|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta
|
bet | 46/72 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 3,9 Mb. | | #110943 |
Bog'liq Qayta tiklovchi energiya manbalari oquv qollanma (2) (3)Quyosh kollektori – hammaga ma’lum bo‘lgan qurilma bo‘lib uning sanoat namunalari bundan 200 yil oldin ishlab chiqarila boshlangan. Masalan 1767-yilda Shvedsariyalik olim Goratsiy de Sossyur tomonidan ixtiro qilingan va keyinchalik ommalashib ketgan birinchi yassi yuzali quyosh kollektori ixtiro qilingan. Bundan
ancha keyinroq XIX asrning 30-yillarida Djon Gershel Janubiy Afrikaga sayohati paytida mazkur uskunadan ovqatni isitish uchun foylangan.
Hozirda kashf etilgan kollektorlarni: yassi yuzali, vakuumli, konsentratorlilarga ajratish mumkin.
Yassi yuzali kollektorlarda – yassi absorber (nur yutish moslamasi)dan keyin (ko‘pincha qora yuzali nur yutuvchi yuzali metall plastina) issiqlik eltgich (teplonositel) harakatlanadigan nur yutish naychalar joylashadi. Yig‘ilgan issiqlik energiyasining atrof muhitga va tashqariga behuda sarf bo‘lishidan saqlash maqsadida issiqlik eltgich harakatlanuvchi naychalarning orqa va yon tomonlari issiqlikni izolyatsiyalovchi material bilan yopiladi.
Absorberning old tomoni oyna bilan qoplanadi. Quyosh nuri oynadan bemalol to‘siqsiz issiqlik eltuvchiga o‘tadi. Absorberning ijobiy xususiyati shundaki, unga tushgan quyoshning energiyasi va infraqizil nurlari yutiladi. Issiqlik eltuvchi tomonidan quyoshdan yutilgan issiqlik energiyasi orqaga qaytmaydi balki, u yerda saqlanib qoladi. Qalin yuzali old oyna va issiqlik eltuvchi naycha oralig‘idagi havo, konveksiyasining yo‘qligi sababli issiq harorat konvektorda to‘planish imkoniyatiga ega.
Ayrim holatlarda uskunaning narxi va og‘irligi ortishiga qaramasdan kollektorning old oynasi ikki qavat qilib qoplanadi. Bundan kutiladigan natija kollektordagi foydali ish koeffitsientini oshirishdan iborat.
O‘ta yuqori sifatli kollektorlar issiqlik eltuvchini 1500 C gacha qizdirishi mumkin. Ammo ko‘pchilik quyosh kollektorlarida issiqlik eltuvchisining harorati qaynash haroratiga ham yetib bormaydi. Shu sababli, yassi yuzali kollektorlar uzoq muddat texnik ko‘riksiz ishlatilishi mumkin.
|
| |