• Quyosh kollektorlarining tarixi
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta




    Download 3,9 Mb.
    bet43/72
    Sana04.12.2023
    Hajmi3,9 Mb.
    #110943
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   72
    Bog'liq
    Qayta tiklovchi energiya manbalari oquv qollanma (2) (3)

    Quyoshdan issiqlik energiyasi olishda foydalanish

    Quyosh kollektorlarining issiqlik ta’minot tizimini o‘rganish


    Quyosh kollektorlari quyosh nurlanishi energiyasini yutib uni muhit issiqlik energiyasiga aylantiradi (odatda suv yoki havo) va isitish va issiq suv ta’minoti uchun foydalaniladi. Quyosh kollektorlarining har xil turlari mavjud:

    Eng ko‘p tarqalgan suyuqlik yassi kollektori issiqlik yutuvchi panel (absorber) va issiqlik tashuvchi sirkulyatsiyasi uchun unga biriktirilgan kanallar (trubkalar)dan iborat bo‘ladi. Quyosh nurlanishini yutuvchi absorberning yuqori qismi shaffof izolyatsiyaga ega. Bu konstruksiyaning hamma qismi korpusga biriktirilib, orqa va yon tomonlari issiqlik izolyasion material bilan qoplangan.


    Quyosh kollektorlarining tarixi


    Quyosh kollektorlarining texnologiyasi o‘ta yangi deb bo‘lmaydi. Quyosh kollektorining birinchi modeli shishadan, yog‘och korobkadan va ichki qizuvchi qatlamdan yaratilganligi shvetsariyalik olim Goratsiy Sossyur tomonidan XVIII asrda yaratilgan. Olim shu vaqtda bu konstruksiyaning “kichik, arzon va oddiy” ekanligini ta’kidlab o‘tgan. Amaliyotda birinchi bo‘lib bunday qurilmadan suv isitish uchun XIX asr oxirida Janubiy Kaliforniyada foydalanishni boshlashdi. Har xil firmalar yog‘och qutiga o‘rnatilgan, suv uchun qora bak ko‘rinishidagi va bir tomoni shisha bilan qoplanib quyoshga orientir qilingan sodda quyosh kollektorlarini ishlab chiqarishni boshlashdi. Bu holatda suv tun davomida sovib qolib, ertangi kunda qizishini kutishga to‘g‘ri kelardi. 1909-yilda Kaliforniyada Vilyam Beyl suv uchun bakdan alohida o‘rnatilgan va issiqlikni issiqlik almashinuvchi kontur orqali uzatadigan zamonaviy yassi kollektorning prototopini yaratdi. Quyosh kollektorlarining industriyasi asosan AQSH ning Kaliforniya, Florida shtatlarida 1940-yillarning oxirigacha rivojlandi, so‘ngra suv isitishda elektr va gaz narxi
    kamaydi, shu sababli quyosh kollektorlarini ishlab chiqarish to‘xtadi. Quyosh kollektorlarining ikkinchi istiqboli 1970-yillarda neft krizisi vaqtida narxlar juda yuqoriga ko‘tarildi. Natijada, ko‘pgina davlatlarda quyosh kollektorlarini massoviy ishlab chiqarish boshlanib, bu ayniqsa AQSH, Yaponiya, Avstraliya va O‘rta Yer dengizi hududlarida davom etdi.
    Isroilda 1950-yillardan boshlab energiya tanqisligi sezila boshladi. Energiya tanqisligi shundan iborat ediki, kechqurungi, tungi vaqtlarda suv isitishga Isroil qonunchiligi tomonidan ta’qiq bor edi. Bunday vaqtda mamlakatda suv isitish quyosh tizimlarini ishlab chiqarish rivojlandi. 1967-yilga kelib mamlakatning 20% aholisi quyosh kollektorlaridan foydalanishga o‘tdi. 1970-yillarda energetika krizisi vaqtida parlament qonun chiqardiki, yangi qurilayotgan uylar suv isitish quyosh tizimlari bilan ta’minlanishi zarur. Natijada hozirgi vaqtga kelib Isroilda 85% ga yaqin uylarda quyosh kollektorlari xizmat qiladi. Ular tomonidan ishlab chiqarilgan energiya mamlakat energiya iste’molining 3% ni tashkil etadi va yiliga 2 mln. barrel neftni tejaydi.
    2000-yillarda energiya resurslarining narxi ko‘tarilishi bilan ishlab chiqarishda yangi bosqich boshlandi va quyosh kollektorlaridan foydalanish kengaydi. 2010-yil boshlarida sayyoramizda o‘rnatilgan quyosh kollektorlarining quvvati 150 GVt ortib ketdi (havo kollektorlari va basseynlarni isituvchi quyosh tizimlaridan tashqari).



    Download 3,9 Mb.
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   72




    Download 3,9 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta

    Download 3,9 Mb.