|
Shamol elektrostansiyalarining iqtisodiy ko‘rsatkichlari va istiqbollari
|
bet | 37/72 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 3,9 Mb. | | #110943 |
Bog'liq Qayta tiklovchi energiya manbalari oquv qollanma (2) (3) Shamol elektrostansiyalarining iqtisodiy ko‘rsatkichlari va istiqbollari
Hozirgi kunda shamol generatorlari bozorida 0,5-3 MVt quvvatga ega turbinalar xaridorgir. Kelajak bashoratlariga ko‘ra, shamol generatorlarining o‘rtacha quvvati 2020-yilga borib, 5 MVt gacha ko‘payadi. Ayni paytda shamol generatorlarining ishlash muddati 30 yilni tashkil etadi.
Shamol generatorlarining narxi taxminan 0,93-1 AQSH dollari/Vt.ni tashkil
etadi. 2010-yilda narxni 0,80 AQSH dollari/Vt. ga, 2020-2030 yillarda esa 0,65 AQSH dollari/Vt.gacha kamaytirish kutilmoqda.
Kichik shamol generatorlari elektr ta’minotidan uzoqda joylashgan tumanlarda maishiy iste’molchilar va qishloq tumanlarini mustaqil elektr energiyasi ishlab chiqarishni ta’minlash uchun foydalanish mumkin. Buning uchun 100 Vt va undan yuqori quvvatga ega ishonchli shamol generatorlari mavjud.
Kichik shamol generatorlari yaxshi loyihalashtirilgan minora, nazorat tizimi va zaxira ta’minot manbaiga ega bo‘lishi kerak. Bu manba akkumulyator ko‘rinishida ta’minlanishi mumkin, biroq mos keladigan energiya manbai mavjud bo‘lsa, gibrid tizimlardan ham foydalansa bo‘ladi. Bunday manbalar dizel generatorlari, quyosh fotoelektr tizimlari, kichik GES lar yoki kichik biogaz reaktorlari bo‘lishi mumkin. Odatda kam quvvatli shamol generatorlaridan yorug‘lik bilan ta’minlash, kam quvvatli muzlatgichlar, radiotelevizion moslamalarni, shuningdek, elektr nasoslarni ishlatish uchun foydalaniladi.
1 kVA dan kam quvvatli shamol generatorining narxi taxminan 0,6-2 AQSH dollari/kVt soat, 1 kVA dan ortiq quvvatga ega shamol generatorlarning narxi 0,4 - 1,6 AQSH dollari/kVt soatni tashkil etadi.
Shamol elektr qurilmasidan uy joylarni ta’minlashda foydalanish
Shamol elektr qurilmalari uy-joylarni isitish, yoritish, shamolatish, sovutish, uy-ro‘zg‘or anjomlarini ishlatish, xo‘jalikdagi uskunalar, issiqxonalarda o‘simliklarni o‘stirish, parvarishlash, mikroiqlim muhitini yaratishda markazlashgan elektr ta’minot tarmoqlardan olinadigan energiyani tejashga imkon beradi.
Ammo faqat shamol elektr qurilmalari yordamida yuqorida keltirilgan jarayonlarni amalga oshirishni to‘liq rejalashtirish o‘ta murakkab masala hisoblanadi. Buning uchun shamol qurilmasi parragining diametri 20 metrdan ortiq bo‘lib, shamol doimo esib turishi kerak.
Bundan tashqari shamol esishining notekisligini bartaraf etish maqsadida generatsiyalovchi va shamolni yumshatuvchi qurilmalar (stabilizator)larni qo‘shimcha qurish kerak bo‘ladi. Bu esa murakkab vazifadir.
Xonadonlar uchun sodda tuzilishga ega bo‘lgan shamol elektr qurilmasini yasash mumkin. Buning uchun shamolning tezligi va shamol g‘ildiragining diametrini bilish kerak bo‘ladi. Respublikamizning quruq iqlimli hududlarida (1,1...1,3 jadvallar) shamolning tezligi 5 m/s dan 15 m/s gacha, o‘rtacha tezligi esa 1,3 ... 4,2 gacha. Shamolning esish vaqti esa yil davomida 2 kundan 64 kungachani tashkil etadi.
Shamol generatorining muhim xususiyati uning - shamol energiyasidan foydalanish koeffitsienti (SHEFK) hisoblanadi. Eng yaxshi shamol generatori namunalarida ushbu ko‘rsatkich 60...80% (o‘rtacha 40... 45%) ni tashkil etadi. Havaskor hunarmandlar tomonidan tayyorlangan qurilmalarda SHEFK 35% ni tashkil etadi.
Bunday holatda shamolning tezligi 5 m/s bo‘lganda: 35 · 90 = 31,5 Vt quvvatni olishimiz mumkin.
4.6 – jadvalda, suratda havaskor hunarmandlar tomonidan yasalgan shamol qurilmasining quvvati kilovattlarda (SHEFL = 35%), maxrajda parrakning aylanish tezligi ayl/minut Z = 6 ayl/min bo‘lganda. Shamol qurilmasining quvvati parrakning diametri va shamolning tezligiga bog‘liq holda o‘zgaradi.
|
| |