|
Quyosh kollektorlarining ish jarayoni
|
bet | 44/72 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 3,9 Mb. | | #110943 |
Bog'liq Qayta tiklovchi energiya manbalari oquv qollanma (2) (3)Quyosh kollektorlarining ish jarayoni
Quyosh suv isitish qurilmasi quyosh kollektori, issiqlik almashingich kontur va issiqlik akkumulyatori (suvli bak) dan tashkil topgan (5.6-rasm).
Quyosh kollektori orqali issiqlik tashuvchi (suyuqlik, propilenglikol,) sirkulyatsion harakat qiladi. Quyosh kollektorida issiqlik tashuvchi quyosh energiyasi hisobiga qiziydi va o‘z issiqligini bak-akkumulyatorda o‘rnatilgan issiqlik almashingich orqali suvga beradi. Bak-akkumulyatorda issiq suv u foydalangunga qadar saqlanadi, shuning uchun u yaxshi issiqlik izolyatsiyasiga ega bo‘lishi zarur. Quyosh kollektori joylashgan birinchi konturda issiqlik tashuvchining tabiiy va majburiy sirkulyatsiyasi bo‘lishi mumkin. Bak-akkumulyatorda elektr isitgich-dubler
o‘rnatilishi mumkin. Bak-akkumulyatorda normadan past darajada suv harorati tushib ketganda (bulutli ob-havo sharoitlarida, quyosh shu’lalanishi soatining qish mavsumida kamayib ketishi) isitgich-dubler avtomatik ravishda qo‘shilib suvni berilgan haroratgacha qizdiradi.
5.6-rasm. Quyosh kollektorining asosiy qismlari.
Quyosh uskunasining asosiy konstruktiv elementi kollektor bo‘lib, unda quyosh energiyasini ushlab qolish, uni issiqlikka almashtirish va suvni havoni yoki biror-bir boshqa issiqlik tashuvchini qizdirish amalga oshiriladi. Quyosh kollektorlarining ikki turi farqlanadi, yassi va fokuslovchi. Yassi kollektorlarda quyosh energiyasi konsentratsiyasiz yutiladi, fokuslovchida esa – konsentratsiya bilan, ya’ni kelayotgan radiatsiya oqimini zichligining oshishi bilan past haroratli gelio uskunalardagi kollektorlarning eng keng tarqalgan turi quyosh energiyasining yassi kollektori (QEK) hisoblanadi. Uning ishlashi «issiq yashik» prinsipiga asoslangan bo‘lib, uni yopiq avtomobil saloni quyoshda qizishini esga olsak tasavvur
qilish oson bo‘lib, u unga shaffof oyna yuzalari orqali quyosh nurlariga o‘ziga xos qopqon vazifasini o‘taydi. Yassi QEK tayyorlash uchun, avvalo, qizdirilayotgan issiqlik tashuvchi harakatlanishi uchun quvur yoki kanallarni bir qatori bilan ishonchli aloqaga ega nur yutuvchi yuza zarur. Yassi nur yutuvchi yuza va issiqlik tashuvchi quvurlar (kanallar) yig‘indisi konstruktiv yakka element-absorberni hosil qiladi. Quyosh energiyasini yaxshi yutilishi uchun absorberning yuqorigi yuzasi qora rangga bo‘yalishi kerak va maxsus yutuvchi qoplamaga ega fazoga issiqlik yo‘qotishlarining pasayishiga absorberning pastki yuzasini yopib turuvchi issiqlik gezolyatsiyasidan, shuningdek, absorberdan yuqorida undan ma’lum masofada joylashuvchi yorug‘lik shaffof izolyatsiyasidan foydalanish yo‘li bilan erishiladi. Barcha shaffof izolyatsiya zichlashuvi shisha bilan qoplanadi.
Shunday qilib umumiy ko‘rinishi 5.7-rasmda ko‘rsatilgan suyuqlikni qizdiruvchi yassi kollektor hosil bo‘ladi.
Yassi QEKning boshqa turdagi kollektorlarga nisbatan prinsipial afzalliklariga uning to‘g‘ri (nurli) va shuningdek sochma quyosh energiyasini ushlab qolish qobiliyatini va buni natijasida – quyosh ortidan kuzatish zaruratisiz uni statsionar o‘rnatish imkoniyati kiradi.
Quyosh energiyasining yassi kollektori absorberi, odatda yuqori issiqlik o‘tkazuvchanlikka ega metalldan, xususan, po‘lat, alyuminiy va hatto misdan tayyorlanadi.
Shaffof izolyatsiya bir yoki ikki qavat shisha yoki polimer plyonkasi ko‘rinishida bo‘ladi. Shishaning tashqi qavati va polimer plyonkaning ichki qavatidan kombinatsiya ishlatilishi mumkin. Issiqlik tashuvchining past qizdirish harorati holatida (300S gacha) kollektor umuman shaffof izolyatsiyaga ega bo‘lmasligi mumkin. Kollektor korpusi ruxlangan temir, alyuminiy, yog‘och, plastmassadan tayyorlanishi mumkin. Issiqlik izolyatsiya sifatida turli materiallar qo‘llanilishi mumkin: mineral paxta, penopoliuretan va h.k.
shaffof kollektor yuzasining qoplamalarining o‘tkazuvchi xususiyati;
kollektor yuzasining quyosh nuriga nisbatan yutuvchanlik qobiliyati;
kollektorning optik kodi yoki kollektor yuzasining keltirilgan yutuvchanlik qobiliyati (0,85 dan ko‘p);
yutuvchi panel samaradorligi koeffitsienti (qizdiruvchi suyuqlik, material va panel qalinligi kanallar o‘lchamlarining) kollektordagi suyuqlikning oqish tezligi va hususiyatlari, zamonaviy konstruksiyalarda F qiymat 1 ga teng (0,9 dan ko‘p);
kollektorning issiqlik energiyasining yo‘qotishlari zichligi ikkita omil bilan aniqlanadi: atrof muxitdagi panelni konveksiya yordamida sovutib va yuzadan issiq nurlantirib.
Kollektor panelining o‘rtacha xarorati T, yoki o‘rtacha suyuqlik xarorati huddi kollektordan chiqishdagi issiq suyuqlik xarorati Tg kabi deyarli teng bo‘lib, kollektor konstruksiyasi va tavsifi bilan, shuningdek, tushuvchi nur jadalligi T, kirishdagi sovuq suyuqlik xarorati Tx va kollektorning birlik ishchi yuzasiga to‘g‘ri keladigan suyuqlikning misolli sarfi G, kg/(m2S), suyuqlik qizdirish texnologiyasi bilan aniqlanadi:
|
| |