|
– usul. Shamol elektrik qurilmasi o‘rnatiladigan joydagi shamolni portativ ko‘chma asboblar yordamida o‘lchash
|
bet | 40/72 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 3,9 Mb. | | #110943 |
Bog'liq Qayta tiklovchi energiya manbalari oquv qollanma (2) (3) – usul. Shamol elektrik qurilmasi o‘rnatiladigan joydagi shamolni portativ ko‘chma asboblar yordamida o‘lchash.
Ustun tomonlari. Ushbu usulning ijobiy tomoni aniq ma’lumotlarga ega bo‘lish imkoniyatining mavjudligidir. Shamol qurilmasi o‘rnatiladigan joyda o‘lchovlar olib borish uchun meteoxizmatning kichik o‘lchamdagi ko‘chma datchigini o‘rnatib shamolning ko‘rsatkichlari o‘lchanadi. Bundan tashqari, xududning bir qancha nuqtalariga ko‘chma datchiklarni o‘rnatib kerakli ma’lumotlar to‘planadi. Ma’lumotlarning tahlili asosida kuchli shamol esadigan joyni to‘g‘ri aniqlash va shamol generatorini o‘rnatish mumkin. Ushbu usul eng ma’qul usul bo‘lib shamol qurilmasi o‘rnini to‘g‘ri belgilash, maksimal quvvat olish va yuqori foydali ish koeffitsientiga erishish imkonini beradi.
Zaif tomonlari: O‘lchovning uzoq muddatda olib borilishi.
O‘lchovlarni ob’ektiv olib borish uchun ko‘chma meteostansiyani uzoq muddatga o‘rnatish kerak (kamida 1 oy muddatga). Aslini olganda ushbu meteolaboratoriya yil davomidagi shamolning xarakteristikasini va ob-havo
o‘zgarishlarini qayd etishi kerak. Chunki Respublikamizning har bir regionida ob- havo, landshaft va tabiiy holat turlicha. Shu sababli, qisqa muddatli o‘lchovlar natijasida olingan ma’lumotlar ayni olingan hududdagi holatni to‘liq va atroflicha ochib bera olmaydi.
Bajariladigan ishlarning narxi. Ayni olingan hududdagi meteo sharoit haqida yillik tadqiqotlarni olib borish va ma’lumotlar to‘plash mahalliy davlat meteokorxonalari tomonidan olingan o‘rtacha ko‘rsatkichlarga qaraganda qimmatroq turadi. Agar kelajakda mazkur hududda ko‘proq shamol qurilmalarini o‘rnatib katta miqdorda elektr energiyasini ishlab chiqarish rejalanayotgan bo‘lsa, ko‘chma meteouskunalarni ijaraga olib emas, balki sotib olib ishlatish iqitsodiy tomondan arzonroqqa tushadi.
QUYOSH HARORATIDAN ENERGIYA OLISH
Quyosh energiyasining tavsifnomasi
Quyosh bizdan 92.25·106 mil uzoqlikda, yoki metrlarda 149,6·106 km narida (5.1 - rasm). Bunday katta masofani tasavvur qilish uchun sekundiga 299792458 metr bosib o‘tadigan yorug‘likni olib qaraydigan bo‘lsak, u bizga yetib kelishi uchun 8,31 minut kerak bo‘ladi. Amerikadan uchib o‘tayotgan samolyot misolida hayoliy tajriba qilib ko‘rishingiz mumkin. U soatiga 500 mil tezlik bilan harakatlansa, to‘rt soat kerak bo‘ladi. Agar siz yorug‘lik tezligida harakatlansangiz Yer atrofida ekvator bo‘ylab sekundiga yetti yarim marotaba aylanasiz. Endi shunday tezlikda 8,31 minut harakatlansangiz qanchalik uzoq masofaga borishingizni tasavvur qilishingiz mumkin. U nafaqat uzoqda, balki u juda ham ulkandir.
5.1-rasm. Quyosh gallaktikasidagi sayyoralar
Uning diametri 864950 mil; agar siz metrli standardda ishlaydigan bo‘lsangiz u 1392 million km ga teng bo‘ladi.
Quyosh nurlanish energiyasining miqdori yillik global energiya sarfidan 10000 marta katta. Yiliga bir kvadrat metrga o‘rtacha 1700 kVt·soat Quyosh energiyasi tushadi.
Yer sirtini bir mil qalinlikda qora suyuqlik qatlam bilan isitish uchun qoplasak, biz Yer sirtiga tushayotgan energiyani to‘plovchi manbaga ega bo‘lamiz degan g‘oya endi bema’ni emasdek tuyuladi.
Quyosh energiyasi Yergacha yetib kelganida uni o‘rab turgan atmosferada 19
% yutiladi va yana 35 % bulutlarda yutiladi.
Quyosh energiyasi Yerni faqat davomiy ravishda qizdiradi, bu sarflanishlar behuda yo‘qotilayotgan energiyani foydali energiyaga aylantiruvchi texnologiyani talab qiladi, ya’ni bunda biz biror foydali ish bajara olishimiz zarur.
Quyosh samarali katta termo-yadro reaktori ham hisoblanadi. Siz nima deb o‘ylaysiz, biz allaqachon ulkan katta termo-yadro reaktoriga egamiz, lekin ayrim odamlar esa undan ham kattarog‘ini qurishni xohlashi kulguli!
Quyoshda har soniyada, minutlar almashinishi bilan doimiy ravishda vodorod geliyga aylanadi.
Quyoshni katta miqdordagi termoyadro reaksiyasi ta’siridan portlab ketmasligiga nima to‘sqinlik qiladi? – Oddiy gravitatsiya kuchlari! Quyosh ichida kechayotgan kompleks reaksiyalar natijasida tarqatuvchi kuchlar va g‘oyatda katta o‘lchamdagi modda miqdori tufayli hosil bo‘ladigan gravitatsiya kuchlari orasidagi doimiy jang natijasida turg‘un bo‘ladi.
Quyosh ichidagi barcha atomlar katta miqdordagi ichkariga “siqilishi” natijasida bir-biriga tortilgan bo‘ladi. Ayni paytda yadro reaksiyasi ta’sirida hosil bo‘lgan issiqlik va energiya barcha narsalarni tashqariga chiqarishga harakat qiladi. Bizning baxtimizga ular muvozanatda bo‘ladi va natijada Quyosh doimiy qoladi!
Quyoshning tuzilishi 5.2- rasmda keltirilgan – unda nimalar borligini tushuntirib o‘tamiz. Quyosh markazidan boshlab yadro, radioaktiv zona, konvektiv zona, fotosfera, xromosfera va tojlar bor.
Quyoshning yadrosi ikkita xossaga ega, birinchidan yadro reaksiyasi uchun qulay sharoit yaratadi – ishonib bo‘lmaydigan 15 million gradus selsiy haroratga ega (men u yerda termometr ushlab turishni xohlamagan bo‘lardim), ikkinchidan ishonib bo‘lmaydgan katta bosim. Shuning uchun u yerda termo-yadro reaksiyasi amalga oshadi.
5.2- rasm. Quyoshning tuzilishi (NASA tasviri).
Yadro reaksiyasida to‘rtta vodorod yadrosi parchalanib bitta geliy yadrosini hosil qiladi.Bu jarayondan ikkita natija olinadi – gamma nurlar, ya’ni katta energiyali fotonlar va neytronlar, ulardan biri koinotga ma’lum zaryadga va massaga ega bo‘lmagan zarralar.
|
| |