilan ishlash rejimi. Shunt generatorlarining o‘zgarmas kuchlanishdagi aylanishlarga bog‘liq holdagi tasviri to‘g‘ri chiziq ko‘rinishidagi chizma sifatida ko‘rsatiladi. To‘g‘ri chiziqning koordinataning gorizontal o‘qqa og‘masi generator shunt o‘ramlari zanjirida g‘alayonlanish tokining kattaligini ko‘rsatadi.
Shamol elektr agregati ishlaganda kuchlanishning o‘zgarmasligini olish maqsadga muvofiqdir. Bunga esa generator yuklamasini rostlash bilan erishiladi.
Bunday rostlashni akkumulyator batareyasini generator klemmalariga parallel
ulash orqali amalga oshiriladi. Mazkur holatda akkumulyatorning vazifasi shamol
dvigatelining quvvat tebranishini silliqlash va generator klemmalarida normal kuchlanish kattaligini ushlab turishdan iboratdir. Shamol dvigatelining aylanishi pasayganda generator klemmalaridagi kuchlanish tushib ketadi. Agarda akkumulyator batareyasi normal zaryad holatida bo‘lsa, uning kuchlanishi generatordagiga qaraganda katta bo‘ladi. Shu sababli u shamol dvigatelini tokning kamayishi xisobiga yuklamani bir qismini o‘ziga oladi. Bu bilan birga uning aylanishi oshadi va generator kuchlanishi tiklanadi.
Izolyatsiyalangan turdagi shamol elektr stansiyalari sezilarli darajadagi kamchilikka ega bo‘lib, u energiyani bir tekisda uzatishni ta’minlash uchun akkumulyator va zaxira issiqlik dvigatelini o‘rnatish kerakligidan iboratdir. Buning natijasida o‘zgarmas tokning katta quvvatli shamol qurilmasini amalga oshirish qiyin bo‘lsa, olinadigan energiyaning tannarxi juda katta bo‘ladi. Izolyatsiyalangan turdagi shamol qurilmasini energiyaning boshqa manbalari qimmat bo‘lgan joylarda o‘rnatish maqsadga muvofiqdir. Biroq mazkur shamol qurilmalari agarda ular mexanik uzatma bilan ishlasa, elektr energiya esa yordam maqsadida ishlab chiqarilsa (xizmat qiluvchi xonalarni yoritish, zaryadlash va boshqalar) foydali bo‘lishi mumkin. Bu holatda katta sig‘imdagi akkumulyator kerak bo‘lmaydi.
Elektr yoritish va motor yuklamaga xizmat qiluvchi shamol qurilmalar ham mexanik ham elektr mashinalardagi yo‘qotishlarga ega bo‘ladi, ya’ni foydaliligi kamroq bo‘ladi.
|
| |